Asosiy mavzular
11 yanvar 2023

Toshkentda hokimlarning «o‘lat paytidagi bazmi» davom etmoqda

Toshkentdagi Lunacharskiy, 1-conli hukumat statsionari va Toshkent tashqarisidagi Do‘rmon oromgohi, 3 yanvardan 20 yanvargacha faqat hokimlarga xizmat qilish uchun rezervatsiya qilingan.

Eltuzga bir-biridan mustaqil ikki manbaning aytishicha, o‘nlab hokimlar, xuddi Rossiya chinovniklari kabi, “mavlud zapoyiga sho‘ng‘ishgan”.

O‘zbek xonimlarining nozu karashmasidan charchagan hokimlarning Dubay va Turkiyadagi  yulduzi ko‘p mehmonxonalarga borib,  o‘ris natasha o‘ruspilar buyurtma qilib, «dam olayotgani» haqida ham gap so‘zlar chiqdi.

(So‘nggi 30 yil davomida Rossiyadagi amaldorlar 31 dekabrda maishat qilishni boshlab to 13 yanvargacha ishga chiqmay, taralla bedod qilishadi. Bu yangi yil, eskicha va yangicha mavlud va ularnimng tabiiy tanballigi bilan qorishgan traditsiya) 

Keyingi paytda qiblasi Kreml bo‘lgan o‘zbek mulozimlari o‘ris nima qilsa nusxa ko‘chirib yotibdi (Bu borishda Ukrainaga hujum qilishmasa bo‘ldi qizishib berilib ketib)

Mavzuga qaytsak. O‘zbekistonda yigirmaga yaqin bola doridan zaharlanib o‘lgan, gaz va svet yo‘qligidan odamlar mo‘risiz o‘choqqa ko‘mir yoqib, is gazdan o‘layotgan va infratizilmalari vayron bo‘lgan mamlakatga anomal sovuq kelayotgan bir paytda “hokim” deb atalgan yaratiqlar suruvi ish kuchni qo‘yib, maishat qilib o‘tirishi to‘g‘rimi? 

Ingliz so‘zligida «A Feast in Time of Plague» (“O‘lat paytidagi ziyofat”) degan idioma bor. Bu idioma o‘ris shoiri Pushkinning 1830 yilda bitgan «Pir vo vremya chumы» asari nomidan olingan.

«Holvani hokim yeydi, kaltakni yetim» degan maqol bu idiomaning o‘zbekcha variantidir. O‘lat paytidagi hokimlar ziyofati uchun byudjetdan bir milliard so‘m ajratilgan.

O‘zbekistonda 12 viloyat hokimi va 200 dan ziyod shahar va tuman hokimchalari bor. Bular holva yeydiganlar. Yetim kim unda? 35 millionlik o‘zbek xalqimi? Nega ular doimo kaltak yeyishi, xo‘rlanishi, sovuqdan dirdirashi va bolalari o‘lishi kerak? 
Nega?

200 ta hokimning natashalarga yuz dollarlik qistirib bachcha o‘ynatishi uchunmi? Eltuz ayni savollar javobini qidiradi. Bizni kuzatib boring! Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang! 

@eltuz

Tag‘in o‘qing
11 fevral 2016
O‘zbekistonda deyarli barcha avtobuslarda haydovchilari ish vaqtida bemalol chekadilar va bunga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
9 mart 2020
O‘zbekiston Jinoyat kodeksi asosida “pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat»i uchun ustidan jinoyat ishi ...
10 yanvar 2017
Reina tungi klubini qonga belagan va 39 kishini qatl qilgan xujumchiga qatl buyrug‘ini berganlikda gumonlangan Ilyos Mamasharipov qo‘lga olindi ...
13 oktyabr 2015
Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanayotganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham yomon ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...