Document UZ
13 dekabr 2017

XMT: Majburiy mehnat taqiqlanganligidan ko‘pchilik xabardor

12 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda hukumatning majburiy mehnatni tugatish choralarini ko‘rgani haqida bayonot berdi.

XMT saytidagi maqolaga ko‘ra, O‘zbekistonda paxta terimida so‘nggi bir necha yil ichida «bolalar mehnatidan foydalanish to‘xtatilgani, majburiy mehnatni tugatish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgani» ma'lum bo‘lgan

30 noyabr kuni Toshkentda o‘tgan davra suhbatida muhokama qilingan bu xisobotni 2018 yil boshida XMT Jahon bankiga taqdim etishni rejalashtirgan.

XMT ekspertlari, jumladan, «mamlakatning barcha viloyatlarida paxta yig‘im-terimi bilan shug‘ullanuchi hokimliklar, ta'lim va tibbiyot xodimlarini qamragan 3 mingta muzokara, 1000 nafar shaxs bilan telefon orqali so‘rovnoma o‘tkazishganini bildirishadi.

Terimchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi 6,3 mingga yaqin kishi uchun treninglar o‘tkazishgan va terimda «bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi haqida xabardorlik darajasi yuqori ekanligiga amin bo‘lishgan.

Bu yilgi terimga O‘zbekistonda paxtachilikka aloqasi bo‘lmagan deyarli barcha soha xodimlari jalb etilgani, majlislarda «kam odam olib chiqqan» maktab direktorlarining boloxonador so‘kilgani XMT ma'lumotlariga kirmagan.

Shuningdek, ommaviy terimchilar esheloni bir viloyatdan ikkinchi viloyatga shaxsiy mashinalarda, avtobuslarda, poezdlarda militsiya nazorati ostida surgun qilingani haqida ham XMT vakillari odatdagidek indashmaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 mart 2019
Ilk bor fazoni zabt etgan sovet kosmonavti Yuriy Gagarin va Seryoginning UTI MiG-15 uchog‘i, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1968 yilning ...
17 dekabr 2019
10 dekabr kuni toshkentlik 35 yoshli Amir Sharifullin ikki noma'lum shaxs tomonidan mashinada o‘g‘irlab ketilgan va qandaydir qo‘riqlanadigan joyga ...
12 mart 2021
Bu yerda o‘zlari uchun yig‘lashmas, Bu yerda yig‘latar birovning dardi. Bu yerda birovning g‘ami muqaddas, Bu yerda tabarruk o‘zganing ...
12 aprel 2016
Bugun Eltuz.com sayti O‘zbekistonning og‘riqli muammolaridan biri, o‘zbek so‘mini horijiy valyutaga ayirboshlash masalasini aks ettirgan rassom Elsevarning hajviy rasmini ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...