Asosiy mavzular
12 yanvar 2017

Korruptsiyaga qarshi korruptsionerlar kurashadimi?

O‘zbekistonda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ortidan senator va deputatlarning bu hujjatga oid balandparvoz chiqishlari paydo bo‘la boshladi.

Xususan, «Xalq so‘zi» gazetasida (11.01) senator Gulchehra Sattorovaning shu mavzudagi maqolasida bu qonun «keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olingani» aytiladi.

Muallif so‘nggi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘lida bir qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinganini bildirar ekan, yangi qonun «ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan omillarni chuqur tahlil qilib» ishlab chiqilganini ta'kidlaydi.

Afsuski, maqolada nega mamlakatda 25 yildan buyon bunday qonun qabul qilinmagani, bu boradagi mavjud normativ hujjatlar nega ishlamaganiga to‘xtalib o‘tilmagan. Muallifdan buni kutishning o‘zi o‘likdan jon tilagandek bo‘ladi nazarimizda.

Lekin senator xonim aytganidek, yangi qonun «fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi»mi?

Hozircha bunday deyishga asos ko‘rinmayapti. Chunki marhum prezidentning qizi bilan bog‘liq korruptsion jarayonlarda ayblanayotgan shaxs bosh vazir, xuddi shunday jinoyatlari uchun 20 yilga shartli jazoga tortilgan kishi qurilish sohalariga mutasaddi, xullas, xalq mulkini o‘g‘irlashda ayblanib ko‘chaga uloqtirilgan sobiq amaldorlar yana hokimiyatga qaytarilayotgan bir paytda yana nima xulosa qilish mumkin?!

Bunday vaziyatda korruptsiyaga qarshi kurashish korruptsionerlarga yuklanyaptimi, degan haqli savol tug‘ilishi tabiiydir.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 sentyabr 2022
16 avgustda O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning 131 million dollar puli Shveytsariya hukumati bilan kelishuv doirasida “darhol” respublikaga qaytarilishini ...
21 sentyabr 2020
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. ...
1 oktyabr 2015
29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ...
11 may 2019
Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajabning uyiga 10 may kuni soat kechqurun 18.30 da o‘zlarini BIB xodimlari deb atagan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...