Asosiy mavzular
8 yanvar 2017

Temur xo‘ja o‘g‘li: Terrorchining ulusi va kimligi yo‘qdir

“Istanbul xavfsizlik idorasi bu isqirtni “o‘zbek” deb aytdi, bundan oldin qirg‘iz va uyg‘ur degan gapni aytgan edi», deya yozdi turkiyalik professor Temur xo‘ja o‘g‘li o‘zining FBdagi sahifasida.

«Bir isqirtning shu yoki boshqa millat mansubi bo‘lishi turkistonliklarga isnod keltira olmaydi. Bizdan shunday isqirt chiqibdi deya hafa bo‘lishga asos yo‘q. Terrorchining dini, ulusi, shaxsiyati va kimligi yo‘qdir. U bir MANQURTdir!” deya yozdi Temur Xo‘ja o‘g‘li.

Turk matbuotida yoritilgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, 39 kishini o‘ldirgan terrorchi o‘zbekdir.

Yangi yil kechasi Reina tungi klubiga kalashnikov avtomati bilan hujum qilgan kimsaning ismi Abduqodir Masharipovdir.

IShID askari deya iddao qilingan Masharipov o‘ldirilgan

Qotilning so‘nggi selfisi

Hurriyat va boshqa turk gazetalarining yozishicha qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan.

Matbuot iddaosiga ko‘ra, terrorchi xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan.

Keyin bu oila Istanbuldan, Anqaraga undan keyin esa Ko‘nya shahriga kelgan.

Turk matbuotida yozilishicha, IShIDning o‘zbek hujralaridan birida ta'limot olgan Masharipov 15 dekabr kuni Turkiyaning Ko‘nya shahridan Istanbulga kelgan.

Seshanba kuni terrorchining xotini Turkiya istixborati tarafidan so‘roq qilingan.

Terrorchining xotini erining dunyoqarashidan behabarligini aytgan.

Turkiya istixboratining matbuotga sizdirgan habariga ko‘ra, Abduqodir Masharipov o‘ldirilgan.

Uni kim va nima maqsadda o‘ldirganiga oid ma'lumot yo‘q.

Ma'lum bo‘lishicha qatliomda qo‘llanilgan qurollar IShIDning o‘zbek xujrasi faollari tarafidan Istambulga keltirilgan.

Iddaoga ko‘ra ayni faollar Masharipovning hujum uyushtirgani ortidan logistik qo‘llovni muntazam amalga oshirishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 fevral 2018
Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistonda 2017 yilgi paxta terimi mavsumiga oid e'lon qilingan hisobotidan kelib chiqadigan xulosalarni o‘qib, xuddi shunday ...
8 mart 2018
1910 yili nemis kommunisti Klara Tsetkina 8 martni ayollar kuni sifatida nishonlashni taklif qildi. Ya'ni bu kun ayollar va ...
8 sentyabr 2021
Har bir insonning asosiy vazifasi qalbidagi insoniylikni saqlay olishdir», deb yozgan edi XX asr boshlarida yozuvchi Anton Chexov. Bugun, ...
18 noyabr 2015
Obid qoriga suiqasd qilgan Jukovskiy buyruqni Toshkentdan olgani haqidagi ayblov xulosasini Shvetsiya prokuraturasi tergovchisi Krister Petersson 17 noyabr kuni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...