Asosiy mavzular
23 noyabr 2023

Namanganlik 42 yashar erkak aqidaparastlikda ayblanib uch yilga qamaldi

Joriy yilning 25 oktyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi, 42 yashar MBni internetda “diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va tarqatish”da ayblab 3 yil ozodlikdan mahrum qildi.

Eltuzda nusxasi bo‘lgan jazo hukmida bildirilishicha, MB «Redmi note 8 pro» rusumli telefoni orqali Odnaklassniki saytida profil ochib, shu akkaunti orqali internetdagi “turli g‘oyaviy zararli materiallarni” tomosha qilgan, ularga “klass” bosgan va tarqatgan.

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, Odnaklassniki saytiga qo‘yilgan “Ustoz Abdulloh domlaga Ustoz Abu Saloh domladan rad”, Rafiq Kamolovning “8-mart bayrami haqida”, “benamozlik haqida” kabi  postlari shular jumlasidandir.

Eltuz o‘rgangan tergov materiallarida, jumladan, ayblanuvchining Odnaklassniki saytidagi “12 ta guruhga a'zo bo‘lgani, 99 ta foto, to‘rtta qaydlar joylagani, shuningdek profilining “Lenta” qismida turli xil video, audio, fotolarga munosabat bildirgani qayd etilgan.

2023 yilning 2 iyunida MB Namangan shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan bir nechta xolislar va guvohlar ishtirokida qo‘lga olindi.   

Dastlabki tergov materiallari, ekspertlar hulosasiga tayanib sud uni JKning 244-moddasi 3 qismining “g” bandidagi jinoyatni qilishda aybdor deb topdi.

Mavsumiy ishchi bo‘lgan MB muqaddam sudlanmagani, chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilada yolg‘iz boquvchi ekani, qaramog‘ida to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib jazo yengillashtirildi va ozodlikni cheklash jazosini yashash joyida o‘tashi tayinlandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 iyun 2020
O‘zbek prezidenti Moskvaga borib ta'zim bajo keltirdi. Toshkent va Xivani bosib olgan ishg‘olchilar ramzi bo‘lgan georgiy lattasini ko‘kragiga osdi. ...
19 iyul 2016
Nafaqat vodiyning barcha tuman xalq ta'limi va tibbiyot xodimlari, balki poliklinika,tug‘ruqxona, maktab va bog‘cha xodimlari ham ko‘sak qurtini qo‘lda ...
15 aprel 2018
Negadir bugun ishongim keldi shu odamning gaplariga. Ayniqsa, ko‘cha tozalayotib yuk mashinasi ostida o‘lgan o‘qituvchi Diana haqida «Xuddi meni ...
27 oktyabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mamlakatning o‘zida yetishtiriladigan O‘zbekistonda nega keyingi davrda go‘sht, tuxum va o‘simlik moyi kabi oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlab ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...