Asosiy mavzular
13 oktyabr 2023

Seksual  «ozabochennыy»  millat

RT: Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa ul vayrona ham!

MS: Isop duz og‘a. Nichiksizla mo‘chchi apika, xo‘jik brrilo. Ëngqi ishlar bo‘lib turibmi oxir?

RT: Matchonboy, sen jonajon o‘zbekistonimizda xafta ichida nimalar bo‘lganini mendan so‘ra. Koshki bilmasaydim, bilganim qursin!

MS: Og‘o qisqosinnon qoyting. O‘lgan qotqonlodan oyting.

Osmon musappa nyus

Buxoroda 2 nafar shaxs tok urishi natijasida vafot etdi. Ular qishloqdoshining uyida ustachilik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lishgan.

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashagan fuqarolar R.M. hamda B.Sh. ushbu qishloqda yashovchi S.A.ning uyida ustachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan paytida elektr toki urishi natijasida vafot etgan.

MS: Hammani xudo ursa, biloni to‘q urodi.

Toshkentda qalbaki 40 mln so‘mni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Fuqaro 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan.

+++

Ukrainadagi urushdan qaytgan  okkupant rus vagner jangarisi 32 yoshli xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi va uning jasadini mashinada yoqib yubordi

MC: Manglayi qoro.

Toshkent viloyatida erkak sobiq xotinini besh soat davomida urib, qiynoqqa soldi. (video)

Jabrlanuvchi kasalxonada, uning sobiq turmush o‘rtog‘iga oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinsiy ozabochennыy  millat

O‘zbekistonda 2023 yilning to‘qqiz oyida 1240 ta voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘rovonlik holatlari qayd etilgan bo‘lsa, shundan 417 tasi jinsiy zo‘rovonlikdir, jumladan, yaqinlari tomonidan bolalarga nisbatan 166 ta zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan.

MS: Navchun indi bi gaplani yutubda oytip duripsiz og‘a.

RT: Yutubda odam  ko‘p. Chunki, o‘zbeklar orasida tekst o‘qiy olmaydigan darajada savodsiz odamlar astronomik darajada ko‘payib ketgan. Na lotin, na kirilda savode nest. Bozorning o‘rtasidagi julduruvoqi olomonga 100 yil oldin voizlar va'z qilishgan. Jadidlar teatr qilib ko‘rsatgan. Yutub ham shu vazifani o‘taydi. Yulduz sanagan Ulug‘bek avlodlari bugun besavodu johil.

O‘zbek oliy o‘quv yurti bu kosmik kattalikdagi bilimsizlik botqog‘i.

Ikki oy oldin bir filolog dekan xola bilan gaplashib yoqamni ushlagandim.

Bu xola tuya siydigini barcha  dardga davo deb bilarkan. Rak kasali mulla o‘qisa tuzalarkan. Mashinani o‘qitsa avariya bo‘lmas ekan.

Bu xolaning qo‘lida o‘qiyotgan talabalarga achingandim.

Mana bu esa Toshmi talabalari “zakovat” namunasi. Gitler yahudiyni o‘ldirgani uchun o‘zbek studentinig ijobiy qaxramoni!!!

Nega o‘zbek student o‘z fanidan baloni ham bilmaydiyu ammo, nuqul hijob, soqol xaqida o‘ylab toliboncha yurish-turishga intiladi. Nega jurfak va filfakni hatm qilganlar filolog yo jurnalist bo‘lmay, toqatsiz rijol, mullabachcha, yo johil otinoyiga aylanib, botqoqda yo‘qolib ketadi? Bu savollarga javob bersam.

Shu mavzuni  eltuzda ochgan  harakatsiz, qo‘rqoq talabaga bir og‘iz gap!

Kuningni mana shunday betayin sistema boshqarib, kontrol qilishiga qo‘yib bergan sen va sening yaqin kursdoshlaringga!

O‘rningda bo‘lganimda (bo‘lganman ham), guruhim bilan LOM-MIM demasdan chiqib ketardim. (Ba'zan guruh pand bergan, bir o‘zim chiqib ketgan paytlarim ham bo‘lgan).  Boz ustiga na ularning gapi, na bir senga yoqmagan sistema seni o‘z domiga tortib ketishiga sen majbur emassan! Demak, sening tanloving mana shu sistemaning quli bo‘lish bo‘lgan! Aslida niyating shu!

Sen kirguningcha, kuchli bilim olib kirasan (11 yil demayman, 2 yil – repetitor bilan). Diplom olish dardu hayoling bo‘ladi. Diploming va ro‘moling bo‘lsa yaxshi joydan er chiqadi (ko‘pingning fikring shu, aks holda tanlovingda sifat bo‘lardi!). Agar kitob ko‘p o‘qib, saviya qilganingda edi, ustozing sening ustingda nolimasdi, sening oqimingga qo‘shilardi! Harakat bo‘larding!

Unutma – tarixdan ma'lum: TALABALAR ENG KUChLI ARMIYa!

Ularda kuch bor, yangi g‘oya (kallalaring bo‘lsa agar) bor, yoshlik va energiya bor!

Sistemani o‘zgartiradigan 5-6 yildan keyingi – diplomini qo‘liga olgan sen emassan! Sistemani o‘zgartiradigan bu – hozirgi qarorida qat'iy turgan, nolimay, kuch bo‘la olgan yangi SYeNsan!

Qo‘lingdan kelsa keyingi talabalar avlodini shunday sistemadan qutqar!

Uy ijarasi oshgani haqida

Kapitalizmda xususiy mulk – muqaddas. Bozor ekonomikasi talab va taklif degan mantiq asosida ishlaydi. Toshkentlik Rixsitilla o‘z mulki bo‘lgan uyni istasa, bozor ko‘targan narxda istagan odamga beradi.

Ikki xonali uyni 1000 dollarga o‘risga berguncha dehqonobodlik istudent bachalarga yarim narxida berishi kerak edi, deb, aql o‘rgatish qonunga va bozor iqtisodi qoidaliriga to‘g‘ri kelmaydi.

Rixsitilla uy sotib olganida «uy qimmat ekan¸ ko‘plab ko‘maklashib yordam bervoriylik¸ bechorani yelkasi zirqiramasin,» deb, hech kim aytmagan. Uy faqat pasportiga qashshoq deb yozilgan o‘zbekka ijaraga berilsin degan qonun ham yo‘q. Qolaversa, faqat test yodlashdan nariga o‘tmaydigan, mikrofon tutib jamiyat rivoji yoki Rossiya bosqini haqida savol bersangiz: «siyosatga arlashmayman» yoki «Zelenskiy –  kloun» deydigan umurtqasiz yaratiqlar qurbi kelsa o‘qisin, bo‘lmasa, ko‘rpa to‘shagini ko‘tarib, dehqonobodga qaytaversin.

Rost24ga intervyu bergan aksar yoshlar «siyosatga aralashmayman», deb, ho‘l sovun kabi jurnalist qo‘lidan sirg‘alib qochib ketishdi. Siyosatga sen aralashmasang, siyosat senga aralashadi. O‘zbekistonnni Rossiyaning orqa hovlisiga aylantirgan hukumat siyosatiga qarshi chiqdingmi? O‘zbek rahbariyati¸ xususan Sapoevning Jirinovskiy ko‘tiga lagan tutib yaltoqlanganiga e'tiroz bildirdingmi? Yo‘q albatta. Ë ota enang e'tiroz bildirdimi? Yo‘q albatta.

Ota-onang saylovda kimga ovoz berdi? Albatta, hozirgi rahbariyat va uning o‘risparast siyosatiga. Demak, sen ko‘chada ko‘rpa-to‘shak ko‘tarib sargardon bo‘lishga loyiqsan.

Umuman, dunyo ta'lim tizimida hech qanday reytingi bo‘lmagan o‘zbek institutlarida o‘qiding nimayu, o‘qimading nima. Ertaga sendan o‘risqul, vatansevmas, o‘z sohasi o‘rniga cho‘pchak yodlab kinnachiga ko‘rmurid bo‘ladigan johil o‘sib chiqsa. Nega Rixsitilla cho‘ntagiga kiradigan 1000 dollardan voz kechishi kerak. Nega o‘zining remont qilingan kvartirasini istudentlarga berishi kerak? Har oy Rixsitilla kvartira haqini so‘rab borganida «pulim yo‘q edi, jichcha sabr qiling», degan diydiyo eshitish uchunmi? Ëki 40 kvadratlik uyga 12 talaba kirvolib, rezinka kvartiraga aylanishi uchunmi? Taroziga qo‘yadigan sabab bormi? Yo‘q albatta. Moskvaga ergashgan Toshkent allaqachon ko‘z yoshlarga ishonmay qo‘ygan. Xonqada bir maqol bor «Doyim (Tog‘am) novvoy, pul bersam, non beradi». Novvoy tog‘a o‘z jiyaniga ham nonni pulga sotadi. Buning ma'nosi – kapitalizm. 

Ammo insoniy qiyofali, sotsial huquqlar kafolatlangan shved yoki nemis kapitalizmi ham bor. Bu davlatlarda oliy o‘quv yurti va yotoqxona xarajatlarini  davlat ko‘taradi. Kambag‘alning boshini silaydigan ham hukumat. Ammo bunday hukumatga ega bo‘lish uchun bu mamlakat halqi siyosiy faol bo‘lib saylovda ovoz berishdi. Namoyishlarga chiqishdi. Hukumatlarni ontarishdi. Xullas, erkinlik farovonlik¸ ijtimoiy himoya va insoniy yashash uchun kurashish kerak. Ketmon dastasini yoshulli qilib qo‘ysang ham sig‘inadiganlarnimg umri azob-uqubat bilan o‘tadi. Kurva Kokain. Chao Pompidu. Auvf vi di zeyn.

Diqqat bilan o‘qiganlarga abrigado.

Nahanglar haqida

Lavozimga o‘tirgan odam oylikka yashamasligini hamma biladi. U alal oqibat  katta o‘g‘ri bo‘lib yetishadi. Buniyam hamma biladi. Keyin u pul  va mansab kuchidan quturib, atrof jonib uchun xatarli maxluqqa aylanadi. Aynan shunday paytda ularni qamab qo‘yish zarur. Albatta amaldor degani farishta emas, u o‘g‘irlamay yoki ta'magirlik qilmay tura olmaydi. Eng boy o‘zbek amaldori ham  chet elga borganida otel sochig‘i va xalatini o‘g‘irlaganini elchixona xodimlari biladi. Chunki ko‘zi och ularning. Ammo o‘z ta'magirlik ishtaxasini tiya oladiganlari ham bor. Kamroq o‘g‘irlaydiganlari bor. Gap ular haqida emas. Gap O‘zbekistonni yamlab yutaman degan kashalot naxanglar haqida.

Onam O‘zbekiston. Tongda chiqqan quyosh peshonangni  yarqiratsin. Mamlakat oydinlari ro‘shnolik ko‘rsin! Ammo,  quyosh  nurini ko‘rish o‘g‘rilarga nasib qilmasin. Ularga zindon zulmati esh bo‘lsin.

MS. Omin!

Sevgi haqida

Sevgi haqida sas chiqarib gapirish shartmas. Sevgi haqda siz uchun ko‘zingiz tabassumingiz va harakatlaringiz gapiradi. Palonchini sevdim, o‘ldim, kuydim deb baqir-chaqir qiladiganlar xaqiqiy oshiqlar emas. O‘z sevgilisi uchun hislarini sassizcha armug‘on qiladiganlar haqiqiy oshiqlardir. Ichki ishlar vazirligidagi sohibjamol bu yozuvlarni o‘qib, Mona Liza kabi nim tabassum aylasa kifoya. Toki sirlar ochilsin. Ma'lumotlar sizsin,  tashqariga. Bu sirni saqlabon netgumdir oxiir, oliiib tuproqqamu ketgumdir oxiir.

MS: Og‘a qisingonla nishatsin?

Agar xafa bo‘lib g‘am g‘ussaga botgan bo‘lsangiz. Ishingiz yurishmagan bo‘lsa. Boshlagan ishingizdan samara ko‘rmay zarar ko‘rgan bo‘lsangiz yoki nimanidir o‘g‘irlatgan bo‘sangiz  judayam umidsizlikka tushmang. Birinchidan ishi yurishmagan odam bitta siz emas. Pulini  bozorda o‘g‘irlatgan afandi xotiniga aytgan ekan: “Bugun bozorda hamma pulini oldirdi. Shular qatorida menam” deb.  Oh voh mani itarib ketishdi, deb hammaga gapirib odamlarni voxtini omang. Odamlarni dardi o‘ziga yetadi. Sizniki tu match. Demak Rassom Tuzdan tavsiya: Agar seni g‘am g‘ussa bossa shundoq soatga qarab taxminan bir soat olislarga (osmonga, bulutga,  ko‘chaga, bog‘ga, daraxt yoki tuvakdagi gulga) qarab jiiiim o‘tir. O‘shanda sening ahvoling  masalan milliarder Alisher Usmonovniki bilan bir hil bo‘ladi.

Qissadan hissa: Bu dunyo tashvishini unutgan paytda boy ham, kambag‘al ham, zolim ham, mazlum ham, g‘olib ham, yengilgan ham tenglashadi.

Bugun cho‘ntakda turgan telefonimni avtobusdsa kimdir texnichniy qilib o‘maribdi. O‘g‘rini kimligini ham bilmaganim uchun u hali qamag‘da emas. Telefonim ham yo‘q, (ichida uyatsiz rasmlar bor ediya)

MS: O‘zi tema novvi adi yoshulli?

Mavzu: Aqlsizligimiz, qoloqligimiz, muttaasibligimiz va joxilligimiz haqida yoki qamoq nimaga keragu va kimni kutyapti?

Imkon: Bugun barchamizda qoloqligimiz , muttaasibligimiz va joxilligimiz botqog‘idan chiqib xuzurli qalb aristokrati bo‘lish uchun barcha shans mavjud. Ammo ko‘pchiligimiz bu haqda hatto o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Sabab: Chunki bizning qo‘limizdan erkin odam kabi yashash kelmadi. Ma'lumotimiz yo‘q. Madaniyat nimaligini bilmaymiz. Qoloq va joxilligimizni esa qo‘pollik va birovga qo‘l ko‘tarish bilan kompensatsiya qilamiz.

Qissadan hissa:

Shu bois biz o‘zimiz uchun qamoqxona quramiz va bu qamoqxona ishlab turishini ta'minlaymiz. Chunki bizlardan ba'zilarimiz o‘z qo‘polligida haddan oshdi. O‘z ichidagi hayvoniy instinktni yenga olmadi. Jaxolatini jilovlashga aqli noqislik qildi. Albatta bunday yaratiq jamiyatdan ixota qilinadi. Bu odam qamoqda saqlanadi. Qamoq nima uchun kerak va u kimni kutyapti degan savol javobi oydin bo‘ldimi?

Sizga omad tilayman azizim. Oddiygina omad. Ko‘chada ketyapsiz sizni moshina  bosib  ketmadi. Tasodifan o‘rmonda murdani ko‘rib qolib politsiyaga xabar berganigizda sizni qotil deb qamab qo‘yishmadi. Siz kech qolgan poezd ag‘darildi. Kema  cho‘kdi. Uchoq portilladi. Siz omadli bo‘lganingiz uchun tiriksiz. Spidga chalinmadingiz. Chernobilda nurlanmadingiz. Sizni kimdir aldab Suriyaga jihodga ham yubormadi. Siz omadli jentelmensiz. Ishonmasangiz balkondan pastga qarang avtomobilingiz g‘ildiragini hali o‘marishmadi. Sizga omad yor bo‘lsin.

MS Sho‘rda tormozo bosip alni ochip uring potyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak! 

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2017
Turk matbuotiga ko‘ra Masharipovning O‘zbekiston vatandoshi ekanligini rasmiy Toshkent tasdiqlagan. O‘zbekiston tarafiga ko‘ra, Masharipov qidiruvda bo‘lgan. Turk politsiyasiga ko‘ra, ...
11 fevral 2017
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 2016 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnat monitoringi yakunlariga oid hisobotini e'lon ...
14 mart 2017
O‘zbekistonda shu kunlarda ham notaruislarning oshig‘i olchi. Mamlakatdagi eng daromadli kasblardan biri notarius. Shu paytgacha ularning qirg‘irliklari haqida deyarli ...
17 aprel 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...