Asosiy mavzular
31 avgust 2016

«O‘likning tabrigi-2»

Bugun 31 avgust kuni O‘zA axborot agentligi saytida paydo bo‘lgan, prezident Islom Karimov nomidan yo‘llangan tabrik allaqachon g‘oyib bo‘ldi.

rasm3010
31 avgust kuni paydo bo‘lgan tabrik skrinshoti

«Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi» deyiladi, soat 13.14 da paydo bo‘lgan, uni ko‘chirib bosgan va tezgina olib tashlangan «Darakchi» saytidagi tabrik matni tabrik indallosida.

Tabrikning to‘liq matni esa O‘zA axborot agentligi saytida ekanligi iqtibos qilinadi.

Ayni paytda prezidentning ahvoli hamon noma'lumligicha qolmoqda, boshsiz qolgan mamlakat hukumati o‘zining gilam osti harakatlari haqida xalqqa hech bir ma'lumot sizdirmayapti.

Biroq, yuqoridagi kabi holat kishini sergaklantiradi va beixtiyor salkam bir yil burun yangi yil arafasidagi g‘aroyib holatni esga soladi.

Prezident bayram tabriklarini o‘zi o‘qimasligi, uni boshqalar yozishi va tag‘in boshqalar o‘qib berishi ko‘pchilikka sir emas…

rasm674
Marhum O‘zTV diktori Abdumo‘min O‘tbosarov

2015 yil 31 dekabr kuni ham huddi shunday bo‘ldi, biroq tabrikni o‘qigan O‘zTV diktori Abdumo‘min O‘tbosarov, tabrik videotasviri efirga ketayotganida allaqachon o‘lib bo‘lgan edi.

Eltuz manbalariga ko‘ra, O‘tbosarov prezidentning tabrigini 30 dekabr kuni o‘qigan 31 dekabr kuni taxminan kunduzgi soat 11 larda kasalxonaga olib kelingan va o‘sha yerda infarktdan jon bergan.

Bor gap shu. “O‘likning tabrigi” degan jumlani ilk bora 1999 yili men Bosh muxarrir bo‘lgan Urganchdagi Ey El Si telekompaniyasi xodimi Nigora Abdullaevadan eshituvdim.

Reklama ishlariga bosh qosh bo‘lgan Nigora o‘sha kuni olamdan o‘tgan mahalliy deputat o‘limi haqidagi xabarni efir setkasiga joylashtirar ekan “O‘likning tabrigi” degan jumlani ishlatdi. Zotan efir setkasidagi “Tabriklar” degan joyga ilk bor ta'ziya e'loni qo‘yilayotgan edi.

Taqdirning hazili bilan, na o‘lik, na tirikligi aytilayotgan prezidentning navbatdagi tabrigi qisqa muddat bo‘lsada omma ko‘ziga chalindi va tezgina olib tashlandi, biroq undan bir skrinshot qoldi, shuni siz bilan baham ko‘ramiz.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 aprel 2017
9 aprel kuni ertalabdan, odamlar oqimi Drottningatan markaziga intila boshladi. U yerda yuz bergan terror hujumiga qarshi motam mitingi ...
9 iyul 2018
Kattaqo‘rg‘onda militsiya kapitanining ayol kishini qip yalong‘och qilgan holda tahqirlagani o‘zbek jamiyatida juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Karimberdi To‘ramurod ...
30 dekabr 2020
Xalq hukumatning isitish mavsumiga shu qadar sust tayyorgarlik ko‘rganidan g‘azabda. Rasmiylar esa bunga javoban vaziyat haqida xabar berishga urinayotganlarni ...
8 noyabr 2023
Boyovut Ichki ishlar idorasi boshlig‘i o‘rinbosari profilaktika inspektorini noinsof, iflos, eshshak, cho‘chqa deya haqorat qildi. Qadrli muhlislar bugun 8 noyabr ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...