Asosiy mavzular
2 dekabr 2023

Shoshilinch xabar! Salimboy ushlandi, G‘opirboy qidirilmoqda

Huquq tartibot idoralari maxsus kuchlari 1 dekabr, ya'ni kecha kechqurun taniqli tadbirkor, postsovet hududida “Salimboy”, “Salimboyvachcha” deya tanilgan Salim Abduvalievni Toshkentdagi uyida hisbga olganlar.

Eltuz insayderlarining aytishicha, navbatdagi “maski shou” amaliyotida Salim Abduvaliev va uning uyida bo‘lgan ko‘plab yigitlari avtobusga tiqib olib ketilgan. 

Ayni paytda tadbirkor-mafioziy G‘ofir Rahimov ham qidirilmoqda.  Niqobli maxsus-kuchlar “qora G‘opir” laqabi bilan mashhur G‘ofir Rahimovning dastlab Toshkentdagi uyiga, so‘ngra dala hovlisiga borganlar, biroq uni topa olmaganlar. 

Ichki ishlardagi Eltuz manbasiga ko‘ra, G‘opir Rahimov “yo O‘zbekistondan qochib chiqqan yoki biron joyda berkinib yotibdi”. 

Kecha shuningdek, boshqa bir mafiozi, tatar millatiga mansub Edem Osanov ham hibsga olingan.

Undan tashqari “Aziz chuchvara” lakabli avtoritet va uning guruhi, “Avaz qoraqamish” nomli kriminal avtoritet ham ushlangan.

Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda, deya bugun ilk bor xabar berdi Toshkent shahar IIBB axborot-multimediya markazi.

Eltuz O‘zbekistondagi blatnoylar oviga oid jarayonlarni yoritishda davom etadi. Videolarimizga layk bosing, kanalimizga obuna bo‘ling.   

Tag‘in o‘qing
16 mart 2018
Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha 15 mart kuni o‘tgan sud majlisida Respublika sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jurnalistga nisbatan qiynoqlar ...
8 fevral 2018
Bir guruh o‘zbek faollari va huquq himoyachilari 5 fevral kuni O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovga yodgorlik yaratmaslikni so‘rab britaniyalik ...
23 aprel 2018
Nukus ko‘chasiga burilishdagi, oldingi vinzavod ro‘parasidagi oziq-ovqat do‘koniga qarab ketyapman. Qarasam, bayramona kiyingan militsionerlar, bayroqcha ushlagan talabalar saflanib turishibdi. ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...