Catira
5 noyabr 2018

Xalqaro jinoyatchilar ro‘yxatidagi G‘afur Rahimov AIBA prezidenti bo‘ldi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi noroziligiga qaramay, 3 noyabr kungi majlisida AIBA – Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi 66 yashar G‘afur Rahimovni prezidentlikka tasdiqladi.

AQSh Moliya vazirligi ro‘yxatiga «jinoiy sindikat» rahbarlaridan biri sifatida kiritilgan o‘zbekistonlik G‘afur Rahimov saylovdagi raqibi, uyushma vitse prezidenti Serik Qo‘noqboevdan ko‘proq ovoz qozonib, AIBA prezidenti bo‘ldi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, AIBAning Moskvada o‘tgan kongressida 137 delegatdan 86 tasi Rahimovga, 48 tasi Qo‘noqboevga ovoz bergan.

Saylovdan oldin G‘afur Rahimov jinoyat olamiga aloqasi yo‘qligini isbotlashga urinib, AQShning Around the Rings nashriga bergan intervyusida o‘ziga qarshi «ayblovlarni  Gulnora Karimova va uning guruhi» tarqatgani haqida bildirgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 oktyabr 2022
Kuni kecha Uchko‘prik tumanidagi 80 nafarga yaqin fermer avval prokuraturaga, so‘ng tuman hokimligiga chaqirtirilib, yerni topshirish haqida majburan ariza ...
30 dekabr 2019
Zamonaviy o‘zbek romanchiligi va satira janri asoschisi Abdulla Qodiriy NKVD tomonidan «xalq dushmani» deya ayblanib, 1937 yilning 31 dekabrida ...
29 iyun 2023
Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xivani “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e'lon ...
4 mart 2022
Taniqli amerikalik rus iqtisodchisining bashoratlari.Tez orada rossiyaliklar kundalik ehtiyoj mollar tanqisligiga ro‘baro‘ bo‘la boshlashadi.Rossiya iqtisodiyoti jahon savdosiga qattiq moslashgan. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...