ART-DURBIN
26 avgust 2016

O‘rta Osiyoliklar frantsuz fotografi Anri Karte Bresson ob'ektivida

Frantsuz fotografi Anri Karte Bresson reportaj fotojurnalistikasining “otasi” deya nom chiqargan edi. U bir joyda o‘tirmay tinimsiz sayohat qilishga ruju qo‘ygan edi.

Suratkash 1908 yilning 22 avgustida Parijdan sal naridagi Shantle shaharchasida tug‘ildi. Anrining vizual san'at dunyosiga kirishiga rassom tog‘asi Lui sababchi bo‘ldi.

Bir muddat rassom Andre Lota ustaxonasida rasm chizishni o‘rgangan Anri 1930 yilda Afrikaga safar qilish asnosida fotograflik maslagiga bay'at berdi.

1954 yili fotograf dunyodagi eng yopiq mamlakat bo‘lgan SSSRga safar qilish va bu mamlakat hamda insonlar manzarasini fotokameraga tushirish uchun izn oldi.

O‘z sayohati davomida Anri Karte Bresson Sovet O‘rta Osiyosi turg‘unlarining muhtasham tasvirlarni plenkaga muxrladi. Fotograf o‘rta-osiyoliklarning Moskvada yurganini rasmga oldi.

Shuningdek Sovet O‘rta Osiyosiga qalgan safarlari mobaynida fotograf o‘z apparati ob'ektivini oddiy odamlar yuziga yo‘naltirdi.

Safar asnosida frantsuz suratkash odamlar bilan til topishga va mahalliy fazoga singib milliy traditsiyalarni anglashga urindi.

«Fotograf ohista, bildirmasdan ishlashi barobarida o‘tkir ko‘zi bilan voqelikni sinchkov kuzatish lozim. Shu bilan birga u atrofdagilarni o‘ziga jalb qilmasligi kerak Suvni loyqalatsang baliq tuta olmaysan», — der edi rahmatlik Anri Karte-Bresson o‘z shogirdlariga nasihat qilarkan.

O‘z o‘gitlariga o‘zi ham amal qilgan Anri Karte-Bresson doimo izchil va hotirjam tarzda surat olardi. Ko‘chada rasm olayotgan paytda u odamlarning o‘zi istagan nuqtagacha borishini sabr bilan kutar edi.

Suratkash hayot lahzalarini qiyomiga yetishini kutar va o‘zi ideal deb bilgan onda fotoapparat tugmasini bosar edi.

Har gal s'yomka paytida Anri Karte-Bresson omma orasida ko‘rinmas odamga aylanishga va o‘zini fotograf sifatida afisha qilmaslikka tirishar edi.

U hatto fotoapparatning yaltiroq joylariga qora izolenta yopishtirib qo‘yar, ba'zan kamerani ro‘molga o‘rar edi. «Fotografiya – hech narsa. Meni hayot qiziqtiradi». – der edi maestro.

Aynan shu hislatlar bois u tushirgan suratlarda odamlar tirik va tabiiy tarzda ko‘rinadi.

O‘tgan asrning o‘rtalarida SSSR da Anri Karte Bresson tushirgan tasvirlarga termulib tiyran ko‘zli suratkash qobiliyatiga tan beramiz.

Akmal Rizaev,
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 noyabr 2018
Respublika viloyatlari bo‘ylab fermerlarning «davlat xirmoniga mo‘l hosil yetkazib berish» qasamyodiga keltirishi ijtimoiy tarmoqda kulgiga sabab bo‘lmoqda. 21 noyabr ...
20 mart 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Xatlar yog‘ilishda davom etmoqda. Ularning har biri chuqur ...
25 aprel 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish shu nomdagi partiya o‘zbek tilining sofligini saqlash, adabiy til me'yorlari va qoidalariga amal ...
28 noyabr 2022
2014 yilning dekabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi O‘zbekiston davlat san'at muzeyi bosh muhofizi Mirfayz Usmonovni 9 yilu ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...