Asosiy mavzular
15 fevral 2021

Farhod va Shirin fojeasi (+18)

Voqea bizning kunlarda bo‘lib o‘tadi. Farhod 18 yoshda. U sevgiga mushtoq. Ma'naviyatsiz sinfdoshlari telefonda hard porno ko‘rib o‘tirishganida Farhod sinfning bir chekkasida bitta o‘zi Mahamad Yusupdi shig‘irlarini o‘qib yig‘lab o‘tirar edi.

Odnoda uyatsiz qizlar yashaydi, deb feysbukka kirardi nuqul. Bir kuni u feysbukda Shirin degan qiz bilan tanishdi.

“Siz o‘shami”, dedi entikib Farhod.

“Men o‘shaman”, dedi Shirin.

Farhod bu qizni g‘oyibona sevib qoldi-yu, ammo qalbidagi qaynoq tuyg‘ularni izhor aylashga iymanib, nuqul Mahamad Yusupdi shig‘irlarni anu qizni feysiga tashiyvurdi-tashiyvurdi. Qiz dadilroq chiqdi:

“Uchrashaylik”.

Mana, 18 yashar Farhod ketyaptilar hay-hay kiyimlardi kiyvolib Chilonzor torgoviy tsentr tarafga. Uchrashuv Gagarin haykali tagiga belgilangan. “Qanday ramziy timsol, bu sevgim fazo kabi yuksak”, deb o‘ylardi Farhod.

“Qo‘lini ushlasammikan. Yo‘q, bundaqangi ishlar sha'riy nikohdan keyin bo‘ladi. Yaxshisi, ko‘zlariga qarayman”.

Ana uchrashishdi ulug‘ fazogir haykali poyida. Sevgiga ta'zim qil, Gagarin!!!

“Biz baxtli bo‘lamiz

Xudo xohlasa,

Xudo xohlamasa

Uchrasharmidik…”, degan shig‘ir satrlari Farhodning miyasidan kechdi.

Shirin tilga kirdi:

“300 berasiz. Ikki reysga. Ikki soat uchun. Xata mendan”.

Farhod tushunmay, g‘amli ko‘zlari bilan Shiringa tikildi. Shirin davom etdi:

“Maylin, 280 bering. Ammo orqamga qildirmayman. Og‘zimga bermoqchi bo‘lsangiz yana 50 qo‘shasiz”.

Farhodning ichki ma'naviy dunyosi ostin-ustun bo‘ldi.

Xuddi Pompeyda vuqon otilgandek, Chernobilda AES portlagandek, «Titanik» kemasi cho‘kkandek, Sardoba to‘g‘oni yorilib, butun O‘zbekiston suv ostida qolganday bo‘ldi. Farhod tildan qoldi. Boshi egildi. Qo‘lidagi qaymoqgullar dastasi yerga tushdi.

“Har holda orqasiga qildirmas ekan. Ma'naviyati hali oxirigacha buzilmagan”, degan fikr Farhodning singan ko‘ngliga tasalli berar edi.

Rayhon hidlaringni

Yo‘llarimga sep,

Kut meni, har oqshom,

Ko‘kka oy chiqqan.

Faqat, yig‘lamagin,

Gunohim ne deb,

Aybing — onang seni

Chiroyli tuqqan!…

Muhabbatsiz hayot – bu vayfaysiz kafe kabi ma'nosiz. Sevishganlar kuni bilan hammani tabriklaymiz.

«Yengilmas manaviyat  prodakshn» va «Eltuz» mahsuloti

Tag‘in o‘qing
10 mart 2024
O‘zbekistonda bokiralikni tiklash amaliyoti o‘n yil oldin 150 dollar edi. Hozir qancha? Bugungi ko‘rsatuvimiz ko‘pchilikni qiziqtirgan ayni mavzuga bag‘ishlanadi. ...
20 mart 2018
Mahalliy hokimlik Kattaqo‘rg‘on tumanida darsdan olib chiqilib, ko‘cha supurishga majburlangani oqibatida «Kamaz» tagida qolib o‘lgan 42-maktab o‘qituvchisi Diana Yenekeeva ...
4 aprel 2018
3 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi «Mening yurtim» telekanalini xalqaro va mahalliy qonunchilik me'yorlarini buzganligi haqida rasmiy ogohlantirdi. Telekanalga ...
31 mart 2017
Amnesty International tashkiloti 31 mart kuni «Qayda bo‘lma biz seni topamiz» deya nomlangan hisobotini chop qildi. Ayni hisobotida, inson ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...