Asosiy mavzular
19 oktyabr 2020

Cobiq hokim: Prezidentning kadrlar siyosatiga e'tirozlar

Prezident Shavkat Mirziyoev 8 oktyabr kungi chiqishida rahbarlar uyma-uy yurib, ishsizlik muammosini hal qilishlari kerakligi haqida gapirdi.

Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi va sobiq tuman hokimi 70 yashar Ismoil Ospanov o‘zining navbatdagi videosida prezidentning bu topshirig‘ini kinoya ostiga oladi:

“Odamning kulgisi keladi. Bu bajarilmaydigan narsa-ku, Shavkat Miromonovich. Mana, oilamizda to‘rtta odam bor, ikkitasi ishsiz. Nima ish beradi, masalan? Tayyor ish joyi bormi qishloqda?

Masalan, prezident Mirziyoevning keyingi chiqishlaridagi «kadrlar masalasi qiynaydi», degan gapini olaylik. Nimasi qiynaydi? O‘zimizda kadrlar yo‘q, deydi. Bunday olganda, haqorat-ku bu. 35 millionlik aholi ichidan kerakli kadrlarni topa olmayotgan ekan», deydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov.

Uning fikricha, prezident yuqori lavozimlarga layoqatsizligi tufayli ilgari bo‘shatilgan rahbarlarni qo‘ymoqda va bu na bozor siyosatiga, na boshqa siyosatga to‘g‘ri kelmaydigan holat.

«Mana, juda yaxshi bilasizlar, bosh vazirning suv va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari odamlarga zo‘ravonliklar qilib, juda mashhur bo‘lib ketuvdi. U yerdan ishdan olib bitta tumanga qo‘ydi. U yerda ozgina ishlagach, yana Qashqadaryo viloyatiga hokim qilib qo‘yishdi. Endi shunaqa misollar juda ko‘p», deydi sobiq hokim.

Ospanovning e'tiroziga ko‘ra, prezidentning bayonotlari populizm va bajarilmaydigan topshiriqlardan iboratdir.

«Oddiy populizm deymiz buni. Kadr yo‘q. To‘rtta-beshta odam bor prezident atrofida. Men aytishim mumkin, qishloq xo‘jaligini qishloq xo‘jaligidan umuman xabari yo‘q odamlar boshqaryapti. Maorifdayam shunaqa, sog‘liqni saqlashdayam shunaqa. Militsiya, prokurorlarning qanday ishlayotganini biz bilamiz», dedi u.

Bundan ilgari «Eltuz» kanalida chop etilgan bir qancha videochiqishlarida sobiq hokim Ismoil Ospanov dehqonlar huquqlarining kamsitilishi, yerlarning amaldorlar tomonidan o‘zlashtirilishi, davlat hokimiyati va qishloq xo‘jaligining klaster tizimidagi korruptsiya holatlarini tanqid ostiga olgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
10 may 2021
Xorazmning Xiva tumanida bir kambag‘al beva ayolning o‘g‘li nomiga olingan 30 million so‘m kredit mahalla raisi va o‘qituvchi doxil ...
27 sentyabr 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 26 sentyabr kuni frantsuz olimi Stefan Dyuduanon (Stefan Dudouannon) ishtirokida shoir Cho‘lpon xotirasiga ...
30 iyun 2023
Xafta girr etib aylanib yana siz bilan muloqotdaman. Muloqot so‘zi sal bo‘rttirilgan. Chunki men gapiraman, siz eshitasiz. MS: Manam ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...