Asosiy mavzular
7 iyul 2016

Yevropada aholi turmushi pasayib, O‘zbekistonda yuksalayotgani haqida

«Hurriyat» gazetasi Ramazon hayiti munosabati bilan e'lon qilgan «E'tiqod erkinligining toza havosi» sarlavhali maqola yurtimiz mo‘min-musulmonlari hayit namozini ado etib, «Vatanimizning tinch-osoyishtaligi va obodligi, dasturxonlarimizning to‘kinligi-yu hayotimizning farovonligi uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytgani»ni ta'kidlash bilan boshlanadi.

Keyin esa, albatta, yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan «ma'naviy qadriyatlarimizning uzviy qismi bo‘lgan Ramazon va Qurbon hayitlari tiklanishi … istiqlol sharofati» ekanini uqtirish bilan davom etadi.

«Yaqin o‘tmishda sho‘ro zug‘umi tufayli e'tiqodidan mahrum etilgan ota-bobolarimiz hayit namozlarini pana-pastqamda, yashirinib o‘qigani» eslatilib, «xalqimiz bugungi istiqlol zamonida e'tiqod erkinligining toza havosidan nafas olayotganidan cheksiz faxr va g‘ururga to‘layotgani» uqtiriladi.

Maqolaning hamdu sano qismi yakunlangach, muallif yurtimiz qanchalik tinchu, dunyo qanchalik ostin-ustun bo‘lib yotganiga e'tibor qaratadi. Saudiyadagi Masjidi Nabaviya yaqinida va yana ikki shaharda kuni-kecha sodir etilgan terror harakatlari tilga olinadi.

«Turli mintaqalardagi qonli mojarolar, xalqaro terrorizm, ekstremizm tahdidi, jahon bo‘ylab davom etayotgan inqiroz har bir sog‘lom fikrli kishini mulohaza qilishga, aniqrog‘i, bugungi kunimizning, osoyishta hayotimizning qadriga yetishga undaydi», deyiladi maqolada.

Shundan so‘ng muallif «ayni paytda Yevropa mamlakatlarida aholining turmush sharoiti tobora pasayib, katta-katta korxona va kompaniyalarda ish o‘rinlari qisqartirilayotgani»dan fol ochadi va AQShda ishsiz darajasi 6 foiz, Yevropada esa 12 foizni tashkil etayotganidan tashvish bildiradi.

Maqolada bechora Yevropa salkam tanazzulga uchrayotgan bir paytda «yurtimizda tinchlik barqarorligi tufayli» yalpi ichki mahsulotimiz yiliga 8 foizdan o‘sib borayotgani, dunyo havas qiladigan yana allaqancha yutuqlarimiz borligi ta'kidlanadi.

Yuqoridagi hamdu sanoyu maqtovlarni, noo‘rin taqqoslashlarni o‘qigandan keyin parlari yal-yal tovlanib turgan tovusni ko‘rib hasaddan ichi kuygan tovuq: «Zato, bizning katakdagi xo‘roz hammanikidan zo‘r», deb o‘zini ovutgani to‘g‘risidagi latifanamo gaplar esga tushadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 may 2018
Eramizdan oldingi VI-V asrlarda yashab o‘tgan, «Dao De Tszin» asarini yozgan qadimgi xitoy faylasufi Lao Tszi so‘zlari 9 mayni ...
26 mart 2023
Magnitning bir tarafi o‘ziga tortsa yana bir qutbi jismni o‘zidan itaradi. Shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at ...
25 may 2020
Gulnora Karimovaning qizi va o‘g‘li o‘zbek tadbirkorlarini «amneziya» (unutish kasalligi)ga chalinganlikda ayblashdi. So‘nggi ikki haftada turli yillarda Gulnora Karimova ...
19 fevral 2024
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida Indorama Agro xorijiy kompaniyasiga 70 million dollar kredit ajratgan Yevropa tarraqiyot banki ustidan kompaniya ishchilari ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...