Asosiy mavzular
2 mart 2021

Huquq faoli qamoqdagi transgender Nigina bilan uchrashdi

19 fevral kuni huquq faoli Abdurahmon Tashanov O‘zbekiston IIVning 1-tergov izolyatori (Toshturma)da saqlanayotgan, Nigina ismi bilan tanilgan transgender Mirsharif Zokirov bilan uchrashdi.

Huquq faoli bilan suhbatda Zokirov unga tuhmat qilinib, Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash) bo‘yicha qo‘shimcha ayblov qo‘yishmoqchi ekanini bildirgan.

Zokirov 2020 yil 1 yanvarda Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (tovlamachilik),  276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik moddalarini saqlash) bilan ayblanib, 3 yilga qamalgandi.

2020 yil sentyabrda Zokirovning Toshkent shahri IIB yerto‘lasiga olib ketilgani,  u yerda besh nafar ichki ishlar xodimi uning  sochlarini olib tahqirlangani va kaltaklangani haqidagi xabarlar mediatarmoqlarda tarqalgandi.

Undan oldin transgenderning Shok.uz kanaliga bergan intervyusi jamoatchilik o‘rtasida katta bahs-munozara ko‘targan edi.

Yunusobod tumani IIBning Zokirovni tahqirlagan 5 nafar xodimiga esa hanuz chora ko‘rilgani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 aprel 2017
4 aprelga o‘tar kechasi tunda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumaniga qarashli Yangiqo‘rg‘on shaharchasidagi Markaziy dehqon bozorida yong‘in chiqdi. Voqea guvohlarining ...
18 noyabr 2015
Obid qoriga suiqasd qilgan Jukovskiy buyruqni Toshkentdan olgani haqidagi ayblov xulosasini Shvetsiya prokuraturasi tergovchisi Krister Petersson 17 noyabr kuni ...
12 noyabr 2015
Bugun 12 noyabr kuni ertalab 21 yil qamoqda bo‘lgan, 4 marta raskrutka qilingan taniqli muxolifatdagi siyosatchi Murod Jo‘raev ozod ...
10 may 2018
Eramizdan oldingi VI-V asrlarda yashab o‘tgan, «Dao De Tszin» asarini yozgan qadimgi xitoy faylasufi Lao Tszi so‘zlari 9 mayni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...