• FOTO: RU.WIKIPEDIA.ORG
Asosiy mavzular
6 iyul 2022

Internetsiz qolayotgan Qoraqalpog‘iston, urush palatkalarini eslatuvchi Nukus shifoxonasi…

Konstitutsiyaga o‘zgartish oldidan to‘polon ko‘tarilgan Qoraqalpog‘istonda hamon internet ishlamay turibdi, mahalliy aholi ayrim hududlarda elektr toki yo‘qligini aytmoqda. «Eltuz» muxbiri telefon orqali mahalliy aholi bilan bog‘landi.

«23 yoshli o‘g‘lim halok bo‘ldi, 30 yoshli o‘g‘limni ushlab olib ketishgan. Namoyishda ishtirok etganman, deb tan olsa uyiga qo‘yib yuboryapti ekan. O‘g‘lim namoyishda ishtirok etish uchun ko‘chaga chiqmagan edi. Ukasini ko‘chadan olib kelish uchun chiqqan edi. Huvullab qolgan Nukus ko‘chalarida yaqin o‘ttiz yilda bunaqangi ko‘p odam yig‘ilmagan edi. chunki Ko‘p qavatli uylarning yarmi bo‘sh. Uy egalari bo‘lsa ham bu yerda yashashmaydi. Ko‘pi Toshkentga, Qozog‘istonga va Rossiyaga ketishgan. O‘zimizning qo‘shnilar ham anchaginasi Qozog‘iston fuqaroligini olgan. Imkon bo‘ldi, deguncha yurtni tashlab ketishni rejalashtirgan. Biz yurtni tashlab hech qaerga ketmaymiz. O‘g‘limni uyga qaytishini kutyapmiz. Bir o‘g‘limdan ayrildim, yana bunisidan ayrilib qolishdan qo‘rqayapman ” deydi Nukus turg‘uni.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bergan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 18 nafar kishi vafot etgan, 243 kishi, jumladan 38 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari jarohatlangan. 4 iyul ertalabiga 100 ga yaqin kishi shifoxonada bo‘lgan.

Nukus markaziy shifoxona hamshirasi holat bo‘yicha «Eltuz»ga ma'lumot berdi.

«Nukus markaziy shifoxonasi yaradorlar bilan to‘lgan. Huddi, urush davrlarini eslatadi. Qo‘li yo‘q, oyog‘i yo‘q ammo yashashga umidi bor odamlarni davolayapmiz. Ikki kun «smena» almashmasdan ishladik. Uchinchi kun uyga javob berishdi. Kelgan bemorlarni shaxsi noma'lum. Marhumlarni yaqinlari ham taniy olmayapti.

Shifoxonaning o‘zida o‘nlab marhumlar bor edi. yana o‘ndan oshig‘i bu yerga kelguniga qadar jon bergan. Bu kunlar boshqa qaytarilmasin. Katta shifoxona bo‘sa ham joy yetmadi. Vrachlar ulgurishmadi. Shundog‘am ahvoli og‘ir bo‘lib turgan bemorlar birin-ketin ko‘z oldimizda jon berdi» deydi hamshira.

«Eltuz»ga murojaat qilan nukuslik bir guruh mahalliy aholi vakillariga ko‘ra murojaatchilar yaqinlari 1 iyul sanasida qo‘lga olib ketilgan va hozirga qadar qaerda ekanligi noma'lum qolmoqda. Shuningdek arzgo‘ylar 6 iyul sanasida hm internet Qoraqalpog‘iston bo‘ylab uzib qo‘yilgani va ayrim hududlarda elektr toki ham yo‘qligini aytishdi. Nukus shahri 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarga sahna bo‘lgan edi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonotiga ko‘ra jamoat tartibi buzilishining oldini olish va fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 avgust 2018
Rashid Qodirov davrida shakllangan prokurorlar hali ot ustida va ular uzoqqa boradigan ko‘rinadi. Ular uzoq yillardan buyon qo‘llab kelayotgan ...
29 yanvar 2020
Sobiq “Abu Saxiy” bozoridagi do‘konlari buzilishidan norozi tadbirkorlar g‘alayoni ortidan bozorning yangi egasi “Tashkent Trade Center” xususiy korxonasi 27 ...
1 noyabr 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi 18 yashar qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan 23 yashar qotilni 12 yilga qamadi. 2022 yilning ...
28 noyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni e'tiboringizga taqdim etamiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Qashqadaryoning ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...