Asosiy mavzular
14 dekabr 2022

Bahodir Fayzi, AQSh: Quyoshni shisha ichiga sig‘dirgan amerikalik olimlar

O‘zbekistondagi energetika sohasidagi absurdliklar, putinoid o‘risqullar va din tujjori tolibon kallalarning qora fonida Amerika olimlaridan dunyoni sevintiruvchi bir xushxabar. 

Bu xabar, bizni zimistondagi o‘g‘ri amaldorlar, savodsiz diplomlilar, din sotar imomberdi va ko‘r-muridlarining qora dunyosiga okean ortidan porlayotgan mayoqdak ko‘rinadi. 

Bu mayoq ishig‘i boshqa zimistonlarni ham bir kun kelib oydinlatishiga umid tilab qolamiz. Garchi , Rassom Tuz og‘a ularning loyiqligini ba'zan savol ostiga olsalar ham. 

Xullas , yangilikka qaytsak. 

Kaliforniyadagi Lourens Livermor Milliy laboratoriyasida termoyadroviy (fusion) energiyani o‘rganayotgan olimlar quyosh energiyasini laboratoriyada qayta ishlab chiqarishda (replicate) uzoq kutilgan marrani bosib o‘tganliklarini e'lon qilishdi. 

Olimlar termoyadroviy reaktsiya asosida quyosh va yulduzlarni porlashiga olib keladigan yadro reaktsiyasi kelajakda asosiy energiya manbai bo‘lishi mumkinligini isbotlashdi. 

Bu tarixiy yutuq amerikalik olimlarning 60 yildan beri davom etib kelayotgan ilmiy izlanish va tajribalari natijasida amalga oshdi. Bu kashfiyotning insoniyat kejagi uchun eng asosiy ta'sirlaridan biri, iqlim o‘zgarishini, dunyomizninig isinishini to‘xtatishdagi rolidir. 

AQSh Energetika vaziri Jennifer Granholm xonim bu tarixiy kashfiyotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida: “Bu tajriba – 21-asrning eng buyuk ilmiy yutuqlaridan biri. Bu bizga birinchi marta faqat yulduzlar va quyoshda uchraydigan sharoitlarni takrorlash, quyoshdagi energiyani labaratoriyada ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu muhim bosqich bizni uglerodsiz, toza va tugamaydigan termoyadroviy energiyaning insoniyat kelajagi uchun taqdim etish imkonini berdi. Bu energiyadan ishlab chiqarish, transport yoqilg‘ilari va og‘ir sanoatni quvvatlantirishda foydalanish mumkin. Bugun biz butun dunyoga Amerika buyuk ilmiy yutuqni amalga oshirganini aytmoqdamiz, bu yangilik bir burilish nuqtasidir”, dedi. 

Fusion yoki termoyadro energiyasi nima o‘zi, nima bilan yeyiladi deguvchilar uchun ma'lumot: ikkita yengil, kichik yadroni birlashtirib, bitta og‘irroq yadro hosil qilinadi va bu jarayonda katta miqdorda energiya hosil bo‘ladi. Xuddi quyosh va yulduzlardagi portlashlar dunyoni yoritgani kabi. Ya'ni tugamas energiya. 

Qolgan ma'lumotni Rassom Tuzdan so‘rab olasizlar. 

Demakki, bilim dunyoni qutqaradi. Bilimga ishoning, bilimga etiqod qiling.

Bahodir Fayzi, AQSh

Tag‘in o‘qing
4 noyabr 2022
Rassom Tuz: Aziz og‘a-ini, opa-singil, qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Matchon Suqilish: Nichiksizlar! mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
29 noyabr 2017
28 noyabr kuni O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri 61 yoshli Galina Saidova hamda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri 57 yoshli Elyor G‘aniev ...
15 dekabr 2017
13 dekabr kuni Toshkent islom universiteti 4-kurs talabasi Asqar Nodirov o‘zbek-qozoq chegarasida o‘tayotib posbon Tolib Fayzievni pichoqlab tan jarohati ...
22 sentyabr 2023
Chustda zaharlangan bolalar soni bir necha yuz nafarni tashkil etmoqda. Tuman kasalxonasidagi barcha bo‘limlar bo‘shatilib joy xozirlanmoqda.  Hattoki, yaqin ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...