• Rasm: The Economist
Asosiy mavzular
19 dekabr 2019

O‘zbekiston – “2019 yil mamlakati”

Britaniyaning nufuzli The Economist  jurnali O‘zbekistonni «2019 yil mamlakati» deb e'lon qildi. Nashr so‘nggi yillarda mamlakatda muhim islohotlar amalga oshirilganini ta'kidlaydi.

«Uch yil oldin O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi kabi diktatura, o‘ta shafqatsizlik bilan boshqariladigan yopiq jamiyat edi. Uning rejimi mahkum dissidentlarni qaynoq suvga tashlab o‘ldirdi, erkaklar, ayollar va bolalarni terim paytida paxta dalalarida ishlashga majbur qildi.

27 yil mustabid bo‘lgan Islom Karimov 2016 yili o‘lgach, o‘rniga bosh vazir Shavkat Mirziyoev keldi. 2018 yili xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatganidan so‘ng janob Mirziyoev o‘tgan yil davomida jadal islohotlarni boshladi. Uning hukumati asosan majburiy mehnatga barham berdi. Mamlakatning mashhur turmasi yopildi.

Chet el jurnalistlarini ta'qib qilishga barham berildi. Byurokratlarga ilgari odatiy bo‘lgan kichik biznes subektlaridan pora olish taqiqlandi. Ko‘proq chegara o‘tish joylari ochildi, bu Markaziy Osiyoning chegaralarga bo‘lingan bo‘lgalarini birlashtirishga yordam berdi.

O‘zbekiston hali uzoq yo‘l bosishi kerak, ammo 2019 yilda hech bir mamlakat shu qadar ilgarilamadi», deya xulosa qiladi The Economist tahririyati.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2019
Mana, hafta aylanib yana oylar sultoni ramazonda siz bilan yuz ko‘rishdik. Ramazon oyida shaytonlarni zanjir bilan bog‘lab qo‘yishar ekan. ...
26 dekabr 2017
Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentdagi 22 dekabr kungi chiqishida Moliya vazirligini keskin tanqid qilishi ortidan vazirlikda tekshirish, xodimlarni ommaviy ishdan ...
3 fevral 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydiMS: Odom odom bilan uchrashadi. Lekin ...
17 avgust 2022
Salom qadrli tomoshabinlar, Eltuz portalining bugungi soni odatdagi formatda. Ya'ni undan navbatdagi beshta shikoyat o‘rin olgan. Shikoyatlar mazmuni yangi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...