Asosiy mavzular
10 sentyabr 2022

Toshkentdagi «Ilxom» teatri spektakli «tolibonparast» teatr uyushmasi «donosi» ortidan bekor qilindi

10 sentyabr kuni «Ilxom» teatrida premerasi kutilgan «Yer ostidagi qizlar» (Underground Girls) spektakli O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi Ëqub Ahmedov xatidan so‘ng bekor qilindi.

Spektakl o‘rniga teatr jamoasi matbuot anjumani o‘tkazib  dunyoda taqiqlangan tolibon rejimi ta'siriga tushgan «uyushma» taqiqiga izox beradigan bo‘ldi.

Bu haqda Eltuzga Ilxom teatri vakili Nikita Makarenko ma'lum qildi.

1937 yil uslubidagi «donos»

Eltuzda nusxasi bo‘lgan O‘zbekkston teatr arboblari uyushmasi raisining xatida «Afg‘onistondagi ijtimoiy diniy va siyosiy ahvolni G‘arb dunyoqarashi asosida keng jamoatchilikka ko‘rsatish ikki tomnlama davlat aloqalriga putur yetkazadi» deya yoziladi.

 Spektakl nega mulozimlarni hurkitdi?

E. Reyli va Ya. Skrjivaneklar muallifligidagi «Yer ostidagi qizlar» (Underground Girls) spektakli Afg‘onistonda 2021 yil avgustida hukumat Tolibkar qo‘liga o‘tkanidan keyin daxshatli ahvolga tushgan ayollar haqida hikoya qiladi. Loyihaning bosh homiysi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi. Strategik hamkor Shveytsaeriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi. Loyiha hamkori Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Stalinparast va tolibonparastlar sevmaydigan maskan

«Ilhom» teatri 1976 yilda «Yosh teatrlarning eksperimental studiyasi» nomi bilan tuzilgan bo‘lib, Sovet Ittifoqi hududida hukumatga tegishli bo‘lmagan ilk mustaqil teatrlardan biri bo‘lgan. Uning asoschisi va badiiy rahbari Mark Vayl 2007 yilda diniy radikallar tarafidan  o‘ldirib ketilishi ortidan, teatr «Mark Vaylning «Ilhom» teatri» deb nomlandi.

Teatr xalqaro festivallarda O‘zbekiston san'atini taqdim qilib keladi.

«Ilhom» teatri O‘zbekistondagi o‘ziga xos madaniyat va hurfikrlilik markazi sifatida faoliyat yuritib keladi. 2018 yili «Ilhom» teatrida Britaniyada taniqli kinochi Armando Ianuchchi ( Armando Iannucci) tarafidan suratga olingan “Stalinning o‘limi” (The Death of Stalin) filmi bepul namoyish qilingani ortidan Adliya vazirligi tarafidan “kino namoyishida Stalinni sevadiganlarning his-tuyg‘ulari poymol bo‘lgan va millatlararo nizo chiqish xatari bor” degan iddaolar asosida teatr rahbariyati rasman ogohlantirilgan edi.

Tag‘in o‘qing
12 yanvar 2021
Andijon shahridagi avtobus bekatlaridan birida to‘shakka o‘ranib, ustidan tsellofan yopib o‘tirgan bir kishiga duch keldim. O‘sha kuni havo odatdagidan ...
5 aprel 2023
Bugun eslamoqchi bo‘lganimiz – ulug‘ frantsuz yozuvchisi Antuan de Sent Ekzyuperining «Kichik shahzoda»si. 1943 yilning 5 aprelida Amerikada ilk ...
11 dekabr 2018
O‘zbekistonda dori-darmon savdosi eng daromadli sohalar qatorida qolayotgan bir paytda davlatga qarashli “Dori-darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi qarz botqog‘iga botib bormoqda. ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...