Asosiy mavzular
26 avgust 2024

Moskovskiy o‘ldi. Toshkentda portlash. Sanktsiyalar – 600’65

Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar, Tolibon hukumati musiqa va zamonaviy madaniyatga qarshi. Toshkentning shprits zavodida portlash sodir bo‘ldi. Jinoiy avtoritet Husan Moskovskiy o‘ldi va bu 600 SEKUND

+++

Afg‘onistonda shariat tuzumi tobora mustahkamlanmoqda. Tolibonlar 21 mingdan ortiq musiqiy asboblarni yoqib yuborishdi. Deyarli 300 nafar politsiyachi erkaklar soqol o‘stirishdan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Bundan tashqari minglab sotuvchilarga axloqsiz hisoblangan g‘arb filmlarini sotish taqiqlandi. Mamlakatda yangi shariat qoidalari kuchga kirdi: Unga ko‘ra Ayollar jamoat joylarida yuzlarini ochadigan kiyim kiyishlari mumkin emas. Ular omma oldida gapirishmaydi. O‘zlariga aloqasi yo‘q erkaklarga qaramaydilar. Erkaklar o‘zlari bilan aloqasi bo‘lmagan ayollarga qarashmaydi. OAVda tirik mavjudotlarning suratlari va fotosuratlaridan foydalanilmaydi. Ayollar yolg‘iz sayohat qilmaydi. Namoz vaqtida transport vositalari to‘xtab, haydovchi va yo‘lovchilar namoz o‘qiydi. Qoidalarga rioya qilmaganlar sud qarorisiz hibsga olinishi mumkin.

+++

Rossiya sanktsiyalarni chetlab o‘tib raketalar uchun Amerika mikrosxemalarini sotib olishda davom etmoqda. AQShning Intel va AMD kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan ushbu mikrosxemalar raketa navigatsiyasi, dronlar, internet kontentini filtrlash va shaxsni identifikatsiya qilish uchun kerak. Ushbu maxsulotlarni Rossiyaga eksport qilinishi 2020 yildan boshlab taqiqlangan. Rossiya bu embargoni uchinchi davlatlar, jumladan O‘zbekiston va u yerdagi vositachi shirkatlar ko‘magida buzib kelmoqda.

+++

AQSh Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab quvvatlovchi shaxslar va kompaniyalarga qarshi yangi sanktsiyalar paketini e'lon qildi. Sanktsiyaga tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning umumiy soni 400 nafar shaxsni tashkil etmoqda. Rossiya harbiy zahirasini to‘ldirishga xizmat qilib, harbiy qurol-yarog‘, uskunalar sotib olishda vositachi bo‘lganlar, shuningdek, Rossiya oligarxlariga turli sanktsiyalarni aylanib o‘tishda ko‘maklashgan shaxslar hamda, kompaniyalar yangi cheklovlar ro‘yxatiga tushgan.

+++

Ukraina vatandoshi bo‘lgan Aleksandr Usik prezident Vladimir Zelenskiyga o‘zining chempionlik kamarini sovg‘a qildi. Kamar WBC bo‘yicha og‘ir vazn kategoriyasidagi jahon chempioni bo‘lgan sportchilarga beriladi. Aleksandr Usik chempionlik kamarini 2018 yilda qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng, ukrainalik sportchi og‘ir vazndagi mutlaq chempion Tayson Fyuri bilan ringga tushib ushbu kamarni qayta yutib olgan edi.

+++

Ukrainada ishlab chiqarilgan yana bir harbiy qurol sinovdan o‘tdi. Reaktiv dron-raketa uzoq masofaga zarbalar uchun effektiv vosita bo‘lishi ta'kidlanmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra ushbu qurilma Ukraina mudofaa texnikasidagi evolyutsiyalardan biri bo‘ldi.

+++

 Chexiya Ukrainaga yetkazib beriladigan snaryadlarni sotib olish uchun sarflangan mablag‘ manbasini ochiqladi. Gap Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan pullari haqida ketmoqda. Chexiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Bu mablag‘dan Ukrainaga juda zarur bo‘lgan yirik kalibrli o‘q-dorilarni yetkazib berishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Bu Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2022 yil fevralida muzlatilgan mablag‘laridir”, deya tasdiqladi vazirlik manbasi.

+++

88 yoshida o‘lgan mashhur frantsuz aktyori Alen Delon o‘z vasiyatiga binoan itlari qabri yoniga dafn qilindi. Aktyor 2019 yilda insult bo‘lgach, unda Altsgeymer kasali rivojlana boshlagan edi. Shundan keyin u shveytsariya nashrlaridan biriga intervyu berar ekan evtanaziya haqida o‘ylab boshlaganini bildirgan edi.

+++

Telegram asoschisi 39 yashar Pavel Durov Parijda hibsga olindi. U o‘z shaxsiy uchog‘ida Ozarboyjondan Parijga uchib kelganida. Uchoq trapida uni Frantsuz xavfsizlik xizmati xodimlari qarshi oldi. Ularning qo‘lida Durovni qamoqqa olish bo‘yicha order bor edi. Ushbu order Pavel Durovning Parijga uchib kelishi jarayonida chiqarilgan. Durov Frantsiya prezidenti Makron yozishmalari va suhbatlarini maxfiy tarzda yozib olganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari Durov kreml foydasiga josuslik, bolalar pornografiyasi, terrorizm, kripto yordamida pul yuvish kabi o‘nlab jinoyalarda ham gumonlanmoqda. Durovning qo‘liga kishan solib aeroport qamog‘iga olib kirishdi. Agar bu ayblar sudda tasdig‘ini topsa Durov 20 yilga qamalishi mumkin. Frantsiya Durovga qarshi jinoiy ishdan telegram tarmog‘ini kuchsizlantirishda foydalanishi mumkin. Uzoq yillardan beri Telegram uyushgan jinoyatchilar uchun eng xavfsiz tarmoqqa aylandim, deya ta'kidladi tergovchi. Hozir Frantsiya hukumati Yevropa Ittifoqini bu masalaga jalb qilishga urinmoqda.

+++

Rossiyaning Volgograddagi qamoqxonacida terrorizmda ayblanib jazo o‘tayotgan salafiy hamda vahobiy aristonlarning qamoqxona xodimlarini qo‘lga olib, qo‘yday so‘yib tashayotgani aks etkan video tarmoqda tarqaldi. Ikki terrorchi tojik millatidan, yana ikkitasi o‘zbek ekani ma'lum bo‘ldi. — Ramzidin Toshev, 28 yoshda, O‘zbekistonlik. 2023 yil 25 oktyabrda narkotik moddalarni savdo qilishga urinish ayblovi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Rustamjon Navruz, 23 yoshda, Tojikistonlik. 2022 yil 23 iyunda narkotik moddalarni savdo qilishga urinish ayblovi bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (sudlangan). — Nazirchon Tonov, 28 yoshda, Tojikistonlik. Narkotik moddalarni savdo qilishga urinish ayblovi bilan 2023 yil 19 aprelda 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. — Temur Xusinov, 29 yoshda, O‘zbekistonlik. 2018 yil 9 noyabrda odamga qasddan og‘ir jarohat yetkazishda ayblanib  6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Qamoqxona qamali bir yarim soat atrofida davom etdi. Shundan so‘ng terrorchilarning barchasi Rossiya kuch ishlatar tizimi vakillari tomonidan yo‘q qilindi.

+++

Toshkent shahar Yangi hayot tumani Yangidarhon mahallasidagi shprits zavodida 24 avgust kuni taxminan soat 10:00 da portlash yuz berdi. Portlash natijasida yong‘in kelib chiqdi. Talofat ko‘lami ma'lum emas. Yong‘in bir necha soat davomida o‘chirilmadi.

+++

Urgutlik yakka tartibdagi tadbirkor Melikov Ismoil Norbek o‘g‘li qalbaki dori savdosida ayblandi. Sobiq farmatsevt navbatdagi qalbaki dori partiyasini sotib olayotganida tezkor tadbir doirasida qo‘lga tushdi. Jinoyatchiga tegishli arzonlashtirilgan namunali uydan 470 turdagi 20 ming dona hujjatsiz, qalbaki dori-darmon topildi. Melikov Ismoil sudda qalbaki dori vositalarini namanganlik Zubayr va Rizo ismli shaxslardan olganini aytgan. Jomboy tuman sudi Melikov Ismoil Norbek o‘g‘lini besh yil ozodlikdan mahrum qildi.

+++

Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova endi zo‘rovonlikka qarshi tatamiga chiqadi. Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

+++

Dushanba kuni yirik tadbirkor Husan Moskovskiy laqabi bilan mashhur Husan Ziyomuhammedov 68 yoshida vafot etdi. U 20 iyun kuni yurak xurujiga uchragan edi. Toshkentdagi shifokorlar yuragini operatsiya qilishgach, yuragi transplantatsiya qilish zarurligini aytganlar. Bu tavsiya ortidan Husan Ziyomuhammedov Janubiy Koreyaga olib ketilgandi. Husan Moskovskiy sobiq Sovet Ittifoqidagi yirik kriminal avtoritetlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatgani bilan tanilgan edi. Husan Moskovskiy janozasi seshanba kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

+++

Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 671 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
20 yanvar 2024
Salom qadrli muxlislar bugun 23 yanvar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Poytaxt viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 35 yoshli va ...
2 iyun 2020
«– Aka, yomon boqibeg‘amsiz-ey, nega shuni darhol aytmay, cho‘zib o‘tirdingiz? Eng yomoni, shunday ajoyib xabarni hech narsa yuz bermaganday, ...
20 iyun 2024
Keyingi kunlarda Eltuz tomonidan qo‘yilgan har bir materialga, o‘zini din himoyachisi deya hisoblovchilar nomidan haqoratli komentlar qo‘yilishi avj olgan. ...
25 mart 2016
«Jahon» axborot agentligining bir qancha mahalliy nashrlarda bosilgan xabarida Shanxay hamkorlik tashkiloti rasmiy saytida «O‘zbekiston iqtisodiyotidagi barqaror o‘sish tamoyili ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...