Asosiy mavzular
2 may 2023

Toshkentda namanganlik gumonlanuvchi qiynoqqa solindi

Namangan viloyati  Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jaev bosqinchilikda gumonlangan 40 yashar ukasi Dilshodjonning 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar IIBB tergov bo‘limida shafqatsiz qiynoqlarga solingani, og‘zi va qo‘llari skotch bilan bog‘lanib, noinsoniy qiynoqlarga solinganini iddao qildi. Bu haqda u O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilgan.

Surishtiruv, advrkatlar va guvohlar bilan suhbatlardan so‘ng ma'lum bo‘ldiki, Dilshodjon To‘raxo‘jaev haqiqatan ham fuqaro kiyimidagi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari, qora maxsus kiyimdagi “ajal farishtalari” va tergovchilar tomonidan majburiy ko‘rsatma olish maqsadida qiynoqqa solingan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 251-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda gumonlanib, Toshturmada saqlanayotgan 29 yashar Hasanboy Abdunabievga nisbatan sodir etilgan qiynoq natijasida u salkam nogironga aylanib  qoldi. Uning badaniga elektroshoker vositasida yetkazilgan zarar siz ko‘rayotgan rasmlarda ham aks etgan. Uning momataloq badanidagi jarohatlar hanuz ketgani yo‘q.

«Afsuski, bunday qiynoq va zo‘rovonliklardan huquqni muhofaza qilish organi tugul Qiynoqlarga qarshi Milliy preventiv mexanizmlarni amalga oshirganini iddao qilayotgan Ombudsmanning ham xabari bor.  Katta ehtimol bilan ular bunday jinoyatlarni yashirishga harakat qilishadi, jamoatchilikni aldash, mamlakatda qiynoqlarga barham berilgan, degan yolg‘on hisobotlar bilan chiqishadi.

Prezident Mirziyoev 2021 yilning 26 iyun kuni Xalqaro Qiynoqlarga qarshi kurash kuni munosabati bilan imzolangan Farmonida bu illatga qarshi kurash strategiyasi ishlab chiqilgandi. Hatto Ombudsman qoshida maxsus guruh tuzilgandi, ammo guruh ko‘zbo‘yamachilikdan nariga o‘tmadi.

Hatto O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 2022 yilda aynan qiynoq masalasida birorta shaxsning javobgarlikka tortilmagani xususida shubhali ma'lumot berdi. 

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati mamlakatda qiynoq holatlari bo‘yicha vaziyatni tahlikali, deb baholaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yuqorida nomi tilga olingan ishlar bo‘yicha chuqur tekshiruvlar o‘tkazish hamda Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmlar guruhi faoliyatiga huquqiy baho berishga chaqiradi» deya bildiriladi bu yuzadan «Ezgulik» tarqatgan xabarda..

Mazkur xabarnomada tilga olingan ma'lumotlar allaqachon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha respublika Milliy markazi idoralariga yetib borgan. Qiynoq qurbonlarining advokatlariga ko‘ra, bu holatni yashirishga urinishlar bo‘lmoqda.

Eltuz O‘zbekistonda Inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq xolatlarni yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
17 mart 2017
«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy ...
28 dekabr 2020
Ulug‘bek Mirzamuhammedov O‘zbekistonning elchixona va konsulliklariga rahbar tayinlash ishlariga muttasil ravishda aralashib kelgan.
8 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi «Eltuz»ning «Imperativ» ruknida. Davomi bor.) «Yoshullichilar»ning hammasini ham Nurali Qobul kabi ...
31 may 2022
O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” sohasidagi raqobati  O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” vositasidagi raqobati til va ta'lim ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...