Asosiy mavzular
17 sentyabr 2020

Bojxonachining bolasi o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2021 yildan bojxona xodimlarining farzandlari tavsiyanoma bilan oliy o‘quv yurtlarida grant asosida o‘qishga tanlovsiz qabul qilinishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari xodimlari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilingani haqida 17 sentyabr kuni O‘zA xabar berdi.

Qaror loyihasida bildirilishicha, “2021/2022 o‘quv yilidan boshlab xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan, kontuziya, shikast olgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul ko‘rsatkichlaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi ta'limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar”.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 dekabr 2019
22 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Shu kuni rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan ...
24 noyabr 2016
Kasalxonadagi ayolning salomatligi haqidagi ma'lumotnoma Adana prokuraturasi oilaviy jinoyatlar bo‘limiga yetib borgach, eridan kaltak yegan o‘zbek ayol shikoyatini Adana ...
7 noyabr 2022
Bugun 7 noyabr, bu kun SSSRning eng asosiy bayrami sifatida nishonlangan. Bugun O‘zbekistonda bu tantana mutlaqo unutilgan, ba'zi qari-qartanglargina ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...