Asosiy mavzular
20 noyabr 2019

Chiroqchida yana bir ayiq o‘ldirildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Beshchashma qishlog‘ida IJ rusumli ov miltig‘i bilan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi. «Eltuz»ga yuborilgan videoda «Qizil kitob»ga kirgan noyob qo‘ng‘ir ayiqning nimtalanib, teridan chiqarilayotgani aks etadi.

Ayiqni nimtalayotgan odamning ismi mahalliy bozor rahbari Saydulla Botirov ekani iddao qilindi. Videodagi holat qachon bo‘lgani haqida esa «Eltuz»da ma'lumot yo‘q.

Bundan oldin Chiroqchi tumani Langar mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Tutli qishlog‘i turg‘uni Qahramon Sulaymonov ham IJ-17 rusumli miltiqning 16-kalibrli o‘qi bilan ayni turga kiruvchi yovvoyi ayiqni otib o‘ldirgan edi.

Yil boshidan beri O‘zbekistonda uchta ayiq o‘ldirilgani «Eltuz»ga ma'lum.

Namangan viloyatining Chust tumani G‘ova qishlog‘ida 14 oktyabr kuni vazni 300 kiloli qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirildi.

G‘ova qishlog‘ida o‘ldirilgan ayiq O‘zbekiston bo‘ylab bor-yo‘g‘i 250 tacha bo‘lgan, mamlakat «Qizil kitobi»ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqlarning (lotincha Ursus arctos isabellinus) biri edi.

O‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvalievning uyida uning o‘zi otib o‘ldirgani aytilgan ikkita qo‘ng‘ir ayiq ichiga somon tiqilib turgani aks etgan videoni «Eltuz» o‘tgan oy yoyinlagan edi.

Hayvonlarga shafqatsiz munosabat holatlari haqida matbuotda kunora xabarlar paydo bo‘lmoqda. O‘tgan oyda Toshkentda tirik itning boshiga benzin sepib yoqib yuborishgan edi.

Toshkent shahri IIBB itning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan vatandoshlar shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.

Termiz shahri hokimligi 2019 yilning 25 oktyabr kuni mahalliy matbuotda chiqish qilib, daydi hayvonlarga qarshi kurash boshlaganini aytdi.

Termiz shahri obodonlashtirish boshqarmasining daydi hayvonlarni ushlash va yo‘qotish bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida 672 ta qarovsiz daydi hayvon o‘ldirilgan.

Avvalroq Buxoroda 10 mingga yaqin daydi va qarovsiz it-mushuk yo‘q qilingani tarmoqdagi hayvonsevarlarning g‘azabli muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.

Eltuz.com

eltuz.com
Tag‘in o‘qing
11 dekabr 2024
O‘zbekiston antsemitizm chaqiriqlar va nafrat propgandasi jazosiz qoladigan platformaga qachon aylandi? Tamal savodi bo‘lmagan, Yevropa ilm dunyosida hech qachon ...
14 aprel 2022
2022 yil 1 aprel kuni Qarshi shahar hokimi Xolboev Normo‘min Yaxshievich IIB xodimlari tomonidan hibsga olinib, jinoiy ish ochildi. ...
6 mart 2016
5 mart kuni Groznыy shahridagi «Safiya» tantanalar uyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Ramzan Qodirovga qarab «Xech kimga bermayman…» ...
20 iyul 2018
Nukus muzeyida 16 iyulga o‘tar kechasi zanglagan quvurdan oqqan suv mashhur futurist rassom Aleksandr Shevchenkoning «Chelak ko‘targan ayol» rasmiga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...