Catira
18 fevral 2020

Oltinsoyliklarga aza – xokkeychilarga maza!

Joriy yilning 17 fevral kuni prezident Mirziyoev rossiyalik xokkeychilar Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Aleksey Jamnovga Toshkent shahri markazidagi elit turarjoy majmuasidan kvartiralar sovg‘a qilgani haqida Rossiyaning RIA agentligi xabar tarqatdi.

«Bugun prezidentimiz topshirig‘i bilan dunyoga tanilgan xokkeychilarga sertifikatlar topshirmoqdamiz. Toki ular O‘zbekistonga o‘z uylariga kelganday kelib, bu yerda o‘z tajribalari, bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rishsin», deya iqtibos keltirdi Rossiya axborot agentligi Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning sertifikat topshirish marosimidagi gaplaridan iqtibos keltirib.

15 fevral kuni o‘zbek ijtimoiy mediasida ovoza bo‘lgan IIB xodimlari va aholi o‘rtasida to‘qnashuv videolaridan keyin paydo bo‘lgan bu xabar ijtimoiy tarmoqda turli bahslar uyg‘otmoqda.

Tasvirlarda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Xalqobod mahallasida uylaridan haydab chiqarilgan aholi va IIB xodimlari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv aks etgan edi.

Bundan bir yil avval, 2019 yilning 16 mart kuni prezident Mirziyoev Toshkentda mamlakat sportini rivojlantirishga hali hech bir hissa qo‘shmagan Rossiya xokkeyi va figurali uchish yulduzlariga kvartiralar hadya qilishga farmon bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 avgust 2023
So‘nggi o‘quv yili davomida umumta'lim maktablarining pedagoglariga 50 foiz ustama imtiyozi beradigan APTIS (British Council Aptis) imtihonlarining 1 avgustdan ...
8 may 2015
Ishdan bo‘shatilgan Lenta.ru axborot saytining bosh muharriri Galina Timchenko o‘z kasbini pitstsa tarqatuvchining ishi bilan qiyosladi. Agar pitstsada murch ...
15 dekabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 14 dekabr kuni Jizzax shahrining Bobur maxallasida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida o‘qib berilgan MXX maktubi mazmunidan ...
17 avgust 2021
The Economist nashri 15 avgust kuni «Tolibon»ning Afg‘onistondagi g‘alabasi va hukumatning tezda taslim bo‘lishi tahliliga bag‘ishlangan maqola chop etdi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...