Asosiy mavzular
13 aprel 2024

Istanbulda bir o‘zbek ikkinchisini otib qo‘ydi

Joriy yilning 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan o‘zbekistonlik ikki nafar fuqaro Instagram tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib joylamoqchi bo‘lgan.

22 yoshli S. Gebbarov honadoshi va o‘rtog‘i U. Rahmatilloev tomonidan otib qo‘yilgan.

S. Gebbarov bosh qismiga olingan o‘q natijasida o‘sha yerda vafot etgan. U. Rahmatilloev esa mahalliy politsiya tomonidan ushlangan.

U. Rahmatilloevning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirishgan.

S. Gebbarov to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan.

U. Rahmatilloev to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab bilmasdan otib qo‘ygan.

Vafot etgan vatandoshimizning jasadini mamlakatimizga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, deya xabar berdi Turkiyadagi konsulxonasi.

Tag‘in o‘qing
10 avgust 2016
Mustaqillik kuni arafasida archalarning bo‘yalishi haqidagi navbatdagi rasmni eltuz.comga rassom Adolat yo‘lladi. Bunda quyoshda sarg‘ayib qurigan archani bo‘yayotgan farrosh ...
8 sentyabr 2020
Turkiya sudi 2017 yil 1 yanvar kuni Istanbuldagi tungi klubda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovni umrbod qamoq jazosiga hukm ...
23 oktyabr 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Bir yil avval yozgan ekanman… U paytlar do‘stlarimiz yozgan maqolalarga munosabat bildirib turardim, albatta samimiy, chin ...
21 noyabr 2023
O‘zbekiston X faktor shousini o‘tkazadigan dunyodagi 58 davlatdan biri bo‘ldi. Qadrli muxlislar, bugungi mavzuimiz 19 noyabr kuni 12 nafar ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...