Asosiy mavzular
8 mart 2023

Klara Tsetkin – 8 martdagi bayramni ixtiro qilgan ayol

Klara Tsetkin xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol kurashchi edi. Uning ismi Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash bilan uzviy bog‘liqdir.

Germaniya va xalqaro sotsialistik va xotin-qizlar harakatining eng taniqli vakillaridan biri Klara Tsetkin 20-asr tarixiga nafaqat faol kommunist, balki Yevropa ayollar huquqlari harakati shakllanishida muhim rol o‘ynagan islohotchi sifatida kirdi.

Klara Tsetkin 1857 yilda Saksoniyaning Viderau shahridagi qishloq o‘qituvchisi oilasida tug‘ilgan. Leyptsig pedagogika gimnaziyasida o‘qiyotgan paytida u sotsial-demokratlarning maxfiy yig‘ilishlariga qatnay boshladi va 1878 yilda Sotsialistik ishchilar partiyasiga qo‘shiladi.

1892 yildan boshlab Klara Tsetkin ayollar uchun «Tenglik» gazetasini chiqara boshladi.

1910 yilda Kopengagenda sotsialistlar xalqaro konferentsiyasida Klara Tsetkinning taklifiga binoan, keyinchalik 1857 yil 8 martda Nyu-Yorkdagi to‘qimachilik korxonalarida ishchilar namoyishi yilligiga to‘g‘ri keladigan Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlashga qaror qilindi.

Aksariyat sobiq ittifoq mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni avvaliga ayollarning munosib mehnat sharoitlari uchun kurashi sifatida qabul qilingan bo‘lsa-da, onalik va ayollik bag‘ishlangan gender bayramga aylandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2017
«Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?» – dedi Mirziyoev 9 yanvarda militsiya xodimlari ...
23 mart 2017
Dollarning qora bozordagi kursi talab va ehtiyojdan kelib chiqib o‘smoqda. Rekord darajada balandlagan dollar kursi, orada bir pastlab odamlarni ...
30 oktyabr 2020
Hafta ichi sen sevasanmi, men sevamanmi, sen yomon ko‘rasanmi, men yomon ko‘ramanmi, degan gaplar bilan to‘la bo‘ldi. Har kim ...
22 iyun 2020
1989 yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi mahalliy o‘zbeklar bilan yuz bergan etnik to‘qnashuvlar davomida mesxeti turklarining uylari vayron ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...