Asosiy mavzular
13 yanvar 2023

600′: Qamalgan separatchi, portlagan aroq do‘koni va Istanbuldagi o‘zbek terrorchi

E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 12 yanvar sonini taqdim etadi.
+++
Nukus voqealari bo‘yicha sudda ayblovchi separatist Dauletmurat Tojimuratovga 18 yil so‘radi.
Prokuror Nukusdagi tartibsizliklarga aloqadorlikda gumonlangan  –  Dauletmurat Tojimuratov va Lolagul Qallixonovaga 18 va 11 yil qamoq jazosi so‘radi.  
2022-yil iyul oyi boshida Nukusda O‘zbekistonning yangi konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston maqomini  o‘zgartirish taklifiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1—2-iyul kunlari Nukusda bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘ida 21 kishi halok bo‘lgan,  243 kishi,  jumladan,  huquq-tartibot idoralari xodimlari ham yaralangan.  500 kishi hibsga olingan.
+++
Qo‘shko‘pirda aroq do‘koni portillatdi. Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Yangilik Mahallasida 10 yanvar kuni Aroq do‘konida gaz portlagan.  
Do‘kon ostidan gaz quvurlari o‘tgani aytilmoqda. Do‘kon yonidagi mashinaga ziyon yetgan…
+++
Sovet davrining so‘nggi yillarida O‘zbekistonni boshqargan taniqli davlat arbobi va diplomat Rafiq Nishonov 96 yoshida o‘ldi.
Rafiq Nishonov 1926 yil batrak oilasida tug‘ilgan edi. Toshkent pedinstitutini kechki kursida o‘qigan. Avval kolxozchi bo‘lgan. Sovet armiyasida xizmat qilgan. Asta sekin mansab pillapoyalaridan Respublika Markazqo‘m sarkotibi darajasigacha ko‘tarilgan Rafiq Nishonov 1991 yildan boshlab O‘zbekistonda istalmagan shaxslardan biriga aylandi.
O‘limiga qadar Rafiq Nishonov Moskvadagi Yaqin Sharq va Shimoliy Amerika bilan hamkorlik regional fondiga rahbarlik qilib keldi.
Mirziyoev iqtidorga kelgan 2016 yilda Rafiq Nishonov qisqa muddatli safar bilan Toshkentga kelib ketgan edi.
Rafiq Nishonovning ortida  uch farzandi, to‘rt nevarasi va besh evarasi va uni qadrlagan minnatdor millatdoshlari qoldi.
+++
Turkiya politsiyasi yangi yil arafasida Istanbulda qo‘poruvchilik harakatini sodir etishni rejalashtirgan O‘zbekiston va Tojikiston vatandoshlarini qo‘lga oldi, Huquq idoralari ikki shaxs IShID terrorchilik guruhi a'zosi ekanini aytmoqda.
Terakt uyushtirishda gumonlanayotgan O‘zbekiston va Tojikiston vatandoshlari 31 dekabr kuni Yangi yil kirib kelishidan bir necha soat oldin Istanbulning Bashakshehir tumanida amaliyot davomida hibsga olingan.
Portlovchi moddalar bo‘yicha ekspert deya ta'riflangan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilish jarayoni boshlangani aytilmoqda.
 Turkiya xavfsizlik idoralariga ko‘ra, ikki gumondor Afg‘onistondagi IShID terrorchilik guruhidan ko‘rsatma olgan holda, Istanbulda 2017 yildagi kabi qonli terakt uyushtirishni rejalashtirgan.   O‘zbekistonning salafiy radikalizmga moyil  vatandoshlari Shvetsiya, AQSh, Tojikiston, Afg‘oniston, Rossiya kabi mamlakatlarda teraktlar sodir qilishgan. Bomiyondagi Budda haykalini portlatganlar ham o‘zbek ekstremistlari.  
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov 2017 yil 1 yanvar tunida Istanbuldagi “Reina” tungi klubiga bostirib kirib, avtomatdan odamlarni o‘qqa tutgan edi.
Hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 70 ga yaqin odam yaralangan. 2020 yil sentyabr oyida Turkiya sudi Masharipovni 40 ta umrbod qamoq jazosiga teng muddatga ozodlikdan mahrum etgan.
+++
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevni «elboshi» maqomidan mahrum qilish haqida qaror chiqardi. O‘z qarori bilan sud Nazarboev millat yetakchisi deb e'lon qilingan va unga umrbod imtiyozli kafolatlar bergan qonunni bekor qildi. 2019 yilning mart oyida iste'foga chiqqan Nazarboev Qozog‘istonni 30 yil davomida boshqargan edi. Sobiq prezidentni «elboshi» maqomidan mahrum qilish 2022 yil iyun oyida kuchga kirgan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlarda ko‘zda tutilgandi. Ikkinchi prezident Tokaev davrida Nazarboevga yaqin bo‘lgan qator shaxslar boshqaruvdan chetlatilgan, ulardan ayrimlariga esa jinoyat ishi ochilgan.
+++
Eron rasmiylari hijob o‘rashni istamaganlarga qarshi kurashni kuchaytirishmoqda. Eron Bosh prokurori politsiyachilarga jamoat joylarida hijobini yechishga urinishlarning keskin oldini olish haqida topshiriq bergan. Tasattur qoidasini buzganlarga, mamlakat Jinoyat kodeksiga muvofiq, jarimadan tashqari 10 kundan 2 oygacha qamoq jazosi xavf soladi. Bundan tashqari, hijob o‘rash tartibini bir necha bor buzganlar davlat xizmatidan chetlatilishi, surgun qilinishi, mol-mulki musodara etilishi hamda ularga xorijga chiqish va muxolifat tashkilotlari bilan aloqada bo‘lish taqiqlanishi mumkin.
+++
Qozonga yaqin yursang qarosi yuqar.
Ukraina urushi boshlanganidan beri o‘rusiyalik milliarderlar g‘arb sanktsiyalariga duchor bo‘lish oqibatida ko‘plab mablag‘idan ayrildi. Forbes jurnali ma'lumotiga ko‘ra, ular orasida AQSh sanktsiyasi ostiga tushishi ortidan 11,1 milliard dollaridan ayrilgan «Severstal» xo‘jayini Aleksey Mordashov birinchi o‘rinda turibdi. Hamyoni ozgan o‘ris puldorlari orasida ikkinchi o‘rinda Tatyana Bakalchuk (8,3 milliard dollaridan judo bo‘lgan), uchinchi o‘rinda esa Oleg Tinkov nomi tirkalgan. U 5,9 milliardidan ayrilgan.
+++
«Qirg‘iziston» banki 10 yanvardan boshlab Rossiyaning Contact va Unistream to‘lov tizimlari bilan ishlashni to‘xtatdi. Bank saytida tarqatilgan ma'lumotga ko‘ra, endilikda mazkur tizimlar bo‘yicha pul jo‘natish va olish imkoni bo‘lmaydi. Bank vakillari qirg‘izistonliklarga pul jo‘natishda MBANK mobil ilovasidan foydalanishni tavsiya qilgan. O‘tgan yilning noyabr oyi oxiridan Rossiya Markaziy banki tezkor to‘lovlar tizimida xalqaro pul jo‘natmalarni yo‘lga qo‘ygandi. Mazkur tizimga O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning 12 ta banki ulangan.
+++
Boshqirdistonning sobiq prezidenti Murtazo Rahimov 88 yoshida o‘ldi. «Boboy» laqabi bilan tanilgan siyosatchi Boshqirdistonni 20 yil davomida (2010 yilgacha) boshqargan. Rahimov hukmronligi davrida uning oila a'zolari korruptsiyaga ko‘p aralashgan, saylovlarda esa soxtakorliklarga yo‘l qo‘yilgan. Boshqa tomondan esa Murtazo Rahimov O‘rusiya tarkibida bo‘la turib, Kremldan maksimal darajada mustaqil siyosat yuritishga intilgan rahbarlardan biri deb bilinar edi. Hozirgi rahbar Radiy Xabirov paytida Boshqirdiston har ishini Moskvaning ko‘ziga qarab bajaradigan mute bo‘lgaga aylanib qolgan.
+++
Besh bolali yigitcha… o‘ldi. Rossiyaning Novosibirskidan bo‘lgan besh bolaning otasi Ukraina urushida o‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, u harbiy shartnomaga 2022 yilning 1 dekabr kuni qo‘l qo‘ygan, 2023 yilning 4 yanvar kuni esa esa halok bo‘lgan.
+++
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida 11 yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi ostonasida portlash sodir bo‘ldi. Al-Jazira xabariga ko‘ra, xudkush hujum oqibatida 7 kishi o‘lib, kamida o‘n kishi yarador bo‘ldi.  
Aytilishicha, chorshanba kuni Kobuldagi TIV binosiga Xitoy delegatsiyasi kelishi kutilayotgan edi.
Dunyodagi ko‘plab mamlakatlar tomonidan terroristik deb topilgan «Tolibon» harakati 2021 yilning avgust oyida Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgani ortidan o‘z hukumatini shakllantirgan edi. Toliblar hokimiyati hali hech bir davlat tomonidan rasman tan olingan emas, biroq ayrim davlatlar Tolibon Afg‘onistoni bilan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga urinmoqda va bunday mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor.
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
1 sentyabr 2016
Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi ...
8 aprel 2016
Gazetaning yozishicha, bu yildan boshlab kollej bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama shartnoma tuzish tartibi joriy etilgan. Endi shahar, tuman hokimliklari ...
8 noyabr 2021
Prezident Shavkat Mirziyoev 6 noyabr kuni yangidan lavozimiga o‘tirish oldidan qasamyod qilarkan, O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish niyatini bildirdi. Biroq ...
5 yanvar 2023
Qadrli muxlislar. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 2023 yilgi ilk sonini taqdim etadi.+++2022 yilda eng ko‘p tilga olingan o‘zbek vatandoshi ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...