Asosiy mavzular
9 oktyabr 2016

Urlaeva bilan Eshonqulova tag‘in ushlandi

9 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12.20 da Buxoro viloyatining Olot tumanida Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar ushlangan va Maloxat Eshonqulovaning eltuz.com muxbiriga bildirishicha ularni yarim tunga qadar TIIV bo‘limida olib o‘tirishgan.

«Bizni tungi 23.00 ga qadar olib o‘tirishdi va keyin O‘zlari keltirib Buxoro chegarasidan chiqarib, Navoiy GAI postidan kuzatuvchi hamrohligida tungi soat 1 larda mashinaga o‘tkazib yuborishdi», deya bildirdi bugun ertalab eltuz.com muxbiriga Maloxat Eshonqulova.

Eslatib o‘tamiz, yaqindan buyon «Qo‘rqmaslar» guruhini tamsil qiluvchi o‘zbek faollari Maloxat Eshonqulova va Yelena Urlaevalar ularni Buxoro viloyatining Olot tumaniga olib ketishgani haqida xabar berishga ulgurishgan edi.

Kun davomida Eltuz.com muxbirining ular bilan aloqa o‘rnatishga urishi samarasiz bo‘ldi.

So‘nggi bor aloqa o‘rnatishga uringan huquq himoyachisi Umida Niyozovaning bildirishicha, Yelenaning telefonini kimdir o‘chirmoqchi bo‘lgan, biroq u aksincha qo‘shilganicha qolgan va Umida Niyozova Huquq himoyachisi va militsiya o‘rtasidagi qisqa dialogni eshitishga muvaffaq bo‘lgan.

U Yelena Urlaevaning yana uzoq vaqt kutib o‘tiramizmi, degan so‘roviga militsiya xodimining «Boshliq kelsa o‘zi hal qiladi. Menga kutish buyurilgan» degan javobini eshitgan.

Terim mavsumida faollarning ushlanishi tendentsiyaga aylangan

rasm337
Militsiyaning o‘zbek faollariga qarshi sharmandali harakatlari rassom Tuz karikaturasiga mavzu bo‘lgan edi.

So‘nggi marta Yelena Urlaevani fotograf Temur Karpov bilan Toshkent viloyatining paxta dalasida ushlashgani haqida Eltuz.com 6 oktyabr kuni xabar bergan edi. Shu kuni ham Urlaeva va Karpov tuman militsiya bo‘limida ertalabdan kechgacha qolib ketishgan edi.

Taniqli Huquq himoyachisi Yelena Urlaeva va mustaqil jurnalist Maloxat Eshonqulovalar o‘tgan yili ham paxta terimidagi majburiy mehnat monitoringi o‘tkazishayotganida ham bir necha bor ushlanishgan.

Jumladan, xorazmlik militsionerlar Maloxat Eshonqulova va Yelena Urlaevalarni tahqirli tarzda tintuv qilishgandi.

Ularni ushlash sababi o‘quvchilar, talabalar va viloyatning turli muassasalari xodimlarini paxta terimiga majburlanayotgani haqida yiqqan axborotlari bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 iyun 2016
Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davrida tahlillar, qarashlar borasida sukut saqlab, go‘ng bo‘lib o‘tirgan O‘zbekiston matbuoti nihoyat turli arboblaru sharhlovchilarning ...
21 sentyabr 2021
O‘zbekiston mehnat qonunchiligi ko‘plab me'yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat. Bular qonunlar, hukumat qarorlari, nizomlar, yo‘riqnomalar va hokazolardir. Jamoa shartnomasi nima va ...
21 dekabr 2018
Qalin kurtkalar, quloqchinlar kiyib, smartfon yorug‘ida turgan bu odamlar – Namangan musiqali drama aktyorlari. «Eltuz»ga ushbu suratni jo‘natgan muxlisga ...
21 yanvar 2019
Facebook shirkati 17 yanvar kuni Kreml loyihasi bo‘lgan «Sputnik» nashri tashviqotiga xizmat qilgan tarmoqdagi yuzlab sahifalar va akkauntlarni o‘chirdi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...