Ko‘zqarash
3 yanvar 2017

Terrorchining qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda

Turkiyadagi tungi klubga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan hujumchi qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda.

Turk matbuotiga ko‘ra, Mashrapov xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan.

Matbuot iddaosiga ko‘ra, Mashrapovlar oilasi Istanbuldan, Anqaraga undan keyin esa Ko‘nya shahriga kelgan.

Seshanba kuni Mashrapovning xotini Turkiya istixborati tarafidan so‘roq qilingan.

Mashrapovning xotini erining dunyoqarashidan behabarligini aytgan.

Qotillikda gumon qilinayotgan, Mashrapov Yahyo ga tegishli pasport skrinshoti.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan suratga ko‘ra, Mashrapov Yahyo 1988 yil tug‘ilgan.

Qirg‘iziston Tashqi Ishlar Vazirligi vakilining Eltuz muxbiriga aytishicha, muhtamal terrorchiga oid ma'lumotlar qidirilmoqda.

«Registratsiya idorasiga so‘rov yuborilgan, Mashrapov Yaxyo ismli shaxsga pasport berilganmi yoki yo‘qmi degan savol o‘rganilmoqda» deya bildiradi Eltuzning Qirg‘izistondagi manbasi.

Ba'zi habarlarda esa qotilning Qirg‘izistonlik o‘zbek ekani taxmin qilinmoqda.

Dushanba kuni IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgani ma'lum qilingan edi.

“Qorbobo” ning yangi yilga qarshi jihodi

1 yanvarga o‘tar kechasi Qorbobo kiyimini kiygan hujumchi Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum uyushtirdi.

Hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Hujumchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, politsiya qidiruv amaliyotlarini olib bormoqda.

Turk politsiyasi Istanbulning Zaytunburni mavze'sidagi o‘zbek muhojirlari yashaydigan mahallada reyd o‘tkazgani haqida Eltuz.comda ma'lumot bor. Bu ma'lumotga ko‘ra dushanba kechquringi holatda, 12 kishi qo‘lga olingan.

Eltuz manbasiga ko‘ra Zaytunburni Nuriposhsho mahallasidagi omborni politsiya bosgan.

Terrorchining do‘sti bo‘lgan bir yoshroq yigitning derazadan sakrab qochgani haqida gaplar bor.

Eltuz muxbiri voqea joyidan xabarlar yo‘llamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 fevral 2018
Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovni ishdan olishidan sal avval uning ikki o‘rinbosari va ...
4 dekabr 2015
(XMT) Xalqaro mehnat tashkiloti paxta yig‘im terimida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga oid monitoring natijalarini e'lon qildi. XMT ekspertlari: ...
23 iyul 2017
Bundan yuz yil burun Turkistonda ro‘y bergan bu voqea mintaqaning bo‘lingan mamlakatlarida bugun turlicha talqin etiladi. Asli Toshkentda boshlangan ...
13 avgust 2017
Bu rasm ham aslida voqeaband. Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani Qorasuv qishlog‘i hududida 2015 yilning 20 sentyabrida Anvar ismli militsiya ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...