Asosiy mavzular
15 mart 2024

Pardasi yirtilgan Buxoro

RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.

MS:  Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oynikala. Buxoroda novvi bo‘ldi og‘o?

RT: Buxoroning YuNYeSKO himoyasidagi bufer zonasida arxitektura obidasini hukumat nazoratini qo‘lga olgan yovvoyi varvar buzib boshladi!!!

Bu qonun va xalqaro kelishuvlarga zid. O‘zbekiston davlati qurilgan va unga ilk poytaxt bo‘lgan Buxoroni buzish – vatanga xoinlik va sotqinlikdir.

Bosh vazir Abdulla Nig‘matovich bu masalada javob bersin yoki iste'foga ketsin!!!

Buxoroni buzayotgan jinoyatchi guruh qamoqqa olinsin!!!!

Shavkat Miromonovich bu o‘ta jiddiy va millat sha'ni bilan bog‘liq masala ekanini tushunib, bu xolatni nazoratga oling!!!

Xiva Ichan qal'ada mehmonxona qurib, Buxoroni buzib, Shaxrisabzni vayron qilish nafaqat qonunga zid ekani, balki davlat ustunlariga qarshi diversiyadir!!!

MS: Qorsildop uchib, gursilday singoylar. O‘lganinda bo‘yi bo‘yrog‘o yetmasin. Diri voxtindo go‘rgani xo‘rliq, yegani toyoq bo‘lsin. Bolo chog‘osini o‘lisini go‘rsin Buxoroni bzg‘onlo.

RT: Matchonboy qara. Tasavvur qil, 50 yildan keyingi Buxoro. Gid turistlarga tushuntirmoqda. «Bu yerdagi tarixiy binolar Mirziyov davrida yo‘q qilingan. Ko‘rib turganingiz esa feyk». Shu istiqbol kerakmi bizga? Ë kelajak avlodlar bizni kechiradi deb o‘ylaysanmi?

MS: Yo‘q. Gechirmiydi. Sodaqatda vafoli bo‘l, bevaponi gechirmaslar. Dayravarsin Oshiq Erkin og‘o yozvadi bi sherni. Xozirqi baxtiqorolo bilmidi mindinchiki gaplani…

O‘zbekiston baxtsizlar mamlakati emas

Mana bitta erkak metro yonida qip yalang‘och yuribdi u baxtiyorligidan shu ishni qildi.

Rasmiy ma'lumot:

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro yalang‘och holatda yurganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Joriy yilning 10 mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 02.00 larda 1977 yilda tug‘ilgan A.A. Chilonzor tumani 16-mavzeda mast holatda bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yalang‘och holatda yurgan.

Ushbu shaxsga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Rassom Tuzdan ertak

BAXTLI ODAM HAQIDAGI ERTAK

Qadim zamonda bir podshohning bolasi tuzalmas kasalga chalinibdi.

Tabiblar bolaning dardiga uzoq vaqt darmon topa olishmabdi.

Alal-oqibat bir tabib “Bu bola baxtli odamning choponini kiysagina tuzaladi”, deb diagnoz qo‘yibdi.

Shotirlar butun mamlakatni kezib, bitta ham baxtli odam topa olmagach, podshohning o‘zi oddiy kiyinib, ko‘chama-ko‘cha keza boshlabdi.

Podshoh yurib-yurib, shahar chekkasidagi qiyshayib turgan bir vayrona uy oldiga borib qolibdi. Ichkaridan “Voy qanday baxtiyorman”, degan sas kelibdi.

Podshoh saroyiga qaytib, vayrona uyga shotirlarini yuborib,”tez o‘sha baxtiyor kishining kiyimini keltiring” deb buyuribdi.

Shotirlar borib vayrona ichiga kirishsa, baxtiyor odamning choponi yo‘q ekan. Qip yalang‘och ekan baxtli odam.

Ana shunaqa. O‘zbekiston baxtiyorlar o‘lkasi.

MS: Og‘o, yaqinda bir shoyi ishtonli doyi chiqib, o‘zbek qizlorini selkasi haqqinda so‘lladi. Mo‘chchi tyolka, qoni selka, dap.

«Voy dod o‘zbek selkasini sotmaydur! Bokiralik o‘zbek  uchun  muqaddas» deb baqirmoqda mardum. Xo‘p ishondim. Lekin birgina 11 martning o‘zida to‘rtta o‘zbek qiz o‘z bakoratini kim oshdi savdosiga qo‘ygani faktku. Faktlar doim his hayajonu bemaza stereotiplarni chippakka chiqarib kelgan.

Mavzuni boshlab, tarixchi va uni mehmon qilgan  podkasdchi qizlarni  sazoyi qilgan sizlar¸ endi bag‘iga ham chidaysizlar. Fakt har xolda o‘jar maxluq. Butun bir Ozarbayjondan bor yo‘g‘i ikki qiz bir yilda selkasini savdoga qo‘ygan paytda, har kuni to‘rt o‘zbek qizligini sotuvga qo‘ymoqda. Yuzlab o‘zbek qizlari.

MS: Og‘o siza na. Sham vuniki G‘om uniki, Rom uniki. Atkan rozi, bargan rozi. Lyubaya biznes xorosha, Ina odomlo o‘yini g‘orloro kiraya barip, seksodrom ochib o‘tiribdi.

TOMOShA QIShLOG‘IDA O‘Z UYNI FOXIShAXONAGA AYLANTIRGAN FUQARO SUDLANDI

Yuz ming so‘m evaziga uyidagi hammomni seks uchun ijaraga bergan N.Sarimsoqov tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi. Moddiy manfaatni ko‘zlab, o‘z uyida yosh yigit-qizlarga jinsiy aloqa uchun sharoit yaratgan N.Sarimsoqov jinoiy javobgarlikka tortildi.

Guvoh J. Ilhomjonov 2024 yil 17-yanvar kuni soat 17 da IIB xodimlarini chaqirib Tomosha qishlog‘ilik fuqaro N. Sarimsoqov o‘z uyida foxishaxona tashkil qilganini xabar qildi. Yana bir fuqaro. V. Ismoilov shu masalada qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, IIBga ariza yozdi, shu arizaga javoban IIB xodimlari V. Ismoilovga yuz ming so‘m miqdorida maxsus kupyuralarni berdi va tezkor tadbirda ishtirok etishini so‘radi.

Tezkor tadbir davomida V. Ismoilov o‘z tanishi D. Boltaboevani Tomosha qishlog‘ida yashovchi fuqaro N. Sarimsoqov uyiga olib bordi va unga “dam olish uchun” kelganini aytib, maxsus kupyuralarda yuz ming so‘m berdi. Arizachi IIB xodimlariga ishora berganida, ular holis guvohlar ko‘z o‘ngida xonadonga kirib keldi. IIB xodimlari N. Sarimsoqov cho‘ntagidan topilgan maxsus kupyuralarni ashyoviy dalil deb bayonnomada rasmiylashtirdi.

Eltuz qo‘lidagi hujjatlarga ko‘ra, tintuv davomida fuqaro N. Sarimsoqov bu faoliyat bilan doimiy shug‘ullanib kelgani aniqlanmagan, xonadon foxishaxona uchun maxsus jihozlangani haqida dalillar mavjud emas. Shu sabablarga ko‘ra, Sud jazo hukmini yengillashtirdi.

Sarimsoqov Nozimjon JKning 131-moddasi, 1-qismidagi jinoyatlarda aybdor deb topildi. Ish xaqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish va ikki yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

MATChON SUQILISh: Hurmatli fuqarolar, oliy ma'lumotli Tomoshalik N. Sarimsoqovga o‘xshab uyingizda seks priton ochmang, zako‘nniy jazolanasiz. Qishloq bedarvoza emas. Navoiy  doyi novvi davadi

Jingl

Karimov davridagi musappo osmon TVda «don dan dan daram daram» degan musiqa fonida qanaqa zo‘r yashaganimiz haqida slayd shou bo‘lgich edi. Ashi «don dan» musiqani yozgan kompozitor Sultonali uysiz qolib ko‘prikning tagida bomj bo‘p yashab yurgan ekan. Ashi kishiga hukumat tekn eshik oberadigan bo‘pti.

MS: Og‘o inobi xotni o‘qing. Vu Sultonalini o‘zi vinovatmish

«Rassom Tuz og‘a salom. Men xam siz aytmoqchi madvazirlik tizimida ishlayman. Olis tumanda. Lekin oyligimiz oz. Bugun siz yozganingizni o‘qidim. Bastakor Sulton Aliga Madaniyat vazirligi uy ajratib beribdi tekinga. Lekin Sulton Ali aka oldin ham davlatdan uy olgan. Uyini qimorga tikib yuborgan. Qimorga uyini yutqazgan odamga davlat uy beraveradimi? Professional musiqa saviyasidan qaralsa, Sulton Ali yozgan musiqa xavaskorlik darajasida. Xozir suniy intelekt bunaqa musiqani tekinga yozib beradi shessekundda».

Ham g‘ar, ham peshgar yoki itdan bo‘lgan qurbonlikka yaramas..

12 mart kuni Chilonzordagi 200-maktab direktori va inspektor-psixologi surunkali ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilardan birining otasi  M.E.ni  suhbatga chaqirtirdi.

Suriya terrorchilari kiyadigan oq do‘ppi kiyib ishid soqol qo‘ygan rijolbashara ota keldi ichi nafratga to‘lib.

Suhbatda M.E.ga farzandining ikkichi ekani, darsga kelmasligi va zo‘ravon so‘kong‘ich ekani aytildi. 

Ota esa o‘g‘lining hatti-harakatlaridan jahli chiqib, maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda ishlash o‘rniga aksincha ularga aybni ag‘darib, janjal ko‘tarib, direktorga xujum qildi, psixologni so‘kib, maktab mebellarini sindirib boshladi.

«Tashvish» xabari asosida soat 10:17 atrofida yetib kelgan tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari bu bezori otani esini joyiga keltirib qo‘ydi.

Molpodaga aylangan biologik massa maktab nima, ustoz nimayu, tartib qoida nimaligini davno unutib qo‘ygan.

Shu bois maktabdagi o‘qituuvchilar tish tirnog‘igacha qurollanishi davr taqozosi.

Tug‘ma ovsar blogerlar «maktabda Milliy Gvardiyaga nima bor» deb varning ko‘tarishuvdi. Mana nima uchun kerak miltiqli odamlar.

MS: Maktab dushmanlarini zambarakdan otib, yer tishlatish garak. Chunki ula do‘latog‘oni galajagini xatar ostina qo‘yadi.

Dehqonobodlik tujjorlar tuman hokimining «zarba»sidan ontarilib tushdi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida faoliyat olib boradigan do‘konchi va tadbirkorlar yangi hokim buyrug‘i bilan peshtaxtalari olib tashlanganidan shikoyat qilishdi.

Ular jo‘natgan rasmlarda reklama va do‘kon nomi yozilgan bilbordlar demontaj qilinganini ko‘rish mumkin.

Tuman hokimligidan Eltuzga ma'lum qilishlaricha¸ «Peshlavhalar demontaji 776 sonli reklama qonunining oltinchi  moddasi va 1050 sonli hukumat qarori asosida o‘tkazilgan»

Bu qaror va qonunga ko‘ra reklama va peshlavhalar lotin yozuvida yozilishi, elektr tizimi va yo‘l transport harakatiga halaqit qilmasligi kerak.

Tuman hokimligi vakilining Eltuzga aytishicha, tadbirkorlar yuqori voltli tok o‘tgan simyog‘ochlarga reklama shitlarini osib tashashgan.

«Bu esa birinchidan qonunga zid, ikkinchidan hayot uchun xavfli. Shu bilan birga yo‘l kommunikatsiyasi bilan bog‘liq konstruktsiyalar va gaz trubalariga ham reklama ilish mumkin emas.  M39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasiga o‘zboshimcha o‘rnatilgan va IIV predpisaniyasiga ko‘ra mumkin bo‘lmagan reklama shitlari olib tashlandi.»

MS: Shuni tushuntirish yo‘li bilan qilsa bo‘ladiqu. Milisacha qarsillatib qilmasdan.

Demontaj bo‘ldi  riklom

Buni yozdi G‘opir G‘ulom

uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.  MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? ...
18 aprel 2020
Avrangzeb (toj bezagi) deya tarixga kirgan Abul Muzaffar Muhiddin Muhammad Olamgir (1618—1707) Hindistonda Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi deya atalgan davlatning ...
20 dekabr 2018
«Bojalar» guruhi solisti Jahongir Poziljonov 18 dekabr kuni siyqasi chiqqan «digidon-digidon» qolipidagi «Selfi» deb atalgan yangi klipini tarmoqqa qo‘ydi. ...
24 iyun 2019
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi faol, 2-guruh nogironi, 43 yashar Dildora Boymurodova norozilik namoyishiga chiqish haqidagi bildirgisiga viloyat hokimligidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...