UzPoster
27 aprel 2021

26 aprel – xonanda Botir Zokirov tug‘ilgan kun

Botir Zokirov 1936 yil 26 aprel kuni opera tenori Karim Zokirov oilasida tug‘ildi. Toshkentdagi o‘rta maktabni tamomlagach, Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti hamda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutining rejissyorlik fakultetida tahsil oldi.

1956 yilda «Yoshlik» musiqiy ansamblini tuzgandan so‘ng el og‘ziga tushadi, taniladi. 1957 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro yoshlar va talabalar festivalida u ilk bor «Arab tangosi»ni ijro etadi. Plastinkaga yozib olingan bu qo‘shiq tezda dunyo bo‘ylab tarqadi.

Biroz muddat vaqt o‘tib, uning dovrug‘i SSSR bo‘ylab yoyildi. 60-yillar o‘zbek estradasida Botir Zokirov ijrosida italyan, frantsuz, ispan, rus, yunon tilidagi qo‘shiqlar jaranglay boshlagan. Botir Zokirov 1972 yilda Toshkent shahrida Sharqdagi ilk myuzik-holl tuzib, uni boshqardi. U Sharq folklorini zamonaviy estrada yo‘nalishlari bilan birlashtirdi.

U «Sog‘indi jon», «Xayolimda», «Ra'no», «Yor, kel» kabi o‘nlab qo‘shiqlari tufayli san'at ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egalladi. Xonanda 28 yoshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 39 yoshida O‘zbekiston SSR xalq artisti yuksak unvoniga sazovor bo‘lgan. Botir Zokirov turli ijod sohalarida o‘zini sinagan: tasviriy san'at, rejissura, bastakorlik, aktyorlik, yozuvchilikda o‘zini sinab ko‘rgan, hatto she'rlar yozgan.

Botir Zokirov 1982 yili kinoda Robindranat Tagor obrazini gavdalantirgan. 1984 yilda san'atkorda jigar tsirrozi xastaligi aniqlanadi. 1985 yil 23 yanvar kuni Botir Zokirov olamdan o‘tdi. U Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

Rassom Shirin Tosheva asari

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 iyun 2017
Shafqatsiz kaltak jarohatlaridan vafot etgan Toshkent tibbiyot kolleji talabasi o‘limi aybdorlariga jazo so‘ralgan petitsiyaga 15 mingdan ziyod imzo to‘plandi. ...
28 may 2019
Moliya vazirligi xodimlari tomonidan byudjet tashkilotlarida o‘tgan yili va joriy yilning birinchi choragi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari bu muassasalarning ...
15 dekabr 2020
2016 yil avgustigacha prezident Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyining oxirlarida hibsga olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov ...
17 dekabr 2018
Apellyatsiya arizasi Toshkent shahri sudida ko‘rilayotgan sudlanuvchi Shahnoza Boyqunusova 2018 yil 13 dekabr kuni O‘zbekiston Ombudsmani Ulug‘bek Muhammadiev nomiga ariza ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...