Asosiy mavzular
4 noyabr 2023

X Factor hakamining zammadvazirga javobi

O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilayotgan X Factor xalqaro teleshou hakamlaridan biri Madaniyat vaziri muovini Bahodir Ahmedovni o‘zi va hamkasblariga nisbatan hurmatsizlikda aybladi.

Shu hafta boshida O‘zbekiston Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda vazir muovini Ahmedov X Factor hakamlaridan biri shlyapasiga gap topib,  “Ha o‘la” dedi.

Bunga javoban namoyishkorona shlyapasini kiyib tarmoqda chiqish qilgan X Factor hakami Ibrohim Ahmedov madvazir muovinining gaplarini haqorat deb bilishini, O‘zbekistonda buning uchun javobgarlik borligini eslatdi.

X-factor – dunyoga eng mashhur iste'dodlar vokal shousi bo‘lib, u dunyoning ellikdan ortiq mamlakatlarida o‘tkaziladi. O‘zbekiston ushbu loyihani amalga oshirgan ellik sakkizinchi davlat bo‘ldi.

Mazkur shou dunyo arenasida allaqachon o‘z o‘rnini egallab ulgurgan va yorqin iste'dodlarni kashf etish hamda yangi yulduzlarni ommaga olib chiqish orqali o‘zini mustahkam namoyon eta olgan loyihadir.

O‘zbekiston madaniyat vaziri muovini Bahodir Ahmedov boshchiligida o‘tgan majlis qatnashchilari esa X Factor ni saviyasizlikda ayblashdi.

So‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Ëqubov «Biza qolib to‘yga negrlarni chaqirishvotti» deya, timsoh ko‘zyoshlarini to‘kdi. 

U dunyoda irqchilik ifodasi o‘laroq haqoratli bu iborani yana bir bor takrorlarkan, uning gapini zalda o‘tirgan boshqa arboblar ham hech bir e'tirozsiz ma'qullashdi.

Ehtimol O‘zbekistondagi bu madaniyat arboblarini nafaqat xalqaro shou loixasi tsenzorlari sifatida, balki kukluks-klan mansublari sifatida ham sudga tortish kerakdir…

Boshqa bir xonanda Munojot Yo‘lchieva ham o‘zining nutq madaniyati yo‘q xotin ekanini majlisda yaqqol ko‘rsatdi.

«Ko‘ti bilan kulyapti…»

Rassom Tuz ta'biri bilan o‘g‘rilar sxodkasini eslatuvchi bu yig‘in ishtirokchilari «reytingni xalq emas maxsus komissiya belgilasin», ”faqat ustozlar ma'qullagan qo‘shiqlar ijrosi ta'minlansin», «Ma'qullangan qo‘shiqlar barcha TV kanallari bo‘ylab surunkali aylantirilsin”, ”mnaqa qo‘shiq aytish qo‘lidan kelmaganlar G‘ulomjon akamlaga  ming sim, ming sim qistirsin”  deganga o‘xshash talablar bilan chiqishdi.

Yig‘ilishga boshchilik qilgan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov vor zakonlar slengida, o‘zbek tili adabiy tilidan yiroq shevada gapirishi ayon bo‘ldi.

Tarmoqning bir qator foydalanuvchilari Islom Karimov davrida avj olgan san'atkorlarni norasmiy «qora ro‘yxatlar»ga tushirish odati qaytib kelayotganidan tashvish bildirishdi.

Bundan avval Bahodir Ahmedov majlisda xonanda Kanizaning ishtonini muhokama qilgan edi. O‘shanda Kaniza o‘zini «hayosiz kiyinish»da ayblaganlarga videomurojaat bilan chiqqan edi.

«Kechadan buyon mening ishtonim muhokama bo‘layotgan ekan. Men tushunmadim. Men o‘zi salbiy, ayniqsa, savodsizlar yozgan izohlarga ahamiyat berishni xohlamasdim. O‘zbekistonda mening ishtonimni muhokama qilishdan boshqa mavzu qolmadimi?», degan edi u o‘z murojaatida.

X Factor hakamlaridan yana biri Lola Yo‘ldoshev  ikki yil avval «Sevgingni menga ayt – 2» klipi bilan Madaniyat vazirligidagi litsenziya berish tizimiga isyon ko‘targan edi. O‘shanda xonanda litsenziyadan mahrum ham qilingandi.

X Factor O‘zbekistonda xalqaro andazada uyushtirilayotgan birinchi shou dastur. Ayni paytda Madvazirlikdagilar O‘zbekistonni o‘ziniki qilayotgan og‘ir vazndagi hakamlardan biri Halima qiziqchi onangni deb so‘kinadigan «O‘g‘irlangan niqob» shou dasturiga e'tibor bersa bo‘larmidi.

Eltuz O‘zbekiston madaniyat vazirligi va san'at arboblari chiqishlariga oid yangiliklarni yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring, kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing. 

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2022
EltuzTG January 26, 2022 25 yanvar kuni Toshkentning qoq markazida joylashgan “Ogni Tashkenta” restoranida o‘zbek mafiyasining eng ko‘zga ko‘ringan ...
24 sentyabr 2019
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutasaddilari tashkil etgan “trollar fabrikasi” haqidagi gap-so‘zlar bir necha kundan buyon internetning o‘zbek segmentida qizg‘in ...
5 sentyabr 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan kelgan. ...
11 mart 2016
O‘zbekistonda reklamada pornodan foydalanish taqiqlanadi. Lekin bu qoida siyosiy reklamalarga joriy qilinmaydi. Kinoda o‘pishish mumkin, har ikki xolatda, – ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...