Catira
9 iyun 2020

«Sho‘rdanak» aktyorlari DAN xodimlaridan kechirim so‘rashdi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiy sayti 8 iyun kuni “Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi mualliflarining DAN xodimlaridan kechirim so‘ragani aks etgan videorolikni e'lon qildi.

Videorolikda DAN xodimlarining ijtimoiy tarmoqlarda hajv qilinishi eski sovet targ‘iboti ruhida keskin qoralanadi. Shuningdek, DAN xodimlarini hajv qilgan “Sho‘rdanak” aktyorlari o‘z ishlaridan o‘ta pushaymonda ekanliklarini, “bu ishning boshqa qaytarilmasligini” bildirishadi. 

“DAN xodimlari haqida ilgari yaxshi, chiroyli narsalar qilganmiz, Lekin shu safar xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik. Qaysidir ma'noda shu kasb egalari haqida yetarlicha ma'lumotga ega emasligimiz bizga pand berdi. Bu xatoliklar uchun pushaymondamiz, afsusdamiz”, deydi, jumladan, aktyor Cho‘liev.

Hamkasbining tazarrusini “Sho‘rdanak” aktyori Doniyor Hasanov davom ettiradi. U DAN xodimlarining hajv qilinishini “ijodiy guruhning fojeasi”, deya ataydi.

“Shu yigitlardan birortasi bilan yuzma-yuz kelib qolganda bo‘ladigan holatdagi xijolatlikdan hozirdan ich-etimni yeyapman”, deydi Doniyor Hasanov.

Videorolikda ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga oid holatlar aks etgan videotasvirlar, fotosuratlar va maqolalar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan muntazam nazorat ostiga olingani, holatlar yuzasidan xodimlar tomonidan muntazam tekshiruvlar o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilayotgani bildirilgan.

Ayni paytda  “Eltuz” Ichki ishlar vazirligini hajv qilmaslik majburiyatida bo‘lmagan rassom Tuz va uning hamkasblari o‘zbek militsiyasi haqidagi chizgan hajviy suratlar to‘plamini e'tiboringizga taqdim etadi.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 avgust 2021
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 69 yoshli Sulton Rahimov mashinasiz qoldi.  U 2019 yil 6 noyabrda “Cobalt” mashinasi xaridi ...
28 mart 2019
1797 yili AQShda dunyodagi ilk kir yuvadigan mashinaga patent olindi. Shu tariqa bundan 219 yil avval insoniyat, xususan, ayollarning ...
5 aprel 2020
Chor davrida oxranka, sovet davrida ChK, GPU, NKVD, KGB, mustaqillik davrida esa SNB asosan millat manfatiga zarar keltirdi va ...
14 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...