UzPoster
14 fevral 2022

Onlayn zo‘rovonlikka qarshi videorolik

Internet texnologiyalari hayotimizni tez o‘zgartirmoqda: qaerda bo‘lmasin, ular bizga axborot olish, ma'lumot almashish va muloqotga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu bilan birga, onlayn zo‘ravonlik global miqyosda avj oldi. Bu esa butun dunyodagi har bir jamiyat va iqtisodiyot uchun jiddiy oqibatlarga olib keladigan muammoga aylanmoqda. Eltuz Markaziy Osiyoda mehnat huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi tomonidan tayyorlangan videorolikni e'tiboringizga taqdim etadi.

Onlayn zo‘ravonlik nima?

Bezorilik, haqorat, tuhmat, nafratga undash, jamoatchilik orasida qoralash, ta'qib qilish, shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash va foydalanish, intim tasvir va videolarni tarqatish, jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik tahdidlari.

Virtual zo‘ravonlik rostdan ham mavjud bo‘lib, qurbonlarning aqliy va jismoniy farovonligi uchun halokatli oqibatlarga olib keladi. Bu holat shahsning o‘ziga xurmat va ishonchiga putur yetkazib, ijtimoiy yakkalanish va iqtisodiy zarar, shuningdek, ruhiy tushkunlik va hatto o‘z joniga qasd qilishga olib keladi.

COVID-19 pandemiyasi davomida ayollar va qizlar internetdan har qachongidan ham ko‘proq foydalanmoqda, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ham o‘z navbatida internetga o‘tib, internetni adovat makoniga aylantirmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, onlayn zo‘ravonlikning asosiy qurbonlari yosh ayollar va qizlar bo‘lib qolmoqda. Internetdagi zo‘ravonlik so‘z erkinligi, xavfsizlik va daxlsizlik huquqini cheklaydi. Bunday voqelik hayotimizda aniq uchrayapti va u bilan kurashish kerak.

Ayollarga qarshi onlayn zo‘ravonlik inson huquqlarining buzilishi, kamsitish va jinsga asoslangan zo‘ravonlik shaklidir. Bu ayollarning texnologiya va internet maydoniga kirishini cheklaydigan jiddiy to‘siqdir.

Xiralikka asoslangan ta'qibga qarshi birinchi qonun 1990 yilda AQShning Kaliforniya shtatida qabul qilingan. Bu kabi qonunlar dunyoning barcha qit'alarida mavjud.

Ko‘p mamlakatlarda onlayn ta'qiblar jinoyat hisoblanadi. Har beshinchi internet foydalanuvchisi onlayn zo‘ravonlik samarali tergov qilinmaydigan mamlakatlarda yashaydi.

Ayollar atrofdagilardan noo‘rin munosabat bo‘lishidan qo‘rqib, onlayn ta'qib haqida xabar bermaslikni afzal biladilar.

Agar internetda ta'qib yoki xiralikka duch kelsangiz, muammoingiz bilan yolg‘iz qolmang.

Huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy inson huquqlari tashkilotlariga murojaat qiling, ular sizga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatadi.

Agar onlayn ta'qiblar sizning kasbiy faoliyatingiz bilan bog‘liq bo‘lsa, albatta ish beruvchingizni xabardor qiling yoki kasaba uyushmasiga murojaat qiling.

Onlayn aloqa hamma uchun xavfsiz bo‘lishi kerak.

Videorolik Markaziy Osiyoda mehnat huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi tomonidan tayyorlangan.

Eltuzning Youtube kanalida: https://youtu.be/Z-yNNRnVufI

Tag‘in o‘qing
18 iyul 2018
Poytaxtning Yunusobod tumani hokimi buyrug‘i bilan 12 iyul kuni, tumanning 11-dahasidagi, 17-uy devoriga ishlangan mozaika usti oqqa bo‘yaldi. Bu ...
11 aprel 2017
Stokgolm hujumchisi samarqandlik Raxmat Aqilov telefonidan chiqqan so‘nggi SMSlar odamni junbushga soladi. «Yomon, bir nechtasinigina bosdim xolos. Mashina boshqa ...
5 aprel 2018
Haydovchilik kamarini taqmaganlik uchun jarima to‘lab bo‘lgan haydovchilardan olti oy o‘tib qaytadan jarima to‘lashlari talab qilinmoqda. Bu haqda «Eltuz» ...
24 mart 2020
Koronavirus karantini bois hukumat 24 martdan boshlab Toshkentga kirish va chiqishni noma'lum muddatga taqiqladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...