Indorama shikoyatchilarining og‘zini yopmoqda
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida Indorama Agro xorijiy kompaniyasiga 70 million dollar kredit ajratgan Yevropa tarraqiyot banki ustidan kompaniya ishchilari shikoyat qilgani haqida Eltuz avvalroq xabar bergan edi.
Indorama Agro o‘zini O‘zbekistondagi eng yirik paxta fermer xo‘jaligi deb aytayotgan xorijiy shirkat. O‘tgan yili sentyabr oyida yuborilgan shikoyatda ishchilar Indorama shirkati mehnat huquqlarini buzganlikda, fermerlarga paxta uchun kam to‘lagani va bu to‘lovni ham kechiktirib to‘laganlikda ayblagan.
Shu kunlarda, Yevropa tarraqiyot bankining maxsus bo‘limi bu shikoyatni ko‘rib chiqayotganida Eltuz Indorama xodimlari bosim va tahdidlarga duchor bo‘layotganidan xabar topdi. Fermer va ishchilardan jurnalistlarga yozmasliklari, shikoyatlarini qilmasliklari, ya'ni vaziyatga ko‘nikib chidashlari talab qilindi.
O‘z fuqarolariga o‘z huquqlarini tiklashga yordam berish o‘rniga, joxil DXX xodimlari, aftidan, ularning vazifasi xorijiy kompaniyalarni himoya qilish deb ishonishadi.
Endilikda ishchilar va fermerlar Indorama va hukumat amaldorlari tomonidan ularga qarshi o‘ch olgani uchun ochiq gapirishdan qo‘rqishadi. Shu tariqa Indorama ishchilari o‘z yurtida o‘z muammolari haqida tashqi dunyoga xabar berishga qo‘rqadilar va qo‘rqitilmoqda.
Voqea tarixi
2018 yili O‘zbekiston hukumati Indorama Agro kompaniyasiga Sirdaryo va Qashqadaryoda 50 ming gektar yer ajratdi.
Bu yer fermer va dehqonlardan tortib olingan. Tomorqasidan, demak, ro‘zg‘oridan ayrilgan dehqonlar ish bilan ta'minlanishi, deb va'da qilingan, biroq va'dalar bajarilmagan. Ko‘pchilik ro‘zg‘or tebratish vositasi bo‘lgan yersiz qoldirilgan.
Mana masalan, Nishon tumanidan Alisher Gulmatov yaqinda Indoramaga berib yuborilgan yerda mol boqqani uchun 5 million so‘m jarima to‘lashga majbur bo‘ldi.
Xammasi ishsiz, bekorchi. Bir necha yil oldin Alisher muvaffaqiyatli fermer edi, lekin hozir u yersiz qanday yashashni bilmaydi.
Bunday misollar juda ko‘p. Bu holatda Eltuz, mutlaqo ishchilar tarafida bo‘lgani uchun Indorama ishchilari va fermerlaridan u yerda nimalar bo‘layotganini ko‘proq bilishni xohlaydi.
Siz biz bilan baham ko‘rgan Indorama Agro tomonidan haq huquqlaringiz buzilishiga oid ma'lumotlarni ushbu kanalda e'lon qilamiz va sizni bu kompaniya va hukumat amaldorlari tomonidan keyingi bosimlardan himoya qilish uchun shaxsingiz oshkor qilinmasligiga kafolat beramiz. Indorama o‘zini jazolanmaydigan imtiyoz sohibi kabi tutmoqda va bu kompaniyaga millionlab mablag‘ ajratayotgan Yevropa Tarraqqiyot Banki bunga e'tibor qaratishi kerak.
Keling, ular haqiqatan ham nima bo‘layotganini eshitishlariga, Indorama va Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Bankini javobgarlikka tortishlariga ishonch hosil qilaylik!
Qashqadaryo va Sirdaryodagi (Nishon, Kasbi, Sardoba va Oqoltin) tumanlaridagi do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan bog‘lanishni va ushbu xabarni baham ko‘rishni unutmang. Haq olinur va lekin berilmas! O‘z yeringiz va huquqingizni himoya qiling!