Asosiy mavzular
10 aprel 2017

UzLiDep tadbirlari «avvalgilarga o‘xshamas»mi?

«XXI asr» gazetasi (06.04) o‘z muassisi bo‘lmish partiya – O‘zLiDePning «avvalgilardan farqli tadbirlari endi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgani»ni bildirdi.

Bu «katta qiziqish»ga sabab sifatida «tadbirlar shakl va mazmun jihatdan tobora takomillashib, tom ma'nodagi ochiq muloqotlar, davra suhbatlari tusini olayotgani» ekani aytib o‘tiladi.

Biz so‘nggi vaqtlarda ko‘paygandan ko‘payib borayotgan, aslida xalqning og‘irini yengil qilish uchun emas, balki hisobot uchun o‘tkazilayotgandek taassurot uyg‘otayotgan bu tadbirlarni yoritish asnosida e'lon qilinayotgan ayrim raqamlarga e'tibor qaratishni ma'qul ko‘rdik.

Partiyaning Toshkent shahar kengashi o‘tkazgan davra suhbati haqida yozgan gazeta o‘tgan yili poytaxtda tashkil etilgan 7492 ta kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektidan 4285 tasi tugatilganini ma'lum qiladi.

E'tibor qiling-a, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiyot taraqqiyoti va jamiyat yangilanishining asosiy yo‘nalishi sifatida ko‘rilayotgan mamlakatning birgina hududida ahvol shunchalik darajada yomon.

Hukumatning balandparvoz va'dalari qanotida bir yil davomida tashkil etilgan biznes sub'ektlarining qariyb 60 foizi ishlay olmay, darhol sinib ketgani aslida mamlakatdagi biznes muhiti abgor ekanidan darak bermaydimi?

Ammo gazeta bu raqamni keltirganidan so‘ng ahvolni «silliqlab» o‘tishning yo‘lini topganiga qoyil qolish kerak.

«Bu raqamlar, garchi yurtimizda xususiy biznes uchun g‘oyat qulay shart-sharoit yaratilgan bo‘lsa-da, tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalari yetarli emasligidan… dalolat beradi», deydi muallif.

Tadbirkorlar partiyasi o‘z elektoratini aybdor qilganidan sal yuzi qizargan shekilli, masalaning asl sabablari qatoriga «ishbilarmonlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishga oid yondashuvlar, uslublar yaxshi samara bermayotgani»ni ham sanab o‘tishga majbur bo‘lgan.

Shuningdek, partiya turli tadbirlar o‘tkazish orqali «tuman hokimliklari bilan birgalikda 52 ta xususiy firma faoliyati qayta tiklangani»ni g‘urur bilan tilga oladi.

4 mingdan ziyod singan tadbirkorning 52 tasiga ishini tiklashga yordam berganidan iftixor etayotgan partiyaga shon-sharaflar yo‘llaylikmi yoki shu partiya asosida shakllangan hukumatning biznesga yo‘l bermayotganini tanqid qilaylikmi?

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2019
Ko‘plab manbalarda Muhammad CAV tug‘ilgan kunlari turlicha talqin qilinadi, biroq sahih deya atalgan ko‘p manbalarda 571 yilning 20 apreli ...
7 yanvar 2016
Boz ustiga elektr toki va gaz ta'minotidagi uzilishlar bois shifoxonalardagi ahvol og‘irlashib borayotgani tilga olinmoqda. Rassom Elsevar o‘zbek kasalxonalaridagi ...
15 oktyabr 2015
Bundan bir qancha muddat avval Farg‘ona viloyatiga bosh vazir kelishi munosabati bilan paxta dalalarida terilgan paxta qayta chanoqlarga yopishtirib ...
24 oktyabr 2017
Farg‘ona viloyatidan safarbar etilgan 15 mingga yaqin aholi bugungi kunda Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta terayotganiga qaramay, ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...