Asosiy mavzular
29 iyun 2023

29 iyun – Xiva Islom dunyosi turizm poytaxti deb e'lon qilindi

Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xivani “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e'lon qilishga doir qaror qabul qilindi.

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) g‘alabaning asosiy omillari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan turizm sohasida yuritilayotgan ochiqlik siyosati, viza rejimining soddalashtirilishi, madaniy merosni saqlash, tarixiy shaharlarni obodonlashtirish kabi ko‘plab islohotlarni e'tirof etdi.

Shu o‘rinda Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa elektr ustunlarining demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etildi. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar yuqori baholandi.

“Islom dunyosining turizm poytaxti yili doirasida Xorazm viloyatining Xiva shahrida IHTga a'zo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik ma'muriyatlari rahbarlarining yig‘ilishi yuqori darajada o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini ochib beruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotoko‘rgazmalar va art-ekspozitsiyalar bo‘lib o‘tadi. 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotchilari ishtirokida ta'lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratiladi”, – dedi O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari – Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov.

Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:

Abu-Dabi (BAA);
Shanliurfa (Turkiya);
Laos (Nigeriya);
Dushanbe (Tojikiston);
Xiva (O‘zbekiston).

So‘nggi yilda bu shaharlar orasida nominatsiyada g‘oliblik uchun shiddatli kurash kuzatildi. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bu yo‘nalishda olib borilgan sa'y-harakatlari natijasida Xiva shahrining “Islom dunyosi turizm poytaxti” maqomini olishiga doir qarorga kelinishiga erishildi.

Ta'kidlash joizki, g‘alabaga erishish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi 2019 yildan buyon tizimli ravishda ish olib bormoqda, ya'ni bu orada Xiva shahri nomzodi kiritilib, IHTga a'zo davlatlar bilan tegishli ishlar olib borilgan – IHT davlatlarining turistik ma'muriyati rahbarlari bilan onlayn uchrashuvlar, muzokaralar va taqdimotlarning o‘tkazilishi shular jumlasidandir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 sentyabr 2018
Bir guruh o‘zbek ziyolilari 25 sentyabr kuni marhum o‘zbek shoiri Rauf Parfining 75 yillik yubileyini o‘tkazish uchun Toshkentdagi «Shosh» ...
3 sentyabr 2020
Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir o‘rinbosari bo‘lgani haqida deyarli barcha o‘zbek internet saytlari yozdi. Lekin bu xabarning o‘zbek ...
5 noyabr 2015
30 oktyabr kuni militsiya xodimlari Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja Ilg‘or mahallasida yashovchi Manzura Turobovaning 6 sigiri ...
16 dekabr 2020
11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Tadbirda YeOIIga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...