Asosiy mavzular
25 oktyabr 2021

Yulduz Usmonova shoirni “Axlatiy” deya haqorat qildi

22 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan bo‘lib o‘tgan sud majlisida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ishonchli vakili qatnashdi. 

Birinchi sud majlisida Yulduz Usmonova kelmagandi. Uning ishonchli vakili ishtirok etgan bu galgi sud majlisida esa tomonlarning fikrlari eshitildi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng javobgar tomon taklifiga binoan navbatdagi sud majlisi 29 oktyabrga ko‘chirildi. Ungacha tomonlarga o‘zaro kelishish taklifi berildi.

Bu orada 22 oktyabr kuni Yulduz Usmonovaning bastakor Shahboz Nosirjonov bilan bo‘lgan suhbati ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Unda xonanda sudlashuvga oid holatga shaxsiy munosabatini bildirib, shoir Yo‘lchi Ro‘zievga “Axlatiy” deya ta'rif bergan. 

Bundan qattiq norozilik bildirgan shoir Yo‘lchi Ro‘ziev xalq artistining haqoratiga tegishli idora vakillari baho berishini so‘ramoqda.

– Yulduz Usmonova meni ijtimoiy tarmoqda “shoir Axlatiy” deb haqorat qildi, – deydi shoir. – She'rning 95 foizini men o‘zim yozganman, deb aytib o‘tgan. Fuqarolik sudiga she'rning meniki ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tartibda taqdim etganman. Xalq artistining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan videoda shaxsimga haqoratlar bor. Ushbu holatga tegishli tartibda baho berilishini so‘rayman.

“Eltuz” muxbiri holat yuzasidan xonanda bilan bog‘lana olmadi. Uning ma'muri bu bo‘yicha tayinli gap aytmadi.

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziev suddan ikki she'rini qo‘shiq qilib kuylagan Yulduz Usmonovadan qalam haqini undirib berishni so‘ramoqda. 

Shoirning so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha yil avval qo‘shiq qilingan she'rlari uchun xonandaning ma'murlari uning nomidan qalam haqi va'da qilgan. Ammo va'da va'daligicha qolib ketgan. 

“Uning o‘zi meni rozi qilishini aytdi. Qalam haqi evaziga kitobimni chop etish taklifini berdi. Men rozi bo‘ldim. Hisob ishlarini turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliev amalga oshiradi, dedi. Ammo bu va'da ham bajarilmadi”, dedi Yo‘lchi Ro‘ziev. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2020
Mana, azizlarim, hafta aylanib diydor ko‘rishdik. Hafta ichida internetning o‘zbek segmenti nafrat bilan to‘la bo‘ldi.  Avvaliga koreyalik erjonlarga posilka ...
14 avgust 2018
«Shifti va devorlari mog‘orlab ketgani bu hujraning qishda zax va sovuq bo‘lganligidan dalolat berib turibdi. Yaxshiyamki, poli yog‘och va ...
20 fevral 2017
Tug‘ruqxona hamshiralari poraxo‘r deya tamg‘alanayotgan bir paytda,2016 yili avtosanoatdagi 200 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanib, bir muddat hibsda saqlangan O‘zavtosanoat ...
14 avgust 2023
Transport prokuraturasi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushgani holati yuzasidan tergov ishi ochib, ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...