Asosiy mavzular
18 may 2022

Kosonlik o‘qituvchi sudga uyidan qatnash sharti bilan qamoqdan ozod etildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani jinoyat ishlari sudi 17 may kungi sud majlisida qamoq bilan bog‘liq jazo tayinlangan ingliz tili o‘qituvchisi Dildora Hakimovani sud zalidan ozod etdi.

“Qamoq bilan bog‘liq jazo almashtirilib, bundan keyingi sud majlisiga uyidan qatnaydigan bo‘ldi. Prokuror qamoq jazosi qolishini qat'iy so‘rasa-da, sud mustaqilligini saqlab qoldi”, dedi sud jarayonlarini yaqindan kuzatayotgan jamoatchilik faoli Nargiza Keldiyorova “Eltuz” bilan suhbatda.

Uning bildirishicha, firibgarlik jinoyatida ayblanayotgan Dildora Hakimovaning hibsga olinishiga blogerlik faoliyati sabab bo‘lgan.  

Shu vaqtga qadar Dildora Hakimova ijtimoiy tarmoqda “Inson huquqi va qadri” kanalini yurgizib kelayotgan edi. Ayblov xulosasida ayni kanalda chop etilgan postlar va fotosuratlarni ko‘zdan kechirish bayonnomalari jinoyat ishi uchun ashyoviy dalil sifatida e'tirof etilgan.  

“Keyingi bir necha yillar davomida Hakimova onkologiya kasalligiga ham chalingan. Ilohim unga shifo bersin. Nima bo‘lganda ham haqiqat qaror topishini istayman”, dedi Nargiza Keldiyorova.

Hakimova joriy yilning 26 fevralidan buyon Qarshi shahridagi 5-jazoni o‘tash koloniyasida saqlanayotgan edi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Hakimova joriy yilning 18 yanvarida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga dastlab guvoh sifatida jalb etilgan.

26 fevral kuni u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik), 139-moddasi 3-qismi “g” bandi (tuhmat) va 140-moddasi 2-qismi (haqorat) bilan ishga ayblanuvchi tariqasida jalb etilgandi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi. 

Tag‘in o‘qing
2 fevral 2019
Oldinroq o‘zbek va tojik tillarining konvergent rivojlanishi haqida post yozgandim. Unda bu ikki til tarixan bir-biriga qanday ta'sir ko‘rsatgani ...
22 aprel 2023
Agar, deylik, turk yozuvchisi O‘rxon Pomuq¸ Eron kinochisi Asgar Farhodiy  yoki Xitoy rassomi Chjan Syaogan Parijga kelsa, Frantsiya matbuoti ...
27 may 2016
«Adolat ko‘zgusi» gazetasi bugungi o‘zbek maktablaridagi achinarli holatlardan biri, ya'ni ta'lim muassasalarida soxta diplom bilan dars berayotgan o‘qituvchilar borligiga ...
15 aprel 2024
O‘zbek tili va elining erkin bo‘lishi uchun kurashgan, umrining so‘ngiga qadar demokratiyaning O‘zbekiston uchun eng ma'qul tizim ekanini aytib ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...