Asosiy mavzular
9 fevral 2021

Shahardagi oxirgi daraxtni kesgan odam

Bir odam oxirgi daraxtning ustiga chiqib, o‘zi o‘tirgan daraxtni arralayapti.

Yo‘lda ketayotgan sayyoh unga qarab savol beradi:

– Ilgari bu yurtda nima qilishgan?

– Daraxt ekishgan.

– Qani u daraxtlar?

– Gaz bo‘lmagani uchun kesib o‘tin qilib yoqvorishdi.

– Yana nima qilishgan?

– Traktor, samolyot ishlab chiqarishgan?

– Qani u zavodlar?

– Sotvorishdi?

– Kim sotdi?

– Inoyatov.

– Puli qani?

– Rossiyada tovuq ferma ochdi o‘rniga.

– Uni jazolashdimi?

– Yo‘q, Oliy Majlisga ko‘tarib qo‘yishdi.

– Yana nima qilishgan bu yurtda ilgari?

– Temir yo‘l qurib, Sibirdan yog‘och taxta olib kelishgan.

– Qani u temir yo‘l?

– Odamlar temir yo‘l shpallarini kesib, pichoq va xanjar yasashdi?

– Nima qiladi u pichoq va xanjarlarni?

– Bir-birini so‘yadi.

– Nega odamlar bir-birini so‘yadi?

– Chunki bir-birini otgani o‘qi  yo‘q.

Shu payt daraxt butog‘i sinib, u yerda o‘tirgan odam pastga qulaydi. So‘nggi daraxtni kesgan odam daraxtdan yiqilib o‘ldi. Uning tobutiga ham taxta topilmadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 avgust 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
9 sentyabr 2015
Sizni chopiq yoki paxta terimiga majburlayotgan davlat muassasasi ma'muriyatiga murojaat qilib, yuqorida keltirilgan qonunlarga tayangan holda paxta terimida ishtirok ...
3 oktyabr 2023
Narpay tumani turg‘uni 7 sinf o‘quvchisi, Nurmuhammadov Umidjonni mahalla  raisi ayovsiz kaltaklab tashlaganini aytib, yordam so‘rab Eltuzga murojaat qildi. “Samarqand ...
23 dekabr 2015
Eltuz Mamadali Mahmudov bilan jurnalist Maloxat Eshonqulova qilgan videosuhbatning birinchi qismini e'tiboringizga havola qiladi.
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...