Asosiy mavzular
30 mart 2019

Kitoblari va telefoni olib qo‘yilgan shoir Mahmud Rajab Toshkentga chaqirildi

Toshkent aeroporti bojxonasida kitoblari va telefoni olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik shoir, xorazmlik 56 yoshli Mahmud Rajab 30 mart kuni unga bojxona bo‘limidan qo‘ng‘iroq qilishganini «Eltuz»ga bildirdi.

«Hozir Gurlandaman, Toshkentga 1 aprel kuni yetib borishim kerak ekan. Menga bu haqda bojxona noziri, leytenant Husan Boboniyozov qo‘ng‘iroq qilib aytdi, dushanba kuni soat 10.00 ga Toshkent aeroportiga yetib kelishimni tayinladi», dedi Mahmud Rajab.

Bojxona xodimi Mahmud Rajabdan musodara qilingan Muhammad Solih va uning ukasi Muhammad Bekjonning kitoblari, shuningdek, uning olib qo‘yilgan telefoni ekspertizadan o‘tkazilgani, unga nisbatan diniy idora xulosasi olinganini ma'lum qilgan.

Mahmud Rajab Muhammad Solihni vatanga qaytarishni so‘rab prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat bilan chiqqan o‘zbek ziyolilarining biridir.

«Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih o‘zbek she'riyatining ulug‘ daholaridan biridir. Muhammad Bekjon esa «Eltuz» tinglovchilariga «Alvido, Jasliq» (Qo‘rquvning nariyog‘ida) kitobi audioversiyasi bilan yaxshi tanish.

Bir yil ilgari, 2018 yilning 29 mayida shoir Mahmud Rajab va yana uch nafar shaxs Muhammad Solih rasmi bilan tushgan suratini tarmoqqa qo‘ygani uchun prokuraturaga chaqirilgan edi.

«Eltuz» nashri 26 mart kuni Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotganida Toshkent aeroportida ushlangan, Yevropa Birdamlik markazi seminarida qatnashgan shoir Maxmud Rajabning yonidan chiqqan kitoblar va telefoni musodara qilingani haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 noyabr 2015
Bugun, 2015 yil 16 noyabr kuni taxminan ertalab soat 8.30 huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevning Jizzax shahridagi uyiga militsiya xodimlari ...
2 aprel 2023
1918 yilning 2 aprelida Turkistondagi qozoq milliy ozodlik harakati bo‘lgan «Alash o‘rda» partiyasi yetakchilari o‘sha davrda SSSR rahbarlari bo‘lgan ...
22 oktyabr 2020
Payshanba kuni Qashqadaryo viloyatida Enter Engineering kompaniyasining g‘alayon ko‘targan xodimlari bilan suhbatlashgan G‘uzor tumani hokimi Behzod Suyunov katta kontsert ...
18 aprel 2018
Vazirlar Mahkamasida 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan videoselektorda o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini ko‘cha tozalashga jalb ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...