Asosiy mavzular
29 aprel 2023

Gipotonik krizis – RTdan va'z

Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar yodi muqaddas. 

Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan gapiring.

RT: Turkiyani botqoqqa botirgan rais Erdo‘g‘on layf efir chog‘ida ontarilib tushib xushidan ketib qoldi. Bu bir signal edi. Saylovchilarga berilgan signal. 

MS: O‘lmasni xudoy sinmasni kulol yaratmas. Odamam qarriydi. Shuni uchun pensiya yoshi belgilangan. Ëshi bir joyo borg‘on  odam davlatnimas qachon tualeta borishini bosharsam ulli gap. 

RT: 2003 yilda Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliev ham pryamoy efir paytida ontarilib tushgan edi. Sal o‘tmay o‘ldi. Do‘xtrlar buni pryamoy efirdagi gipotonik krizis deb diagnoz qo‘ygandi. Mana 20 yildirki Erdo‘g‘on Turkiya siyosatini bir tsirk arenasiga aylantirdi. Ammo tsirkning ham qoidasi bor. Qari otlarni so‘yib boshqa hayvonlarga yedirishadi.

MS: Og‘o otni qo‘ying, ashakdan so‘llang. Ësh kurralarni oyting.

RT: Nodir Jumaev degan ismidan ot hurkadigan deputat doyi Eltuzni O‘zbekistonda Islomiy xilofot qurish uchun targ‘ibot qilmoqda, deb yozib chiqibdi. Bu gapni o‘qiganimda Ispaniyaning Malaga viloyatida eshshakda ketayotgan edim. O‘qib bir qattiq kulib yuboruvdim, eshshak yo‘rg‘alab ketdi. Men esa munkib yiqildim. Eshshakdan yiqilgan aslida otdan yiqilgandan yomon. Lekin, Tangri Taborak sharofati bilan ziyon zahmat yetmadi. Telefonim aynagi ham chatnamadi. Bilagimdagi ayvotch sog‘atni aynagi darz ketdi. Balo-qazo shunga ursin. 

Eshshakni tur operatorga topshirib, yayov yurib o‘ylanib ketdim. Balki, O‘zbekistondagi deputatlarni psixolog duxtr ko‘rigidan o‘tkazish kerakdir. Mana masalan, sho‘prchilikka prava olish uchun ham do‘xtrdan spravka kerak. Yil boshida aksar mulozimlar do‘xtrdan o‘tkazilgan edi. Ammo bu ro‘yxatda Jumaevni ko‘rmadim. Jinnilar ro‘yxatida ham yo‘q. 

Ahmoqlik hali ruhiy kasal emas, deydi bir tanish duxtr. Agar barcha ahmoqlarni jinni deb diagnoz qo‘ysak, Oliy Majlis va Senatni eshigiga “jinnixona” deb yozishga to‘g‘ri keladi. 

Gapning qisqasi, ahmoqlik – bu O‘zbekistonda professor va deputatlar o‘zlariga loyiq ko‘radigan oliy martaba. Nodir Jumaevning ahmoqligi shu darajadaki, uni satira o‘ti bilan kuydirishga ham erinasan. 

MS: Propesr Nodir Jumaev O‘zbekistonni Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqina qo‘shilisha targ‘ib atgan propagandon. Bu haqda o‘tgan yili Eltuz yozvadi, ko‘p o‘tmin Nodirboy rektorlikdan dapildi. Shu dapkini alami ichinda qolg‘on chiqor.

RT: Boshqa tarafdan shu kosmik darajadagi kallavarang millat vakili bo‘lib, qonun chiqarib o‘tirganini ko‘rib qo‘rqib ketasan. Buyuk nemis faylasufi Immanuel Kant aytganidek¸ ahmoqlik  inson organizmidagi davosi yo‘q xastalikdir.

MS: Hozir rokni dovosini topdilo. Masalan pes ochqonlo kaltikalosni yesa zo‘tilib getadi. Ënqi deputat professor Nodir Jumaev novvi dap totroso totropti. ashshakdan yiqilganigiza ichim uvishdi. Lekin sizam  «eshakni alamini deputatdan olmin» fikra qarshi fikr yozing. 

RT: Rahmat tasalli uchun. Avvalo Eltuz O‘zbekistonning dunyoviy davlat bo‘lishi va har xil diniy mafkurayu cho‘pchaklar zambarakdan otilgan to‘p masofasida davlatdan uzoqda turishi joizligini muntazam aytib keladi. Jumaev aytmoqchi bo‘lgan «O‘zbekiston islomiy xilofot bo‘lmasligi kerak» degan gapni yuz marta tushunarliroq qilib million marta aytganmiz. 

Toshkentda diniy takfirchilar ko‘paygani ortidan Eltuz so‘rov o‘tkazdi. Bu xuddi duxtr kasalni qo‘ltig‘iga termometr tig‘ib issig‘ini o‘lchaganday gap. Xavotirimiz to‘g‘riyam chig‘di. So‘ralganlarning 30 foizidan ko‘pi kantslager tipidagi islomiy xilofot rejimida yashashni istar ekan. Tangri taborak bu Nodir Jumaev deganning miyasiga 2 gramm aql ato qilg‘anida edi, bu janob haqiqatda ham islomiy xalifat qurish g‘oyasining Toshkentdagi bayroqdorlari haqida gap ochgan bo‘lardi. Qatar va Turkiyadagi markazlar tarafidan yangi tolibonchilik g‘oyasi o‘laroq dastaklanayotgan xar xil hazon uzu mubashshir ibn lavlagilar O‘zbekistonni diniy radikalizm botqog‘iga cho‘kdirish uchun kunu tun tirishib tarmashib yotibdi. Kallavarang deputatlar buni anglashi uchun ularning go‘riga ekilgan tut kamida 20 marta meva berishi kerak. Nodir Jumaev oldinroq ilgari surgan O‘zbekistonni YeOIIga tig‘ish masalasi fikr emas balki taxlikadir. Bu masalada bu deputatga o‘sha ukrain matrosi aytgan gapni aytamiz. Russkiy voenniy korabl. Idi na x…

MS: Og‘o uyot gap oytdingizmi xozir?

RT: Deputat va professor Nodir Jumaev haqida maqola e'lon qilganimdan keyin uni tanigan bola baqrayu xotin halaj bir talay info jo‘natdi. Bu infolarni besh bo‘lakka bo‘lib beshta maqola yozdim. Odatda qo‘lda yozaman. Dam olayotganim Malagadagi mehmonxonada qo‘yilgan daftarga yozdim. Daftar Ispaniyada joriy qilingan eko dastur asosida somon qog‘ozdan qilingan ekan. Koshki buni bilsaydim. Xullas tur operator bergan eshshak o‘sha daftarni yeb qo‘ydi. Shuncha mehnat uvol. Bu eshshakdan voz kechsam mehmonxona tog‘ teppasida. Faqat traktor chiqadigan joy. Yaxshisi Nodir Jumaevni eshshak oshqozonida qoldira qolay. Erta bir kun tezzak bo‘lib chiqib Ispaniya dalalariga o‘g‘it bo‘laqolsin.

MS: Tazzak tazzakdan oryono tushmiydi. 

Borsa kelmas arafasida

Ertaklarda qaxramon oldidagi yo‘l uchga bo‘linadi. Borsa qaytar. Borsa kelmas. Borsa qaytishi noma'lum yo‘l. Doim o‘zbek ertagi qahramoni borsa kelmasni tanlaydi. Shu bilan bu qaxramon o‘zi mansub bo‘lgan elning tipik vakiliga aylanadi.

Barcha o‘beklar AQSh va G‘arbga borishni istashadi, ammo o‘z mamlakatining Suriya yoki Afg‘onistondagi diniy kontslager kabi bo‘lishini niyat qilishadi. Barchasi tarmoqda birinchi rahbar haqida negativ o‘qishni istaydi, negativ yozmaganlarni nalatlaydi. Ammo o‘zi yugurib borib o‘sha rahbarni 700 yilga bo‘lsa ham saylab keladi. 

Bu mardumi g‘ofilning uchta narsadan habari yo‘q. 

  1. Har qanday hukmdor eng uzoq qarindoshining ham tuvagini oltindan qilay deb davlat resursini astronomik summada va kosmik tezlikda o‘maradi. 
  2. Butun hayoti, gapirish gapirmasligi, nima uniki nima bizniki ekanligi, qachon ezilib,  qachon g‘ijimlangani bitta odam irodasiga bog‘liq el bu baxti qora eldir. Bu elning kosasi oqarmaydi.
  3. Amaldorning lavozimdagi uzaygani uning o‘ziga yaxshi. Uni uzaytirgan qashshoqlarning ahvoli bu bilan yaxshi bo‘lmaydi. 

Shu uchta nimarsani bilmagan avomning o‘zi ham bola baqrasi ham abadiy xorlikka mahkum. Chunki bu borsa kelmasni uning o‘zi tanladi. O‘zi pishirgan tomoq  oylonip ham ichadi o‘rgilib ham. O‘zi yiqilg‘an bacha jilamaydi. Ayni paytda lavozimdagi umrini uzaytirgan avtoritarizm  jamiyat va xalqdan ancha balanndaman, hatto osh pishiradigan temir o‘chog‘imning ham jingalaklari bor, deya chin dildan ishanadi. Endi uni joyidan jildirish faqat azroil kompitentsiyasidagi ishga aylanadi. Odamlar uchun sig‘inish ob'ektiga aylanadi. Joxillar avliyo ota rasmi aks etgan ikonani qanday sevishsa bu mardum ham uning ustida o‘tirgan hukmdorni shunday azizlaydi.

Taxti svarka bo‘lmay tebranib, «ana yiqildi, mana ontarildi» deb turgan hukmdor atrofida esa budaychikin parvonalar bo‘lmaydi. 

Hukmdor taxtining mustahkam bo‘lishini uning atrofidagi shotirlari va uvlouqlari xoxlaydi. Ular loyli suvda baliq tutadigan ovchilardir. 

Biz borsa kelmas yo‘liga qachon kirgan edik? Menimcha 1991 yilda. Siz nima deb o‘ylaysiz?

MS: Aldin boroliq qoni, keyin bir gap bo‘lor. Bosho chushganni go‘z go‘radi. Ëmon topmin qolmidi. 

RT: Ashi gap. Daryo bo‘yida jim kutib o‘tirsang, bir kun albatta dushmaningning jasadi oqib o‘tadi. Konfutsiy aytgan buni.

MS: Og‘o, kimni nazalladingiz do‘g‘risini oytovaring. 

RT: Qilingan xatodan saboq chiqarish lozim Matchonboy. Geraklit aytganday bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi. Iloji bo‘lsa bir marta ham tushmaslik kerak bu xato daryosiga. O‘zbekiston o‘z tarixida Karimov istibdodini boshdan kechirdi. Bu davrda mamlakat rivojlanmadi. Eng yomonlarning yomoni ro‘yxatidan o‘rin oldi. Jamiyat yangilanib turishi lozim. Xatto kichkina bolalar ko‘tligini almashtirmasa ham sasib ketadi.

MS: Go‘tlikni olmoshtirish garak. Yeddi yilda lyuboy go‘tlik sosib getadi.

RT: Stalin o‘lganidan uch yil o‘tib 1956 yili mamlakat rahbari Nikita Xrushchev 1937 yil qatag‘onlarini oqlab Stalin jasadini mavzoleydan chiqarib tashlattirdi. Stalin shaxsiga sig‘inishga barham berildi. Haykallari ontarildi. Ammo buni avom biomassa qo‘llab quvvatlamadi. Shu bois to 1985 yilgacha mamlakat xalqi va boshqaruvi o‘sha 37 yillar ruxidan uzoq keta olmadi. Stalinni qaytadan go‘rga tiqishni Mixail Gorbachev e'lon qilgan qayta qurish va oshkoralik davrida amalga oshirishdi. Bu to‘lqin ortidan SSSR ontarilib O‘zbekiston ham mustaqil bo‘ldi. 

Ammo qullikka o‘rgangan qavm o‘ziga ega qidiradi. Sig‘inishga shaxs qidiradi. Shu tariqa O‘zbekistonda Karimov shaxsiga sig‘iniladigan diktatura qurildi. 2016 yili diktator Karimov o‘ldi. Mamlakat axli endi yangi bir hayot qurib hech kimga sig‘inmay yashashi va Karimov repression rejimidan qutulishi lozim edi. Ammo bu yuz bermadi. Bir vaqtlar Stalinni sevgan xalq endi Karimovni bor mehri bilan sevib yotgandi. 2023 yilga kelib Karimov davri yomonligi haqida vazir (madvazir) darajasida bo‘sayam gapirila boshlandi. Ammo avom xalq buni qo‘llamadi. Bu avomga Karimovning repressiya tizimi aziz va mukarram edi. Bu jamiyat haliyam Karimov chizgan chiziqdan borishni, Karimovning dushmanlarini dushman deb bilishni ma'qul ko‘rmoqda.

MS: O‘lgan odomni yomonlosingiz ajina galadi. Qorovosti kishini…

RT: Karimovga qarshi yozsam «sen referendumni reklama qilyapsan» deb yoqamdan olishmoqda. Ammo Rassom Tuz va Eltuz jamoasi doimo Karimov rejimini tanqid qilib kelgan. Xozir «ezildim» degan Ozot Karimov qo‘lidan o‘rden olib xursandligidan yig‘lab turganida ham ayni gaplarni aytganman.  Boshqalardan farqim shu. Siyosiy fazodan qat'iy nazar doimo bir xil gapni aytib kelaman. Ko‘tini taxtga svarka qimoqchi bo‘ganlar va ularning shotirlari buni esdan chiqarmaay ayni xatolarni pod kopirka povtor qimasligi uchun ham bu yozuvni qayta qo‘ydim. Mendan oytish.

Va'daboz Karimov

Men Karimov bilan yuzma yuz uchrashib qattiq  gaplashganman. (1989 yil 25 avgust kuni. Urganchdagi «oblispolkom bog‘ida) Muammolarni sanab berganman. «Ishdan keting! Ko‘tingiz taxtga svarka bo‘masidan oldin» deganman.  «Shu muammolarni yecha olmasam ketaman naxxuy» degan. (Katta ulamo Rashid Zohidov guvohlik bera oladi bu hadisning sahihligiga. U kishi yonimda turuvdi.) Ammo men  sanagan muammolardan bittasi ham yechilmadi. 

  1. Qurigan Orol dengizi atrofidagi Qoraqalpog‘iston va Xorazmni ekologik falokat zonasi deb e'lon qilib byudjetdan oylik oladiganlar  maoshiga koefitsent qo‘shishni taklif qilgandim qo‘shilmadi. 
  2. Mol boqadigan aholiga kunjarani subsidiya qilib berish kerak degan edim¸ bu ham unutildi. 
  3. Haqiqiy ko‘p partiyaviylikni shakllantirib¸ demokratik muxolifatga qarshi tazyiqni to‘xtatishni so‘rovdim, muxolifat battar tazyiqqa uchradi. 
  4. Matbuot ustidan nazoratni to‘xtatishni so‘ragandim, men ishlagan telekanalni yopib tashadi. 

Karimov bu va'dalardan bittasini ham bajarmadi. Boz ustiga mamlakatni izolyatsiya qildi. Dunyodagi sanoqli mustabid davlatlar klubiga a'zo qildi. Tor doiradagi mulozimlar, hususan prokuratura va SNB xodimlarining o‘ta katta o‘g‘irlik qilishiga sharoit yaratdi. Qizi Gulnora Karimova¸ Lola Tillaeva va xotini Tatyana mamlakatni talash va honavayron qilish bilan har kuni shug‘ullandi. Bi Bi Si,  Amerika Ovozi kabi xalqaro nashrlar va halqaro tashkilotlar mamlakatdan quvib chiqarildi. Muxolifatchi Muhammad Solixning hamma qarindoshi asossiz qamaldi. O‘zbekistondagi ilk mustaqil telekanal TV ALS yopilib kanal chastotalarini prokuraturadan tepilgan bir moshennikka berishdi. 

TV ALS telekanali rahbarlari va jurnalistlari O‘zbekistondan chiqib ketdi va ulardan uch nafari  O‘zbekiston vatandoshligidan Karimov buyrug‘i bilan maxrum qilindi. Karimov davrida mamlakat huddi sovuq urgan bog‘ga o‘xshab qoldi. Karimov  Rossiyadan masofalanish va diniy ekstremizni cheklashda qator taxsinga loyiq ijobiy ishlar qilgan bo‘lsa ham u baribir qaxramon emas. U bir sobiq komunist va ziddiyatlarga to‘la rahbarligicha qoldi. Uning shaxsiga sig‘inish bartaraf qilinmaguncha mamlakat rivojlana olmaydi. Aeroport va ko‘chalardan uning nomi olib tashlanishi haykallari demontaj qilinishi zarur. Karimov davrida zulm ko‘rganlar reabilitatsiya qilinishi joiz.

«Nol»ni gapirish moda emas

MS: Inobi rasmdagi nimkalolar Parija boripti yo‘rtqilop. Kimdir monga tushuntirib barsin. Nega to‘rtta o‘zbek o‘z dardini turistlardan to‘yib ketgan Parijga kelib, rus tilida muhokama qilishi kerak. Shuni Las Vegasda qisa bo‘masmidi?

RT: Rasmdagilar O‘zbekiston sotsiumini parvarishlab ijtimoiy fikr yaratayotganlar gruppasi. Nikita¸ Aziza va boshqalar. Yaxshiyam o‘sha qurib qaqshagan dengizimiz bor. «Orol quridi» deya 30 yildan beri gapirishga mavzu bor. Yana bir 30 yillik mavzu esa «mangu notinch qo‘shnimiz» Afg‘oniston haqida edi. Ammo xozir u haqda gapirish mo‘da emas. Shu yurt mansubi Al Xorazmiy urfga kiritgan «Nol» haqida ham gapirish mo‘da emas. «G‘oyalar generatsiyasi» degan mavhum mavzuda abstraktsionst rassom kabi ijod qilsangiz baraka topasiz.

Agar deylik, turk yozuvchisi O‘rxon Pomuq, Eron kinochisi Asgar Farxodiy  yoki Xitoy rassomi Chjan Syaogan Parijga kelsa Frantsiya matbuoti ular tamsil qilgan mamlakatlar haqida yozgan bo‘lar edi. Ammo «tonirovka tekin bo‘lsin» deya yozib nomi to‘ytepada mashxur bo‘lgan o‘zbek blogerlari yoki palon pulga olgan kinosini o‘ziyam tomosha qilmagan Muxlisa qizaloqni Parijga «apkirib» qo‘yishsa na «yangi O‘zbekiston» va na «eski O‘zbekiston haqida «dunyo matbuoti» yozmaydi. Mabodo nimadir deyishsa «Parijdi ko‘rib, muzaymoq yeb ketgisi keptida» bu aboriygenlarni deb qo‘yishadi Li Pen tarafdorlari bo‘lganlar. 

Darvoqe Rassom Tuz bu ksenofob Marin Li Penni yomon ko‘radi. Gap Li Pen haqida emas. Gap jiddiylik haqida.  To‘ytepada «ati chig‘gan» blogerning «eyfel oldida rasmga tushib Yelisey maydonidagi tosh yo‘lakni Olotdagi trotuardan yaxshi ekanini» aytishi «Yangi g‘oyalar generatsiyasi» emas. Shu bilan birga «o‘zbekistonlik» degan atamaning o‘zi mening nazarimda rusiyzabon aholining noqislik kompleksi maxsuli. Germaniiyada vatandoshlik olgan barchaga nemis deyiladi¸ Frantsiyada esa frantsuz¸ Ispaniyada ispan¸ Saudiyada arab¸ Turkiyada turk¸ Portugaliyada Portugal. Shu mantiqdan kelib chiqib O‘zbekistondagilar o‘zbek deyilishi kerak. Buni urug‘¸ qabila va etnos bilan bog‘lab «Chusovitina o‘zbek emasku» deyish primitivlikdir. Bunday qabilachilik Germaniya¸ Frantsiya ¸ Ispaniya va sanaganim barcha davlatlar tarixida bor. Men nemis emasman saksoniyalikman deydigan joxillar Germaniyada ham talay. Ammo zanji ham, turk ham To‘ytepadan borgan o‘zbek ham nemis pasporti olsa millati degan joyiga nemis deb yoziladi. «Bu nemismasku, germaniyalik desangiz bo‘lmaydimi» desangiz. «Biz bir marta kim nemis va kim germaniyalik ekanligini aniqlash uchun  tsirkulda burun o‘lchash kabi yuzi qarolikni qilib pushaymon bo‘lganmiz» deyishadi. 

Aytmoqchi bo‘lganim «etnik mansublik»dan xursand bo‘lish zinxor «yangi g‘oyalar generatsiyasi» bo‘la olmaydi. «Ana o‘zbek qizi Nyu York mirshabxonasiga ishga kiribdi. Faxrlanaylik» deyish esa nazarimda o‘zbeklarni kamsitishdan boshqa narsa emas. «Tonirovka tekin bo‘lsin» deya ati chiqqanlardan «fikr bobosi» yasash esa provintsial tsirk tomoshasidan boshqa narsa emas. O‘rxon Pomuq¸ Asgar Farxodiy¸Chjan Syaogan kabi dunyo tanigan oydinlarni nega yetishtirib chiqara olmaganimiz haqida o‘ylab ko‘rsak bo‘larmidi?

MS: O‘ylasam bu dilbarim makkoraga o‘xshaydiku.

RT: Yasha Matchonboy. Senga bir savol: Bugungi Toshkent to‘la arablashib diniy manqurtga aylanib bo‘ldi¸ ular ertadan kechgacha amerikani la'natlashadi deyishmoqda. Shunday eksprement qilinsa. Toshkent aeroportida ikkita katta boing uchog‘i yonma yon qo‘yilsa. Bittasi Amerikaga uchadi. Bittasi esa Afg‘oniston Islom xilofotiga  deyilsa. Bilet va vizaning keragi yo‘q marhamat trapga deyilsa. O‘sha diniy manqurtga aylanganlar qaysi uchoqni to‘ldirishgan bo‘lardi?

MS: Og‘o man amerikaya qorop dik uchomon. Kamaz haydasam oyino 10 ming dollar olomon. Afg‘onistonda baloni balliki bomi mongo. Mo‘llo bo joydon barakat qochodi. Nonni go‘yikini yidonlorom shu parazit mo‘llolo. Kitobdo yozg‘on bini.

RT: Dunyoda taxminan 130 million nomdagi kitob bor. 2016 yili O‘zbekistonda 4 million dona Islom Karimov kitobi (portretlari ham) bor edi. Qani ular? Kimdir bu kitoblar kolbasa sexlarida pererabotka qilindi dedi. Naxotki xalq Karimov kitoblarni yeb tashadi. Islom kelgunga qadar arab qabilalarida nondan xudo yasab uy to‘riga qo‘yish odati bo‘lgan. Ular bu non xudolarga sig‘inishgan. Lekin qitlik va ochlik kelganida o‘sha non xudolarni yeb qo‘yishar ekan.

MS: Ibi boxti qorolo. Xudoynam yep bo‘lar akanmi. Minnin monloyi qorolani minorodon toshosh garak. Bo‘libom xo‘jo minordon. 

RT:1788 yili Britaniyaning Blaenavon shahrida ulkan minora qurildi. Minora aslida temir eritish zavodining mo‘risi edi. Zavodda temir yo‘l relslari, paravoz g‘ildiraklari va qurilish uchun temir umurtqalar ishlab chiqarilar edi. 1878 yilga kelib bu zavod 5000 kishini ish bilan ta'minladi va kichik shaxarchaga asos bo‘ldi. 

1788 yili Xivada ham minora qurildi. Minora muazzinning azon aytishi uchun xizmat qilgan. 1988 yili xorazmlik shoir Matnazar Abdulhakim zavod mo‘risining  masjid minorasiga maktubi tarzidagi she'rnii yozdi. She'rda zavod mo‘risininig ichi qop qora ekani, masjid minorasi ichi esa nur to‘pi kabi yorug‘ligi tarannum qilindi. She'rdan xulosa zavod minorasi yomon, masjid minorasi yaxshi. Ammo 1788 yili britaniyada qurilgan zavod minoralari bu mamlakatni buyuk texnologik taraqqiyotiga vasila bo‘ldi. Buyuk Britaniya dunyoga maydon o‘qib bugun ham superdevlat sifatida turibdi. Xiva esa erinmagan sayyoxlar borib ko‘radigan ermak shaxarchaga aylandi. Xorazm davlati ham yo‘q bo‘lib ketdi. Darvoqe zavod mo‘risi zaxar sochish uchun emas, zaxarni filtrlab atmosferaga chiqarish vazifasini bajaradi.

MS: Og‘o qo‘ying bu qodim zomondagi gaplani ertang novvi bo‘lodi indi. Ëshullini go‘tti svorka bo‘ldimi. Tovutto getami indi ishdan. Shuni so‘llang.

ERTAGA 

Ertaga shubhasiz baxtli bo‘lamiz 

Bugun o‘lmasak. 

Ertaga orzuni quvib etamiz  

Bugun chopolsak. 

Ertaga   

Quvonch ulashamiz hammaga 

Agar uni bugun topolsak. 

Shoir kuylamaydi g‘amgin kuylarni  

Ertaga. 

Bu inja satrlarni 20 asr o‘zbek modern poeziyasi darg‘asi ulug‘ shoir Muhammad Solih bitgan. Solihning buyuk estet ekanligini O‘zbekistondagi poeziya muxlislari yaxshi biladi. Ammo Karimov davrida uning nomini qora qilish uchun tarqatilgan qora ko‘zoynak avlodlardan avlodlarga o‘tmoqda. 

1990 yili Muhammad Solih bilan birga parlamentda deputat bo‘lgan va Solihning mamlakat mustaqilligi uchun hali SSSR paytida kurashganni ko‘rib bilgan cholning Karimovdan qo‘rqib nafasini ichga yutganini tushunaman.

Lekin nega Karimov o‘lganidan keyin bu cholning bolalari ham Muhammad Solih nomidan qo‘rqib xurkishi kerak. Nega? Xolbuki Solih aytgan «ertangi kun» bugun emasmi. 

Ëki biz hali ham Karimov davrida depsinib bir joyda turibmizmi?

Shunday Vataning bo‘laturib,

Koinot haqida so‘zlaysan.

Toshga urish gerak bo‘lgan boshni

Gulchambar uchun shaylaysan

MS: Og‘o sho‘rda tormozni bosib, alingizni ochib uring potyani

Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
25 may 2022
«Eltuz» nashrida chop etilgan “Namangan soliq tizimidagi naxanglar” maqolalari ortidan, nihoyat Namangan viloyat soliq idorasidagi «vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan». ...
19 noyabr 2019
Matbuot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar sohasi bo‘yicha tahlillar ruknimizning yangi soniga katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Zeroki, piar xatoliklar ...
18 aprel 2017
Davriy nashrlarga obuna ixtiyoriy ekani aytib kelinadigan O‘zbekistonda chiqadigan gazetalardagi maqolalardan aslida buning aksi ekani ko‘rinadi. Ayni muammo Jizzax ...
14 may 2018
O‘zbekistonda «Mardikorlar kasaba uyushmasi»ni tuzgani uchun 10 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Faxriddin Tillaev 12 may kuni ozod ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...