Asosiy mavzular
12 sentyabr 2023

Mo‘ynoqdagi qo‘ylarga qaytsak.. 

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Mo‘ynoqda chorvachilikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan Chorva Mo‘ynoq Bosh direktori Polvonnazar Rahimovning Qoraqalpog‘istondagi rasmiylar sansolarligi va xalq bankining byurokrat rahbarlaridan noroziligi aks etgan videolavhani namoyish qilgandik. Lavha efirga ketgani ortidan Mo‘ynoq tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Biz Mo‘ynoq tuman mulozimlaridan ishga to‘g‘ri yondashib, tadbirkorga kredit berish bo‘yicha tayinli va jiddiy harakat kutgan edik.

Buning o‘rniga Mo‘ynoq rasmiylari Rahimov firmaning muassisi emas, prezident qarori endigina chiqdi, kabi kurakda ham turmaydigan vaj korsonlarni yozishga vaqt sarflashgan.

Mo‘ynoq tuman hokimligiga Polvonnazar Rahimovning Bosh direktor ekani haqidagi buyruq nusxasini taqdim qilamiz.

Prezident qarori endi chiqdi, degan gapni aytish bilan Mo‘ynoq tuman mulozimlari Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlarga munosabatdan umuman bexabar ekanligini ko‘rsatishdi.

Mo‘ynoq tumanidagi amaldorlar, xususan janob hokim O‘zbekiston prezidentining 2016 yildan beri tadbirkorlarga imtiyoz beruvchi o‘nlab qarorlar chiqarganini bilmas ekan.

Shu o‘rinda yana bir gap. Eltuz telegramm kanali va Yutub tarmog‘ida qoldirilgan izohlarda Polvonnazar “Rahimov xonqali, “mo‘ynoqni odami emas” degan kamsituvchi va separatizmning sassiq hidi ufurib turgan yuzlab izohlar qoldirildi.

Biz bu izohlarni johil va qoloq odamlar yozdi, deya ignor qildik.

Ammo Mo‘ynoq tuman hokimligi axborot xizmatining “raddiyasi”ni o‘qib, bu nosog‘lom mikrob tuman amaldorlari ichida ham bormi, degan savol paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston respublkasi vatandoshi mamlakatning barcha joyida bir xil huquqqa ega ekanligini eslatib qo‘yishni joiz deb topdim.

Shu o‘rinda “Odamlar gazeta orqali gaplashadi” degan eski gapni aytsam. Jamiyat o‘z muammolarini mulozimlar yordamida yecholmagani uchun ham matbuotga murojaat qiladi.

Mana, xuddi qo‘yboqar Polvonnazar Raximov murojaat qilgani kabi.

Yana qo‘ylarimizga qaytib kredit ololmay ovvorai sarson bo‘lgan tadbirkor Polvonnazar Rahimovga minbar bersak.

video

Mo‘ynoqdagi sansolar rahbarlar va Xalq bankining byurokratlari bois ovvorai sarson bo‘lgan tadbirkor hasrati edi.

Shu o‘rinda 2024 yilda O‘zbekiston prezidenti tadbirkorlar bilan uchrashuvni Nukusda o‘tkazishini aytib qo‘ysam.

Xo‘sh, Mo‘ynoqdagi janoblar bu uchrashuvda tanqid qilinishdan qo‘rqmaydimi?

Eltuz tadbirkorlar bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Layk bosing. Obuna bo‘ling, ammo befarq bo‘lmang. Haq olinadi va zinhor berilmaydi.

Tag‘in o‘qing
8 noyabr 2022
Cotton Campaign koalitsiyasi 7 noyabr kuni e'lon qilgan yangi matbuot xabarida O‘zbekistondagi mavjud barcha ishlab chiqarish sohalarida majburiy mehnatga ...
9 avgust 2019
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 31 yashar Mirsaid Haydarov ijtimoiy tarmoq orqali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...