• Foto: BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish, Tvitterdagi sahifasidan
Asosiy mavzular
6 aprel 2020

Karantin oilaviy zo‘ravonliklarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida bir kunda ikki o‘spirin o‘z joniga qasd qilgani haqida “Ozodlik”ning qirg‘iz xizmati xabar berdi. Mahalliy ichki ishlar idorasi tasdiqlashicha, o‘lim holatlari 29 mart kuni Issiq Atin tumanidagi ikkita qishloqda sodir bo‘lgan. 

Bundan avval, 16 mart kuni karantin e'lon qilingan kundan boshlab ikki hafta ichida Issiqko‘l viloyatida 5 nafar o‘spirin o‘zini o‘ldirgan edi. Bu haqdagi xabarni “Ozodlik” radiosi hukumatning Issiqko‘l viloyatidagi vakili Elmira Usenovadan iqtibos keltirib bildirgan edi.

“Bular 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ular oilalardagi turli kelishmovchiliklar tufayli o‘z joniga qasd qilishgan», dedi Usenova.

Dunyo aholisining chorak qismi uyida qolishga majbur bo‘layotgan bir paytda oilaviy zo‘ravonliklar muammosi keskinlashmoqda. 

BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish 6 aprel kuni e'lon qilgan videomurojaatida karantin paytida oilalarda zo‘ravonlik holatlari avj olganini ma'lum qildi.   

“Co‘nggi haftada iqtisodiy va ijtimoiy bosim hamda qo‘rquvning kuchaytirilgani ortidan oilalarda global zo‘ravonlik darajasi ortganiga guvoh bo‘lyapmiz”, dedi Gutterish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim ayollar izolyatsiyada bo‘lish zarurati tufayli shafqatsiz munosabatga moyil o‘z juftlari “tuzog‘i”ga tushishgan. Ayrim mamlakatlarda ayollarning bu yuzadan shikoyatlari ikki barobar ko‘paygan.

«Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari va tibbiyot muassasalari ishi ko‘paygan, zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy guruhlarga esa resurs yetishmayapti», deya ta'kidladi Gutterish.   

Muammoni hal qilish uchun BMT bosh kotibi hukumatlarga zo‘ravonlik jabrdiydalarini qo‘llab-quvvatlovchi notijorat tashkilotlarga moliyaviy yordamni ko‘paytirish, dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlarida xavf-xatar haqida xabar yetkazish avariya tizimlarini o‘rnatishni, shuningdek, vaqtinchalik boshpanalarni hayotni qo‘llab-quvvatlaydigan muassasalarga tenglashtirishni taklif qildi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 avgust 2017
Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakulteti ...
8 noyabr 2018
Bu yilgi paxta mavsumida Farg‘ona vodiysida ZAGSdan o‘tmoqchi bo‘lgan yosh kelin-kuyovlardan paxta terib berish talab qilinmoqda. Dang‘aralik yosh kelin-kuyovlardan ...
21 fevral 2021
Prezident Mirziyoev Namanganda Shavkat Abdurazzoqovni viloyatning yangi hokimi etib tayinladi, Uychi tumanidagi to‘rtta sektor rahbarini ishdan oldi, Chustdagi to‘qimachilik ...
16 yanvar 2020
O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov shu yilning 10 yanvar kuni “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov boshchiligidagi partiyaning ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...