ART-DURBIN
4 iyul 2022

Turkistonliklar qo‘zg‘oloni haqida unutilgan film

1916 yilning 25 iyunida Chor xukumati Turkistonning 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklarini «Mudofaa ishlariga» safarbar qilish uchun farmon chiqardi. Rossiya imperiyasi ishg‘oli ostidagi Turkiston tuproqlarida yarim milliondan ortiq erkaklar muntazam Rossiya armiyasi jabhalariga ketishi kerak edi.

Zabыtыĭ film kadrы iz filma 2
«Tong oldida» filmidan foto

Bu vaqtda Yevropada birinchi jahon urushi avjida edi.

Zabыtыĭ film kadrы iz filma
«Tong oldida» filmidan foto

Chor hukumatining safarbarlik haqidagi Farmoni Turkiston aholisi noroziligiga sabab bo‘ldi.

Erkaklar o‘zgalar urushida qatnashishdan bosh tortishdi. Ular safarbarlik ro‘yxatlarini yirtib tashlanishini talab qilishdi. Iyul oyiga borib xalq orasidagi norozilik kayfiyati ommaviy ko‘zg‘olonga aylandi. Bu voqea rus tarixiga «1916 yilgi Yettisuv qo‘zg‘oloni» deya kirdi. Avgust oxiriga borib Turkiston harbiy okrugida favqulloda xolat e'lon qilindi. Qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirildi.

Bundan yuz yil oldin sodir bo‘lgan qonli voqealar haqida chor davrida gapirish taqiqlangan edi. Sovet davrining ilk yillarida bu xakda gapirishga izn berildi. 1932 yilda uzbek kinorejisseri Sulaymon Xujaev «Tong oldidan» degan filmni suratga oldi. Film 1916 yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni haqida edi. Xo‘jaev 16-chi yil voqealarni milliy ozodlik harakati sifatida talqin qildi. Ayni paytda Xo‘jaev bu voqealarda Rossiyalik bolshevik inqilobchilarning hech qanday roli yo‘qligini filmda aks ettirdi.

Film yaratilgan bo‘lsa ham ekranlarga chiqarilmasdan tsenzura tokchasida qolib ketdi.

rasm1656
Sulaymon Xo‘jaev va uning o‘g‘li Hamid Sulaymonning portreti

1934 yil Sulaymon Xo‘jaev qamoqqa olindi. 1937 yilda «xalq dushmani» sifatida otib tashlandi. Taqdir hazili bilan Xo‘jaev o‘z filmidagi o‘zi o‘ynagan bosh qaxramon taqdirini takrorladi. Xo‘jaevga qarshi Sovet mahkamasi tarafidan «mavkuraviy umurtqaga ega bo‘lmagan» film yaratganlik aybi qo‘yildi. Shuningdek «mahkama» Xo‘jaevni Stalin va Kuybishev haqida salbiy fikr bildirishda aybladi.

Bugungi kunda Sulaymon Xo‘jaev unutilgan va o‘ta kam xolatlarda eslanadi. Afsus, Turkiston oydinlarining eng ilg‘or vakillari Stalin terrori paytida yo‘q qilinganini eslash bugungi iqtidor kun tartibida emas.

Akmal Rizaev,
toshkentlik muallifning tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2020
3 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Namozgoh mahallasida istiqomat qiluvchi 41 yoshli eri Ikrom Qayumovdan kaltak yegan 32 yoshli Nigora ...
28 mart 2021
Muzrabot mahkamasi sud qilayotgan termizlik 41 yoshli Otabek Sattoriy Mirziyov boshqaruvi davrda qamalgan ilk blogeridir. Sattoriyga qo‘yilgan ayblar jiddiy. Bu ...
25 aprel 2022
Eltuz pochtasiga kelgan navbatdagi videoda Toshkent-Xorazm yo‘nalishidagi Xalqaro ahamiyatga ega asosiy magistral yo‘lning 27 kilometridagi qazib tashlangan joylar aks ...
21 aprel 2023
1918 yilning 21 aprelida Rossiya va Sibir musulmon turklarining milliy madaniy muxtoriyatini e'lon qilgan Umumrossiya musulmonlari milliy majlisi Stalin ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...