Asosiy mavzular
14 yanvar 2023

RTdan va'z: Anomal sovuq teatri

RT: Bugungi juma va'zi qisqa bo‘ladi.

MS: Navchun og‘o, so‘qishdingizmi yo? O‘din oz bo‘lsom gap ko‘p dar adila xonqolilo.

R.T: Matchonboy, bugun ulug‘ ukrain satirigi Nikolay Gogolning “Revizor” spektakliniing yangi talqinini qisqa qilib qo‘yib bersam.

M.S: Ovong og‘o. Bilamiz revizorni. Bir voxtlar Nabi Rahimov Xlestakovni o‘ynagan Hamza teatrida. Keyin esa xivali brat Baxrom Matchanov o‘ynavadi. Shu bilan mustaqil O‘zbekistonda revizor qo‘yilmadi isop.

R.T: 1999 -yili Xorazmdagi Ogahiy teatrida“ Revizor” spektakli qo‘yildi. Bu spektaklda o‘z basharasini ko‘rgan zamhokim Botir Rahimov «davay, to‘xtat bu masxarabozlikni. Avtor oldimga kirsin» dedi. Shunda teatr ijodkorlari avtor 1852- yili o‘lib ketgan deganda bu savodsiz zamhokim «taak » deb o‘sal bo‘lgandi. Shundan keyin Botir Rahimov teatrdan o‘ch olishga qaror qildi. Teatr rahbari dramaturg Quronboy Matrizoevni afisha yopishtiruvchi xotindan pora oldi deb qamattirdi. Gapning qisqasi bugungi ahvolimizga Botir Rahimov kabi manqurt rahbarlar sababchi

MS: Doniymon vu yetimni. Sigondon botir chiqsa kapasini o‘t qo‘yadi diydilar. Top o‘zi. Sovod- povod yo‘q. Zaporojda taksichilik atar adi. Keyin akasini domkranti bilan xohimlika o‘tvadi. So‘ng xozorapsida hokim bo‘lib urilib getdi mongloyi qoro. TV. EY .EL SI.ni ham shu yopvadi¸ tabiat va xalq dushmani vu. Qani og‘o, boshlong tiyotrni. Zamon zo‘rniki, tomosha ko‘rniki.

ANOMAL SOVUQ

(Besh ko‘rinishli komediya)

Basharang qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama (Xalq maqoli)

Rollarda: Abdulla G‘aribov, – shahar hokimi

Sabzavot Baqlajonovna – hokimning xotini

Sharmandaxon – hokimning qizi

O‘lsinqul Sotilganov – Ta'lim vaziri

Noziqurg‘ur Ëtibberganova – vazirning xotini

Ozodbek Qo‘shiqaytganov – ashula vaziri

Ozodbo‘lgan Qodirov – Sudya.

Sepkilboy Minibyuraverarov – Diniy tujjorlar noziri

Ayvonboy Ustunboev – Pochta vaziri

Pulxo‘r Do‘mbillaganskiy – bloger

Ochopat Bobbilaganskiy – bloger

Ayoz Eshako‘ldirganov – Peterburgdan kelishi kutilayotgan anomal sovuq

Shabada – uning o‘ynashi

Bekzod Bachakushov – shahar bosh tabibi

Firdavs Andreevich Lo‘likov – ko‘chada diafilm ko‘rsatib yuradigan shoumen

Kim Chin Rastakovskiy – Bog‘cha vaziri

Murod Bilding Korobkin – uy quradigan usta

Qamag‘dan chiqqan va endi qamoqqa ketishga tayyorlanayotgan chinovniklar, shaharning pochetnыe o‘ris og‘alari.

Fazliddin Yumuruq – qashqaldoq otuvchi boksyor

Hushtak Ismatov – go‘zal go‘shadagi bloger

Xurkit Irkit – hokimni maqtaydigan shoir

Amaliy Karkidoniy – eshakshunos,

diniy bloger

Urong‘ich Qirchong‘i – hokim eshigida turadigan milisa

G‘arib Abdulin – savdogar

Tanozil Petrovna – shahar kengashi spikeri

Maymunaxon – hokimning shar'iy nikohdagi ikkinchi xotini.

Absattor – hokimiyatda bloknot ushab turadi

Salim Abduvaliev – Hokimning sho‘pri Komediyada

Rossiyadan kelgan parazitlar¸ kidat qilingan investor va uy so‘rab temir daptarga kirtishni talab qilgan gadoylar galasi ham qanashadi.

XARAKTYeRLAR VA KOSTYuMLAR

Rollarni o‘ynaydigan aktyorlarga nasihat o‘rnida

Shahar hokimi o‘z lavozimida hali 10 yil ham o‘tirmagan bo‘lsa-da qarib qolgan. So‘zida turmaydi. Aytadiyam qaytadiyam. Qimmat kostyum kiyib, olcha gulli galstuk taqadi. Kalboshligi bilinmasligi uchun mo‘ylov qo‘ygan. Sabzavotxon Baqlajonovna – Hokimning xotini. Yaqinda operatsiya qilib ozgani uchun ko‘zlari kirtayib qolgan. Parxonacha aktsentda gapiradi agar gapirsa. Asosan jim turadi. Qora uzun jemper kiyadi tovus rasmi yo‘g‘idan. Anomal sovuq – bu keyingi 7 yilda har yili keladigan havo harorati. Asosan Rossiyadan keladi. Basharasi juda xunuk. Birinchi ko‘rinish Ayvonboy Ustunboev pochta vaziri shahar hokimiga qarab: «Shahrimzga anomal sovuq kelmoqda» Sabzavot Baqlajonovna, hokimning xotini: «Kelsa, Shovvozsoyda mehmon qilib, to‘n kiydirib, yana kuzatvoramiz» Sharmandaxon, hokimning qizi: «Anomal Sovuq aka juda chiroyli yigit bo‘sa kerak. Bahonada tanishib olaman» O‘lsinqul Sotilganov, Ta'lim vaziri: «Maktabarni yopib turamiz. Mehmon xijolat bo‘masin»

Ozodbek Qo‘shiqaytganov, Ashula vaziri: «Ashi mehmon men g‘aribni bitta o‘psin»

Noziqurg‘ur Ëtibberganova, vazirning xotini: «Nega seni o‘parkan ,kal? Mana biza turibmiz ochilib -sochilib»

Bekzod Bachakushov, shahar bosh tabibi: «Shamollab qolmang, yanga. Anomal sovuq aka bilan achomlashaman deb».

Fazliddin Yumuruq, qashqaldoq otuvchi boksyor: «Qashqaldoqni otaman keyin esa yotaman»

Sharmandaxon, hokimning qizi: «Voy man bilanmi?»

Abdulla G‘aripov, shahar hokimi: «Nima qilamiz endi?»

Tanozil Petrovna, shahar kengashi spikeri: «Otrabotaem»

Eshik qoqiladi, «Taq, taq, taq».

Kim Chin Rastakovskiy, bog‘cha vaziri: «Petrburgdan maxsus yorliq bilan anomal sovuq tashrif buyurdi. Kutib oling.»

(Sahnaga Ayoz Eshako‘ldirganov o‘ynashi Shabadaxon bilan kirib keladi.)

Ayoz Eshako‘ldirganov: Tata tam. Mana men…

(Soqov sahna. Hamma sovuqdan qotib qolgan.)

Parda tushadi. Qarsaklar Aziz tomoshabin. Komediyaning keyingi ko‘rinishlarini sizning nazaringizda nimalar yuz beradi?

MS: Duz og‘a, indi bu satira bo‘libdi. Real bo‘lg‘on voqeani ham otib barsangiz

MADANIYaT KO‘ChASIDAGI JINOYaT

Matchonboy, senga hikoya qilmoqchi bo‘lgan voqea 2023- yil ,2 -yanvar tungi soat birda yuz berdi. O‘sha tun sirli edi. Shu qadar sirli ediki, har bir odam yo‘ldan ozgisi kep ketardi. Buxoroning Kogon shahridagi “Madaniyat ”ko‘chasi o‘z tarixida qancha qonli voqealarni ko‘rgan. Ammo bu safargisi… “Madaniyat” ko‘chasidagi 35 yashar xotinning uyiga 40 yashar tanish erkak yarim kechasi aroq ko‘tarib keladi. Bu xotin «bayram o‘tib ketdi-ku, xay. “Araq xo‘rdanba sabab nest-ku» desa, anavi erkak: «Qanay bo‘lib bir marta anomal sovuq kelopti, shunga ichmasak qachon ichamiz,» deydi. Logika – beton. Birinchi qadah yangi yil sharafiga ichildi. «Kogon, Olot, Kegayli, bir safar indamasdan ichgayli» deb, ikkinchi qadahni tostsiz urishdi. Birdan bu xotinning esiga bir narsa tushib qoldi: «Uch yil burun juda dag‘al bir ish qilib eding menga, ko‘rsataman endi senga». Xullas u «anaqa» dedi¸ bu “manaqa” dedi. Kogonlik xotinlarning jahli tez bo‘lishini lyuboy buxorolik biladi. Xullas bu xotin shartta pichag‘di olib, bu erkakning qorniga tig‘ib-tig‘ib oldi. (Tergov hujjatida 6 marta tiqqani yozilgan. Erkagam “o‘lmas koshshey” ekan – tirik qoldi). Hamma yoq qora qon bo‘ldi. Ammo bu xotin hayajonda qilib qo‘yg‘an ishidan pushmon bo‘lib, duxtir chog‘irdi. Kogon shahar Tibbiyot birlashmasidagi qarako‘llik duxtirlar bu bachani qornini tikib, qutqarib qolishdi.

Hippokrat ontini ichgan duxtirlar sekin milisaga ham telefon qilishdi: «nojevoy raneniya yesli shto‘», deb. Milisalar kelib, mojaroga bu xotinning eri ham aralashgani, er narigi xonaga chig‘ib ketganida bu yashshamugur meymon xotinning emchagini ezg‘ilamoqchi bo‘lgani haqidagi iddaolar ham o‘rtaga chiqdi. Xullas namanganlik bog‘cha opa aytganiday: «Bayramdiyam ko‘tiga tig‘ishdi»

Mazkur holat yuzasidan Kogon shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Eng muhimi hech kim go‘rda emas.

O‘siroq kampir paraddagi marshalmi?

MS: Koshki go‘rda bo‘lsa adi? Ishitdingizmi? Namongon va umuman Parxona qishlag‘larida yangi mo‘da. Umradan qaytganlar uchun ko‘chaga bir kilometrlik ko‘rpacha, gilam va shoyi- atlasdan poyandoz solinadi. Bu o‘siroq kampir Gilterni o‘ldirib galgan marshaldin bo‘lib yuribdi.

(Video)

Tasavvur qiling, bir o‘siroq kampir umradan qaytyapti. Uni xuddi Falastinni yahudlardan ozod qilgan mujohid-fotih kabi kutib olishyapti. “Bu kampir bosib o‘tsin” deb xotinlar ustidagi kiyimlarini yechib, oyog‘i tagiga tashlashdi. Bitta xotin ustidagi kiyimni yechib, bir qat ichki kiyimda emchaklarini dirillatib turibdi. Illo, shu ekskursiyadan kelgan kampir bosib o‘tib, ashi kiyimda tavarik qilsin. Juvonlar o‘z bachalarini ham kampirning ayag‘i ostiga tashashadi. Ustidan tepkilab o‘tsa tavarik, deb. Yana bir detal. Umradan qaytgan xotinlar trusi, emchak xalta va sassiq jo‘roplarini yuvmay, o‘z qarindoshlariga padarka qilar ekan. Muqaddas jaydi hidi kepturibdi deya hidlab, qo‘ynida olib yurisharkan bu sassiq paypoqlarni odamlar.

Bu – nima? Bu – shirkdir! Bu o‘siroq kampirlardan but yasayotgan avom sovuqda dildirash va is gazidan yoki doridan tappa-tappa o‘lishga majbur. Battar bo‘lish, piypl.

MS: Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting!

RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak!

@eltuz

Tag‘in o‘qing
11 oktyabr 2016
Majburiy mehnat monitoringi bilan shug‘ullanayotgan «Qo‘rqmaslar» guruhi faoli Maloxat Eshoqulovaning eltuz.com muxbiriga bergan intervyusiga ko‘ra, ularni cho‘l zonasidagi «Qirlishon» ...
3 noyabr 2022
1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi mujda sifatida qabul qilindi. ...
10 yanvar 2024
O‘likni yuvg‘uchi yuvsin, yemakni oshchi pishirsin, qo‘yni qassob so‘ysin, ilmni olim qilsin. Akademik olamdagi nosog‘lom muhit haqqinda gapirish uchun ...
25 may 2023
Navoiy nomli  o‘zbek tili adabiyot universiteti birovning loyihasini o‘zlashtirib davlatdan 2 milliard so‘m  undirmoqchi bo‘lganmi? «Adabiyot universiteti nadur?» Rassom ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...