Asosiy mavzular
4 dekabr 2023

X-Factor pagonlarni tan olmaydi

Nihoyat O‘zbekistondagi qo‘shiq shinavandalari qalbini larzaga solayotgan shou tomoshalariga navbat yetib keldi – Eltuzning qattiq Iks faktori yoki X-Faktor pagonlarga ishonmaydi.

X Factor shousining uchinchi jonli efirida Milliy gvardiya kapitani Davron Abdusalomov tomoshabinlarning eng kam sonli ovozini oldi va loyihani tark etdi.

O‘tgan safar  Davron “Oshiqlar gul tutar…” ko‘shig‘ini bo‘g‘ilib zo‘rg‘a aytganiga qaramay

hakamlar uni qutqarib qolishgan edi.

Jyuri orasida Lola Yo‘ldoshevadan boshqa xammasi Milliy gvardiya kapitani Davronga ovoz berishgan edi.

Buning oqibatida X-Factor favoritlaridan biri Yulduz Musa loyihadan badarg‘a bo‘ldi.

Lola o‘z instagramida ko‘z yosh to‘kib, prodyusserlardan nolidi.

Jasmindan kutmagan edim bunday harakatni degandi. Jasmin esa kapitanni qo‘llab-quvvatlagani, uning dastidan hali uzoqqa boradigan iste'dodli Yulduz Musa shoudan badarg‘a qilingani uchun tarmoqlarda sazoyi qilindi.

Lekin pagonli Davronga ko‘rsatilgan oshiqcha marhamat, to‘g‘rirog‘i hakamlarning ayiqlik xizmati, medveje usluga aks ta'sir ko‘rsatdi. Jasminning sevgisini qozongan kapitan shouni tark etdi.   

Pati yulingan Jasmin ham X-Factordan ketamanga tushdi. Lekin, prodyusserlari talabiga ko‘ra qoldi.

Anglashimizcha, homiylar va prodyusserlar yuqoridagilar nimani istasa shuni qilishmoqda.

O‘zining Instagram kanalida ashulachi Vlada Kim X-Factor saralash bosqichidagi chiqishlari shou dasturdan qirqib tashlanganiga norozilik bildirib, uni o‘z ixtiyori bilan tark etganini aytdi.

Ochiq-sochiq liboslarda, yirtiq jinsidagi chiqishlari bilan ko‘ringan Vlada Kim X Factor hakami Lola Yo‘ldosheva komandasidagi uch qizning biri edi.

O‘tgan yakshanba u jonli shouda ko‘rinmadi. Hakamlar Vlada Kim “oilaviy sabab” loyihani tark etganini aytishdi.

Lekin, Vladaning aytishicha, uning loyihadan ketishiga sabab oilaviy bo‘lmagan.

“Boshqa ba'zi qatnashchilar qatori mening birinchi chiqishim ham televizorda ko‘rsatilmadi. Saralashning oxirgi bosqichlarida paydo bo‘ldim. Tomoshabinlardan finalga qanday o‘tib qolganim haqida savollar ko‘p bo‘lyapti, chunki ular meni boshida ko‘rmaganlar. Tomoshabinlar mening sahnada birinchi chiqishimni ko‘rmagan bo‘lsalar, qanday qilib menga ovoz berishlari mumkin, degan savol tug‘iladi. Men buning sababini tashkilotchilardan surishtirishga qaror qildim. Nima uchun bunday bo‘ldi? Men surishtirishni boshlaganimda, 12 finalistning biri edim. Lekin ular menga buning sababini sizga tushuntirish majburiyatimiz yo‘q, deya juda qo‘pol javob berishdi. Afsuski, bunday muomila insonning his-tuyg‘ularini toptaydi.  Men uchun esa – odamlar o‘rtasidagi yaxshi munosabat va halollik muhim faktor. Bu narsa yo‘q ekan qanaqa muvaffaqiyat haqida gapirish mumkin, – deya bildirdi Vlada Kim.

Shunday qilib, nafaqat Lola Yo‘ldoshevaning komandasida, butun X Factor-da birgina qiz qoldi. Qolgan olti ishtirokchining barchasi erkaklar.

Ammo, homiylar va prodyusserlar tomoshabinlarga hukmini o‘tkaza olmaydi. Bu safar tomoshabin Milliy gvardiya kapitaniga “yo‘q” dedi.

Shou qoidasiga ko‘ra, har jonli efirda  tomoshabinlarning eng kam ovozini to‘plagan qatnashchi loyihani tark etishi kerak.

Bundan tashqari kam ovoz olgan yana ikki qatnashchi o‘lim guruhiga tushadi. Ulardan kimni qoldirish kimni ketkizish jyurilarga havola.

Bu safar Muhammad Ali va “Minor” guruhi shu zaif xalqa bo‘ldi.

Hal qiluvchi ovozni berish Lola Yo‘ldoshevaga qoldi. Bu Lola uchun Jasmin komandasida bo‘lgan Muhammad Aliga qarshi ovoz berib, uni bir hafta oldin qilgan xatosi uchun o‘ch olish fursati edi. Ammo, Xonqali bratning qizi unday qilmadi.

Shunday qilib, “Minor”  guruhi X Factor ni tark etdi.  Shunday qilib, loyihada besh ashulachi qoldi.

Lola Yo‘ldosheva komandasidagi Hayriniso X Factor favoriti sifatida ko‘rilmoqda.

Shuningdek, “svistok” ovozli Shoxruxxon Halimxonov ko‘p ovoz to‘plaganlar orasida bo‘ldi. Maykl Jekson qo‘shig‘iga ham u “svistok” ovozini kanda qilmadi.

Hakamlar generali Ravshan Komilov, svistokka o‘z e'tirozini bildirdi. Uning ijrosini tanqid qilgan shlyapalik hakam ham e'tiroz bildirib «Maykl Jekson go‘ridan tikka turdi» dedi. Lekin yigitni va uning xushtagini Lola va Jasmin astoydil himoya qilishdi.   

Xorazmlik Javlon Sapaev ham favoritlar qatorida.

Lola Yo‘ldosheva tomirida xorazmlik qoni oqishini aytar ekan kelasi jonli efirda  Javlon Sapaevdan “Changak Lazgisi”ni kutishini aytdi.

Javlon ham, “gap yo‘q sestra, man Jahongir Otajonovning Changak Lazgisini aytsam, siz o‘ynasangiz bo‘ldi” dedi.

X Factor da qolgan yana ikki ashulachi Ulug‘bek Xafizov va Muhammad Ali.

Shou favoritlaridan biri Ulug‘bek Xafizov chiqishidan avval Jasmin uning onasiga yozgan maktubini o‘qib berib yana qovun tushurganday bo‘ldi. Ulug‘bek esa onasining portretini ko‘tarib chiqib navbatdagi qo‘shig‘ini ko‘zyoshlar bilan ijro qildi.  Har holda bu shou prodyusseri shlyapalik Ibrohimning e'tiroziga ko‘ra, bu muhlislarning his tuyg‘ulari bilan o‘ynashishga o‘xshash taqiqlangan usuldir.

Lekin bu fikr qolgan hakamlarning Ulug‘bek Hafizovni qo‘llashiga halaqit bermadi. Shouning shafqatsizligi bilan nom qozongan shlyapalik hakami Muhammad Alining jozibali versal fonidagi Gangam stayl qo‘shig‘i ijrosini ham  er bilan bir qildi.

Navbatdagi qo‘shiqchi Hayriniso Akbarova. O‘sha jozibali ovozi bilan hammani o‘ziga maftun qilgan Lolaning so‘nggi favoriti bu gal uzun sochlarini o‘rim qilib, oq bantiklar taqib, ozarbayjoncha qo‘shiq ijro qildi.

Shou hakami Ravshan Komilov ko‘pincha Yevropacha qo‘shiqlar kuylaydigan xonandalar sharqona qo‘shiqni eplayolmasligini pisanda qilib, shouda qolgan yagona ayol ishtirokchi Hayriniso Akbarovaning esa har qanday yo‘nalishdagi qo‘shiqlarni kuylashga qodir professional xonanda ekanligini e'tirof etdi.

Shou yakunida hayot uchun Minor bilan bellashgan Muhammad Ali italyancha “Bella Chao” qo‘shig‘ini kuylab muhlislar ishonchini yana bir bor qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Demak, the show must go on, ya'ni tomosha davom etadi. Eltuz kanalini kuzatib boring. Kanalimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
3 iyul 2018
Toshkent tumain hokimligi kafolati bilan Turkiyadan qaytgach, 26 iyunda hibsga olingan yirik tadbirkorlar Obid va Olim Bahromovlar Davlat xavfsizlik ...
19 yanvar 2023
Eltuzga hajviya yozib berishim kerak. Ilxom parisi kemayapti. Sovuq bo‘lgani uchun qamotlari to‘ngib qolgan bo‘lsa kerak. Issiq guppini ustidan ...
4 sentyabr 2023
2024 yil 1 yanvardan hisoblagichlarsiz yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Rassom Tuz
30 yanvar 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...