Abdurahim Po‘lat. Siyosat matematigi 1945-2024
O‘zbek tili va elining erkin bo‘lishi uchun kurashgan, umrining so‘ngiga qadar demokratiyaning O‘zbekiston uchun eng ma'qul tizim ekanini aytib kelgan matematik olim Abdurahim Po‘latov 78 yoshida AQShda o‘ldi.
O‘lim munosabati bilan ta'ziya yoziladi. Agar o‘lgan kishi pablik persona bo‘lsa uning siyosiy hayoti taxlil qilinadi.
1989 yili Ëzuvchilar soyuzining ikkinchi qavatidagi o‘z kabinetida Abdurahim Po‘latovni tanishtirish asnosida Solih aka bir gapni aytgan edi.
«Biz yozuvchi shoirlar hissiyot odamlarimiz, olimlar, ayniqsa matematik olimlar o‘z fikrida aniq raqamlarga suyanadi. Safimizda ularning bo‘lishi mutlaqo zarur»
Aynan shunday bo‘lmasa ham shu ma'noda gapirdi. U davrda (xozir ham) Muhammad Solihning fikri juda tosh bosardi.
Oradan bir necha oy o‘tib Urganchda Islom Karimov bilan uchrashdik. Endigina konfirqalikka Moskva tayinlagan Karimov korteji oldini to‘sib plakat ko‘tarib turgandik. Islom Abdug‘anievichning o‘zi moshinadan tushib biz bilan gapladi. U asosan men mening akam Shuhrat Bobojon bilan suhbatlashdi. O‘shanda Karimov Abdurahim Po‘latov haqida negativ fikr aytdi.
«Andijondagi mitingda o‘rislarni oyog‘idan osaman deb aytibdi. Bundaylardan uzoq turinglar» degan edi Karimov.
Bu suhbat yozda bo‘lgandi. Kuzga borib Karimov «Birlik»chilarga yon bosib «Ësh Leninchi» gazetasida ustavini chop qilishga izn berdi.
Faqat bitta shart bilan.
Ustavda «O‘zbekistonning o‘z bayrog‘i bo‘lsin» degan jumla olib tashlanishi lozim edi.
MK hay'ati, (ya'ni Solih aka, Ahmad A'zam va boshqalar) kurash murosali bo‘lishi nuqtai nazaridan bu shartga rozi bo‘lishdi. Abdurahim Po‘latov esa rozi bo‘lmadi.
Shu asosda Birlik darz ketdi.
Bo‘linish qurultoyida Mirzo Kenjabekning «Po‘latovga qarshi sovet uslubidagi kamsituvchi va'zi bu bo‘linishni tezlashtirib yubordi.
(Mirzo Kenjabek Abdurahim Po‘latov kolxozchilarni kamsitdi deb tirnoq ostidan kir qidirgandi)
Keyin xuddi maqoldagidek «ayrilganni ayiq¸ bo‘linganni bo‘ri yedi»
Qudratli muxlofat zaiflashdi….
Po‘latovning o‘lim xabarini yoyinlaganimizda ko‘pchilik u kishi haqida umuman bilmasligi o‘rtaga chiqdi.
Shu bois marxum haqidagi bilgini taqdim qilsam.
Abdurahim Qayumovich Po‘latov 1945 yilning 7 noyabrida Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Millati o‘zbek.
1962 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Moskva energetika institutiga o‘qishga kirdi.
Institutni 1968 yilda qizil diplom bilan tugatdi.
Po‘latov SSSR Fanlar Akademiyasining kibernetika markazi aspiranturasiga o‘qishga kirdi.
1973 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib ayni sohadagi eng yosh olim bo‘ldi.
1973-1991 yillarda Respublika Fanlar Akademiyasining kibernetika institutida ishladi.
Abdrahim aka kichik tadqiqotchidan laboratoriya boshlig‘igacha ko‘tarildi.
Po‘latov 1980 yilda Sovet Ittifoqining asosiy mafkurasi bo‘llgan Kommunistik partiya safiga qabul qilindi.
Taraqiyotning bugungi darajasidan turib, Abdurahim Po‘latovning o‘z davridan ilgarilib ketgan olim bo‘lganini e'tirof qilish kerak.
Abdurahim Po‘latov 1984 yilda robototexnika va sun'iy intellektni yaratish muammolari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
O‘sha davrda sovet olimlari (masalan A. Saxarov) kreml siyosati tanqidchilariga aylanishgan edi.
1989-1990 yillardagi saylov kampaniyalarida Abdurahim Po‘latov O‘zbekiston va SSSR Xalq Kengashi deputatligiga nomzodini qo‘yishga harakat qildi.
Ammo SSSR tepasiga Gorbachev kabi erksevar kelgan bo‘lsa ham O‘zbekistonning aksar aholisi va rahbariy nomenklatura zanjirlarni sevadigan qultabiatligicha qotib qolgan edi. (Abdurahim Po‘latov ta'birida ular qoramol podasi edi)
Po‘latov 1988 yil bahoridan boshlab jamoatchilik faoliyati bilan shug‘ullanadi: avval Orolni qutqarish qo‘mitasi a'zosi, keyin 1988 yil noyabr oyida Birlik harakatini tashkil etish tashabbus guruhiga a'zo bo‘ldi.
1989 yilning 28 mayida bo‘lgan ta'sis qurultoyida O‘zbekiston «Birlik» Xalq harakati raisi, 1990 yil May oyida esa uning hamraislaridan biri yetib saylandi.
1990 yil iyun oyida Pulatov tashabbusi bilan Birlik partiyasi tuzildi. Po‘latov uning raisi etib saylanadi.
1992 yil yozida Abdurahim Po‘latov va Birlik faoli Miralim Adilov ko‘chada kaltaklab ketildi.
Pulatov reanimatsiyada tushdi.
1992 yil 18 iyul kuni SNB zobitlari vrachlarga bosim qilib uni kasalxonadan chiqarib yubordi. U Turkiyaga borib davolanib yana qaytib kelib kurashni davom ettirdi.
Hokimiyat Pulatovni Birlik rahbariyatidan olib tashlashga harakat qildi.
1992 Yil Dekabrda hokimiyat bosimi ostida Pulatov O‘zbekistonni vaqtincha tark etdi.
U bir muddat Bokuda yashadi, keyin Istanbulga ko‘chib o‘tdi.
Po‘latov Turkiyada 6 yil yashadi.
1996 yilda Shukrillo Mirsaidov va Muxammad Solih O‘zbek muxolifatining Muvofiqlashtiruvchi Kengashini tuzish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolaganda Abdurahim Po‘latov bunga qo‘shilmadi.
1998 yilda u akasi matematik olim Abdumannop Po‘latov bilan birga yashash uchun AQSh ga ko‘chib o‘tdi.
Abdurahim Po‘latovning kurashga to‘la hayotida esh bo‘lgan xotini paxta tolasi bo‘yicha mutaxassis. Abdurahim Po‘latovning ortida kkki farzandi, nabiralari va kurashga to‘la hayoti qoldi.
Abdurahim Po‘lat erkinlikning mazmuni faol kurash ekanini anglagan va millatga demokratik tuzum zarurligini uqtirishdan charchamagan siyosatchi o‘laroq yashab o‘tdi.
U O‘zbekiston fani va siyosatiga katta xissa qo‘shgan shaxs o‘laroq tarixda qoldi.