• foto © Amnesty International
Asosiy mavzular
4 dekabr 2019

O‘zbekiston xorijiy investorlarni chorlash uchun huquqiy landshaftni xalqaro andozalarga moslashtirmoqda

Turkiyalik sarmoyadorlar Vahit, Fikret va Resat Guneshlarning ta'kidlashlaricha, 2011 yilda O‘zbekiston rasmiylari ularning Toshkentdagi savdo markazini egallab olishdan oldin aka-ukalarni bir necha oy qamoqda saqlashgan.

Bu kabi hikoyalar uzoq yillar humronlik qilgan avtokrat Islom Karimov vafotidan keyin 2016 yil oxirida hokimiyat tepasiga kelgan prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi islohotlardan ruhlangan investorlarni ko‘p ham xavotirga solayotgani yo‘q. Fevral oyida chiqarilgan bir milliard dollarlik suveren obligatsiyalarga talab taklifdan sakkiz baravar yuqori bo‘ldi. Aprel oyida Mirziyoev xususiylashtiriladigan aktivlarning uzun ro‘yxatini e'lon qildi.

Shunga qaramay, mamlakatning Turkiya bilan investitsiya shartnomasiga asoslangan holda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan arbitraj sud qarori bilan O‘zbekistondan qariyb 40 million dollar tovon undirishga erishgan aka-uka Guneshlar kabi sarmoyadorlar bilan munosablarda ayrim xavotirlar saqlanib qolayotir. 

Ko‘rinishidan, xalqaro investorlarni tinchlantirish zaruratini anglagan Mirziyoev hukumati O‘zbekistonning huquqiy maydonini xalqaro me'yorlarga moslashtirishga qaratilgan islohotlarni taklif etmoqda. 

Islohotlar erkin iqtisodiy zonalarda maxsus huquqiy rejimlarni yaratish va davlat sudlari o‘rniga arbitrajlardan foydalanishni rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. Bu tashabbusning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonning huquqiy tizimi bilan tanish bo‘lmagan xalqaro investorlarga biznes aloqalarda nisbatan tushunarli qoidalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. 

MXX xodimlari Vohidni muntazam dushga olib kirib yechintirishgan va uni engashishga majburlashgan, urishgan va jinsiy tahqirlashgan. Qiynoqlar ostida unga qarshi uydirilgan ayblovlarga iqror bo‘lishga majburlashgan, oxir oqibat u shunday qilishga majbur bo‘lgan. Amnesti Interneshnl tashkiloti olgan intervyudan.

«Navoiy» EIZda ingliz huquqining joriy etilishi

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 20 dan ortiq EIZ mavjud. Bu zonalardagi sarmoyadorlar qo‘shimchasiga soliq va bojxona imtiyozlaridan ham foydalanadi. Biroq «Navoiy» EIZda ikkita muhim ustuvorlik bor. Birinchidan, may oyida qabul qilingan prezident farmoniga asosan, EIZga O‘zbekistonning eng katta hududlaridan biri – butun Navoiy viloyati kiritildi. Ikkinchidan, iyul oyida hukumat “Navoiy” EIZda ingliz huquqini joriy etish niyatini e'lon qildi. 

Xalqaro investorlar ingliz huquqini moslashuvchan va biznes uchun qulay, statut va pretsendent huquqlarning keng to‘plamiga ega bo‘lgani uchun huquqiy aniqlikning yuqori darajasini ta'minlaydigan tizim deb hisoblaydi. Rasmiy Toshkent ingliz huquqining qo‘llanishi xorijiy investorlar uchun jozibali bo‘lgan biznes muhitni yaratishning qisqa yo‘li bo‘lishiga umid qilmoqda. 

Toshkent qo‘shni Qozog‘iston tajribasidan ruhlangan bo‘lishi mumkin. O‘tgan yili tashkil etilganidan buyon Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC)da ingliz huquqiga asoslangan huquqiy tizim amal qiladi. Garchi AIFCning yashovchanligi so‘roq ostida bo‘lsa-da, balki ingliz huquqi sharofati bilandir, ko‘plab maqtovlarga erishdi. 

Shunga qaramay, Toshkent tashabbuslarining asosiy tamoyillari turli savollarni tug‘diradi.

  • «Navoiy» EIZda ingliz huquqi qay holatda qo‘llanilishi noma'lum. Bu Abu-Dabi moliyaviy markazidagi kabi ingliz qonunlari va sud qarorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishini anglatishi ham mumkin. Bu yondashuv sarmoyadorlar ishonchini qozonish uchun katta imkoniyat yaratishi mumkin, shu bilan birga, ingliz huquqi va O‘zbekiston qonunchiligining majburiy me'yorlari o‘rtasida turli qarama-qarama qarshiliklarni keltirib chiqarishi ham ehtimoldan xoli emas. Ingliz huquqini joriy etish ortidan kelib chiqadigan bu kabi nizolarni hal etishning ishonchli mexanizmlari bo‘lmagan chog‘da huquqiy noaniqlik yanada chuqurlashishi, natijada mazkur tizimni kiritishdan maqsadni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Muqobil sifatida Toshkent AIFCdagi kabi yondashuvga borishi, ya'ni moliya markazi qoidalari ingliz huquqiga asoslangan bo‘lsa, zarurat tug‘ilganda hukumat tomonidan tegishli o‘zgartirishlar qilinishi mumkin. Bu esa qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi, ammo ingliz huquqi tamoyillaridan qancha chekinilsa, xalqaro investorlarning ishonchi shuncha kamayib boradi.
  •  
  • Yangi huquqiy rejim qachon kuchga kirishi noma'lum. Ingliz qonunchiligini joriy etish «Navoiy» EIZda xalqaro investorlar uchun jozibali huquqiy rejimni yo‘lga qo‘yishning eng qisqa yo‘li bo‘lishi mumkin, ammo uni yaratish va tegishli qonunlarni tasdiqlash uchun yillar zarur bo‘lishi ehtimoli bor. Masalan, AIFC misolida buning uchun uch yil kerak bo‘ldi, ustiga ustak, Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishga to‘g‘ri keldi.
  • “Navoiy” EIZda yangi huquqiy rejim qanday qo‘llanilishi noma'lum. Ishonchli huquqiy tizim nafaqat yuqori sifatli qoidalar to‘plamini, balki ushbu qoidalarning to‘g‘ri, tez va yaxlit ravishda qo‘llanilishini ta'minlash uchun infratuzilmani ham talab qiladi. AIFC yangi xalqaro arbitraj markazni va ingliz sud tizimining sobiq a'zolari, taniqli advokatlar va maxsus o‘qitilgan mahalliy xodimlarga ega alohida ingliz uslubidagi sudni yaratgan bo‘lsa, hozircha «Navoiy» EIZda bunga o‘xshash hech narsa ko‘zda tutilayotgani yo‘q. Shuning uchun huquqiy kelishmovchiliklarni hal etish bilan, ko‘rinishidan, O‘zbekistonning oddiy davlat sudlari shug‘ullanadi.

Nizolarni arbitraj orqali hal qilish

O‘zbekistonning «Navoiy» EIZga oid rejalari xalqaro sarmoyadorlar uchun biznes muhitni yaxshilash salohiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Ammo ayrim sarmoyadorlar kutishni yoqtirmaydi. Boshqalar esa oxir-oqibat davlat sudlarida davlatning o‘zi yoki mahalliy nufuzli shaxslar bilan sudlashishga to‘g‘ri kelishidan xavotirga tushishi hech gap emas. Bunday investorlar uchun real muqobil, xuddi aka-uka Gunishlar misolida bo‘lgani kabi, mustaqil arbitraj sudlar hisoblanadi. 

Mirziyoev hukumati arbitraj sud investorlar uchun qanchalik maqbulligini anglab turibdi. 2018 yil noyabr oyida O‘zbekiston o‘zining arbitraj organini – Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil qildi. TIAC qoidalariga ko‘ra, TIAC hakami sifatida xalqaro sudyalar tayinlanishi mumkin. Bundan tashqari, TIACda tomonlarning kelishuviga binoan xorijiy qonunchilik qo‘llanilishiga ruxsat etiladi. TIACda tomonlar O‘zbekistonda yuridik amaliyot bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan advokatlarni jalb etishi mumkin bo‘ladi. Mohiyatan, xalqaro investorlar TIACdan o‘z nizolarini mahalliy darajada hal etish maqsadida foydalanishi mumkin va bu zarurat tug‘ilganda O‘zbekiston huquq tizimi bilan muomalani imkon qadar kamaytirish imkonini beradi. 

“Navoiy” EIZdagi huquqiy islohotlar misolida TIACning istiqboli bu markaz amalda qanday ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. Garchi O‘zbekiston hukumati TIACni qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, uning butun dunyodagi ko‘plab boshqa nufuzli arbitraj markazlari bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. 

Navbatdagi qadamlar

Huquqiy maydonni xalqaro andozalarga moslash bo‘yicha islohotlar qanday natija berishini vaqt ko‘rsatadi. «Navoiy» EIZ masalasiga kelsak, xalqaro investorlar yangi huquqiy tizim ularga qanchalik mos kelishi borasida xulosa qilish uchun  bu haqda batafsil ma'lumotlarni kutmoqda. TIAC esa hali nufuz orttirishi kerak, bunga esa vaqt talab etiladi. 

Agar O‘zbekiston xalqaro sarmoyadorlar uchun qulay sharoitlar yarata olsa, mamlakatning imkoniyatlari juda katta. Joriy yil boshida e'lon qilingan xususiylashtirish jarayoni xalqaro sarmoyadorlar uchun ayniqsa jozibali bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ro‘yxatda moliya, qurilish, oziq-ovqat va ichimliklar, neft kimyosi va energetika sohasidagi 30 ga yaqin davlat korxonasi bor. Hukumat 2023 yilgacha ushbu kompaniyalardan 20 tasini IPOga chiqarishga intilayotgani hisobga olinsa, huquqiy tizimni isloh qilish yanada dolzarbligi ko‘rinadi. 

Maqola o‘zbek tiliga «Eltuz» nashri tomonidan tarjima qilindi. Original: Uzbekistan internationalizes legal landscape to entice foreign investors

Tag‘in o‘qing
10 yanvar 2022
Qozog‘istonda yuqori martabali xavfsizlik xodimlari birin-ketin o‘lik holda topilmoqda. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigi Azamat Ibraevning jasadi poytaxtdagi o‘z uyi ...
15 avgust 2019
Komil Allamjonovning blogerlar postlar ostidagi izohlar uchun ham javobgar bo‘lishi haqidagi bayonoti qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu muhokamalarda ko‘zim tushgan ...
26 yanvar 2017
O‘zbekistonda Toshkent shahridan tashqari barcha hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasi ta'minoti abgor ahvolda ekani shu vaqtgacha hammaga ma'lum ...
29 noyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 14-qismi yosh shoirlarga tavsiyalariga bag‘ishlanadi.
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...