Asosiy mavzular
12 iyul 2016

“Taxtapul” odamlarni qiynavordi

Pensionerlarning pensiya puli ularning roziligi olinmasdan 100 foiz plastik kartochkaga o‘tkazib qo‘yilganligi keksalarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Ular zarur ehtiyojlarini qondirish uchun plastikdagi mablag‘ni naqd pulga aylantirish uchun erta tongda banklar eshigi oldida to‘planmoqdalar.

«Avval pensiyamizni 30 foizini plastikka o‘tkazishdi, – dedi bank oldida navbatda turgan otaxonlardan biri, – keyin esa 50 foiz naqd pul oladigan bo‘ldik».

Yangi 2016 yilning boshidan esa pensiyamizning hammasi “taxtapul”ga aylandi.

«Har oyda bankka kelib 30-50 ming so‘mgacha yechtirib ketayapmiz. Axir biror joyga boradigan bo‘lsak yo‘l kiroga naqd pul berishimiz kerak, bozordagi meva-sabzavotlarni ham plastikka ololmaymiz, sartaroshlar ham naqd pulga xizmat qiladi. Tumanimizdagi birorta sartaroshxonada terminal o‘rnatilmagan. Avtobus va “Damas”larda ham terminal yo‘q. Shuning uchun bamdod namozidan so‘ng kelib navbat olamiz» – deydi vodiylik jabrdiydalardan biri.

Plastikdagi mablag‘ni naqd pulga aylantirish uchun pensionerlardan tashqari nogiron turmush o‘rtog‘iga, farzandiga qarayotgan ayollar ham navbatda turishibdi.

Ularning ham dardi shu. Nogiron yaqinini do‘xtirga olib borish, ularga ba'zi dori-darmonlarni naqd pulda sotib olish, kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan narsalarni ko‘p qismini bozordan sotib olish uchun naqd pul zarur.

Farg‘ona viloyatida hatto nogironlar uchun beriladigan nafaqalar ham 100 foiz plastik kartochkaga tushiriladi.

Suratda: Farg‘ona viloyati tumanlarining biridagi “AGRO”bank binosi oldidagi naqd pul olish istagidagi odamlar.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 noyabr 2015
2015 yilning 8 – 9 iyulya Jenevada Inson huquqlari bo‘yicha BMT Qo‘mitasining kengashi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekistondagi vaziyat muhokama ...
24 noyabr 2021
«Eltuz» O‘zbekiston inson huquqlari forumi bilan hamkorlikda mehnat huquqlariga bag‘ishlangan turkum animatsiyalarini davom ettiradi. Turkumning o‘tgan sonlarida biz jamoa ...
9 yanvar 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham ...
4 yanvar 2017
Mirodil Jalolovning mahallasida yashaydigan jurnalistning aytishicha, Jalolov 4 yanvar kuni ertalab sud zalidan ozod etilgan va kechqurun Toshkent viloyatidagi ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...