Asosiy mavzular
9 mart 2018

O‘zbekiston BMT ma'ruzachisining din erkinligiga oid xulosasini rad etdi

BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini e'lon qildi. Bunda mamlakat hukumati tomonidan din ustidan to‘la nazorat o‘rnatilgani aytiladi, bu nazorat kamaytirilishi kerakligi o‘zbek hukumatiga tavsiya etiladi.

O‘z hisobotini janob Ahmad Shahid o‘tgan 2017 yilning 2-12 oktyabrida O‘zbekistonga tashrifi chog‘idagi xulosalariga asoslanib tayyorlagan. Unda bildirilishicha, O‘zbekistonda e'tiqod va diniy erkinliklar har bir shaxsning alohida huquqi emas, balki u hukumat izni bilan «ruxsat» olinadigan huquq hisoblanadi.

Hisobotda qayd etilishicha, mamlakatda hukumat dinga aralashuvini kamaytirish o‘rniga uni muttasil nazorat qilish choralarini qo‘llab keladi. Masalan, masjid imomlarining hukumat tomonidan tayinlanishi mamlakat Konstitutsiyasining 61-moddasiga ziddir.

Shuningdek, hisobotda O‘zbekiston hukumatiga mamlakatdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida«gi qonunning qayta ko‘rib chiqilishi tavsiya qilingan. Ushbu qonun, janob Shahidga ko‘ra, mamlakatda e'tirof etilgan xalqaro konventsiya bandlariga to‘la mos bo‘lishi kerak.

BMT hisobotida hukumat qonunlari asosida davlat idoralariga dindorlarni nazorat qilishga keng vakolatlar berilgani, jumladan, e'tiqod qiluvchilar ustidan MXX nazorati kuchaytirilgani aytiladi.

Biroq O‘zbekiston tomoni BMT maxsus ma'ruzachisining iddaolariga qo‘shilmasligini bildirgan va mazkur hisobot diniy yoki e'tiqod erkinliklari sohasidagi haqiqiy vaziyatni aks ettirmaydi, deya hisoblaydi.

O‘zbekiston hukumatining BMT kengashi veb sahifasiga qo‘yilgan iddaosida, jumladan, «hisobotda to‘liq bo‘lmagan va noxolis tashkilotlar ma'lumotlari»dan foydalanilgani bildirilgan.

Ayni paytda keyingi kunlarda mustaqil manbalar tomonidan ham O‘zbekistonda diniy erkinliklar borasida o‘zgarishlar kuzatilayotgani bildirilmoqda.

Masalan, BMTning mazkur hisoboti e'lon qilinmasidan avval «Eltuz» nashri o‘z manbalariga tayanib, 17 fevral kuni prezident Mirziyoev topshirig‘i bilan diniy idorada nazorat faoliyati olib borayotgan MXX kuratorlarining ishdan olingani haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2018
Shu yil 2 noyabrga o‘tar kechasi Xorazm viloyatining Urganch shahridan Cholish posyolkasiga o‘tadigan ko‘prik quladi. Bu haqdagi xabar va ...
26 dekabr 2023
Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning «Rossiya segodnya» matbuot-markazidagi anjumanda qilgan bayonotidan norozi o‘zbeklar stakan ichida bo‘ron qilib, erlarga ontarilib, dod voy qilib ...
28 iyun 2022
28 iyun Eltuz portaliga kelayotgan shikoyatlar oqimini kuzatamiz. Ular odatdagidek turli mavzularda. Hullas, tashqarida yoz. Shofirkonda daydi itlar qo‘ylarni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...